Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar
1. Sel  hodisasi  nima  va  u  qanday  vujudga  keladi?
2. Sel  hodisasining  vujudga  kelishiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  eng  asosiy  omillarni
sanab  bering.
3. Sel  hodisasi  qanday  o‘rganiladi?
4. Sel hodisasi vujudga kelishida ajraladigan zonalar to‘g‘risida so‘zlab bering.
Zonalarning  bir-birlaridan  farqi  nimalardan  iborat?
5. Sel  hodisasi  bilan  kurash  choralariga  nimalar  kiradi?
7.8. EOL-SHAMOL HARAKATI NATIJASIDA SODIR
BO‘LADIGAN HODISALAR
7.8.1.  SHAMOL  HARAKATLARI  TO‘G‘RISIDA
UMUMIY  MA’LUMOT
Shamolning harakat yo‘nalishi, tezligi yer yuzasining tuzilishiga, tog‘
tizmalarining yotish holatiga, balandligiga, Yer sharidagi suv havzalari-
ning joylashishiga bog‘liqdir. Shamol o‘z harakati jarayonida suv eroziya-
si kabi tog‘ jinslarini yemiradi, tirnaydi, silliqlaydi, bir joydan ikkinchi
joyga olib borib yotqizadi. Sahrolarda katta-katta tepaliklar — dyunlarni,


1 3 7
yarim  oy  ko‘rinishiga  ega  bo‘lgan  do‘nglar  —  barxanlarni  vujudga
keltiradi (7.5-a rasm), katta sathga ega bo‘lgan dengizni to‘lqinlantiradi.
Shamol,  ayniqsa,  Sahroi  Kabir,  Arabiston,  Meksika  kabi  ekvator
oldi sahrolarida, Fransiyaning Atlantik okeani, Germaniyaning Zilt oroli
rayonlarida, Mo‘g‘uliston cho‘llarida, Kaspiy dengiz atrofida, Markaziy
Osiyoning Qizilqum, Qoraqum sahrolarida, Farg‘ona vodiysida, Mirza-
cho‘l, Orol dengizining suvdan bo‘shagan hududlarida katta geologik
ish bajaradi. Shamolning bajaradigan ishi ana shu rayonlardagi nurash
jarayonining borishiga, suv eroziyasiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha bu uch
jarayon bir-birini to‘ldirib, biri ikkinchisining ishini davom ettiradi.
Shamolning bajaradigan ishi uning tezligiga bog‘liq bo‘lib, bu tezlik
ba’zi rayonlarda sekundiga 50 metrga yetishi, hatto undan ham oshishi
7.5-rasm  Dyunlar  (a)  va  barxanlarning  (b)  vujudga  kelish  va  yotish  holatlari
(S.M.Qosimov  olgan  rasm).
a)
b)


1 3 8
mumkin. Shamol tezligi oshishi bilan tog‘ jinslari zarrachalarini, qum-
larni, hatto tosh bo‘laklarini havoga ko‘tarishi va shu bilan birga tuproq
qatlamlarini changitib, uchirib ketishi ham mumkin. Tekshirishlardan
ma’lumki, shamolning tezligi sekundiga 6,5 metr bo‘lsa, diametri 0,25
mm dan kam tog‘ jins zarrachalarini uchirib ketishi, tezligi sekundiga
7—12 m ga borsa, 1—1,5 mm diametrli, tezligi sekundiga 20 metrdan
oshsa  hatto  qalinligi  0,10—0,15  metr  keladigan  tuproq  qatlamlarini
yemirib, uchirib ketish qobiliyatiga ega ekan. Shamol o‘z harakati davo-
mida barxanlarni, dyunlarni vujudga keltirishi mumkin.
Barxanlar Sahroi Kabirda, Qoraqumda,  Murg‘ob daryolari quruq
deltalarining  shimoliy  rayonlarida,  Orol  oldi  hududlarda,  Markaziy
Farg‘onada,  qisman  Qizilqumda  va  boshqa  cho‘llarda  bo‘lib,  qum
ko‘chkilarning biror buta, daraxt yoki qattiq tog‘ jinslari atrofida ushlanib
qolishi va to‘planishi natijasida paydo bo‘ladi. Uning balandligi 10—50
metrga  yetishi,  hatto  bundan  ham  oshishi  mumkin.  Barxanlarning
shamol ta’sir qilib turadigan tomoni yarim oy shaklida bukilgan bo‘lib
(7.5-b rasm) shamolga qarama-qarshi tomoni esa ancha tik bo‘ladi va
bu tiklik 30—35 gradusga yetadi.
Barxanlar goho ayrim-ayrim uchrab, ko‘p hollarda bir-birlari bilan
qo‘shilib ketadi va eniga bir necha kilometr keladigan tizmlarni paydo
qiladi.  Bunday  tizimlarning  kengligi  Sahroi  Kabirda  va  Amudaryo
sohalarida hatto 100 km ga yetadi. Barxanlarning harakati xalq xo‘jaligiga
katta zarar keltirib, ba’zi harakatlari jarayonida bog‘larni, qishloqlarni,
uylarni,  turli  injenerlik  inshootlarini,  temir  yo‘llarni  butunlay  bosib
ketadi. Masalan, XIV asrda Sahroi Kabirning Uaran massividagi Abueir
vodiysi qum uyumlari ostida ko‘milib ketgan. Shu kabi hodisalar Qizil-
qum,  Qoraqum  sahrolarida  va  shu  sahro  atrof  rayonlarida  ham  yuz
berganligi ma’lum.
Dyunlar oquvchi suvlar, ko‘l, dengiz qirg‘oqlarida yotqizilgan qum
zarrachalarining shamol ta’sirida ko‘chirilib, ana shu suv havzalari atrof
rayonlariga  yotqizilishi  natijasida  paydo  bo‘ladi  (7.5-a  rasm)  va
barxanlardan suv havzalariga yaqinligi bilan farq qiladi. Shu bilan birga
dyunlarni tashkil qilgan qum zarrachalari ko‘pincha yaxshi silliqlangan,
dumaloq holatda bo‘ladi. Dyunlar asosan bir-birlariga parallel bo‘lgan
tizma-polosalar shaklida tarqalib, eni bir necha kilometrga, balandligi
bir necha metrdan 100—200 metrgacha (Tunisda) borib, shamol ta’sir
qiladigan tomoni ancha yotiqroq bo‘ladi va shamolga qarshi tomonining
tikligi  40  gradusga  borishi  mumkin.  Dyunlar,  ayniqsa,  Fransiyaning
Atlantik okeani qirg‘oqlarida, Boltiq bo‘yi rayonlarida, Kaspiy va Qora
dengiz  qirg‘oqlarida,  Amudaryo,  Volga,  Dnepr,  Don  daryolarining
qirg‘oq yaqinlarida ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularning yillik siljish ampli-
tudasi 20 metrga yetadi.


1 3 9

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish