Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER OSTI SUVLARINING FIZIK XOSSA



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

21.4. YER OSTI SUVLARINING FIZIK XOSSA
VA XUSUSIYATLARI
Yer  osti  suvlarning  eng  asosiy  fizik  xossa  va  xususiyatlari  bo‘lib,
ularning tiniqligi, rangi, ta’mi, hidi, zichligi va harorati hisoblanadi.
Tiniqligi. Yer osti suvlarining tiniqligi ularda mavjud organik, kolloid
va  mexanik  qo‘shimchalarning  bor-yo‘qligiga,  ko‘p-ozligiga  bog‘liq.
Tabiiy  tiniq  suvda  bunday  qo‘shimchalar  bo‘lmaydi  yoki  juda  oz
miqdorda bo‘lishi mumkin. Qo‘shimchalar miqdorini oddiy ko‘z bilan,
lupa yoki mikroskop ostida ko‘rib baholash mumkin. Yer osti suvlari
tarkibida yuqoridagi qo‘shimchalar bo‘lishi uni loyqa, quyqumli bo‘li-
shiga olib keladi. Shuning uchun bunday suvlardan foydalanishda ni-
hoyatda ehtiyot bo‘lmoq lozim. Chunki ayniqsa organik qo‘shilmalarga
boy suvlar serquyqumli bo‘ladi. Ularning organik moddalarga boy ekanlik
darajalari organik birikmalarni oksidlash uchun sarf bo‘ladigan kislorodni
yoki kaliy marganes oksidi (KMnO
4
) miqdori bilan baholanadi. 21 mg
organik  birikmali suvni  oksidlash uchun  1 mg  O
2
  yoki 4  mg  KMnO
4
kerak bo‘ladi. Ichimlik suvlarda oksidlanishi uchun sarf bo‘lgan KMnO
4
ning miqdori 10 mg/l dan oshmasligi zarur (Sedenko, 1979).
Rangi.  Toza  ichimlik suvi  rangsiz  bo‘ladi.  Yer  osti  suvi  rangining
o‘zgarishi uning tarkibida u yoki bu qo‘shimchalar mavjudligidan dalolat
beradi.  Agarda  suvning  rangi  sarg‘ish,  qo‘ng‘ir  tusda  bo‘lsa,  uning
tarkibida  qo‘shimcha  holatdagi  temir,  organik  birikmalar  borligidan,
ko‘kish,  zangori  (havorang)  rang  esa  suvda  oltingugurtning  miqdori
balandligidan dalolat beradi. Gumus miqdori, marganes elementining
ko‘pligi esa suvga qoramtir tus beradi. Suvning rangi amaliyotda mavjud
bo‘lgan rang etalonlari yordamida baholanadi.
Ta’mi.  Yer  osti  suvlarining  ta’mi  ham  ularning  tarkibida  mavjud
bo‘lgan mineral moddalarga, gaz va boshqa qo‘shimchalarga bog‘liq.
Suv  tarkibida  NaCl  miqdori  har  bir  litriga  500  mg  dan  kam  bo‘lsa
chuchuk, 500—600 mg dan oshiq bo‘lsa, sho‘rtang ta’m beradi. Shu-
ningdek, MgSO
4
 ning me’yoridan oshiqligi — achchiq, organik moddalar
bo‘lishi — chuchuk, Ca(HCO
3
)
2
, Mg(CHO
3
)
2
 tuzlarining bo‘lishi yoqimli
ta’m beradi.
Hidi. Toza ichimlik tabiiy suvning hidi bo‘lmaydi. Faqat ba’zi mineral
suv manbalari — buloq suvlari yoki o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lgan tog‘
jinslari qatlamlarida mavjud bo‘lgan yer osti suvlarining ta’mi bo‘ladi.
Bunga sabab yer osti suvlarida oltingugurtning u yoki bu darajada erigan


2 8 7
holatda bo‘lishi hisoblanadi. Yer osti suv manbalariga har xil chiqindi
mahsulotlari  eritmalarining  sizib  o‘tishi  ham  suvga  ma’lum  darajada
hid berishi mumkin.
Harorati. Yer osti suvlarining harorati suvli tog‘ jins qatlamlarining
yotish chuqurligiga, suv tarkibidagi tuz va gazlarning turlariga, ularning
miqdoriga,  geografik  o‘rniga  qarab  o‘zgarishi  mumkin.  Masalan,
Toshkentoldi,  Farg‘ona  mineral  suv  havzasidagi  neogen,  paleogen,
yuqori bo‘r, paleozoy davri jins qatlamlaridan yer sathiga oqib chiquvchi
suvning harorati 34—43°C dan 65—72°C oralig‘ida o‘zgarishi ma’lum.
Olimlarning ma’lumotiga qaraganda respublikamiz yer osti suvlarining
harorati chuqurlikning har 100 metr pastga qarab oshishi bilan 2,05—
4,5°C  dan  7—8°C  miqdorida  oshishi  aniqlangan.  Bu  holatni  hisobga
olinadigan bo‘lsa, yer osti suvlarining harorati 2000—5000 m chuqurlikda
50—150°C, 7000—8000 m chuqurlikda 200—250°C ga borishi mumkin
(B. A. Beder, A. S. Xasanov va b, 1971).
G. B. Bogomolovning ma’lumotlariga ko‘ra yer osti suvlari tarkibi-
dagi  NaCl  tuzi  miqdorining  oshishi  bilan  hamda  O
2
,  H
2
S  gazlar
miqdorining kamayishi bilan uning harorati 25°C dan 100°C ga oshadi
(21.5-jadval).
21.5-jadval

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish