Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
58 
library.ziyonet.uz/ 
Jism ichra yuzung hajrida ming dard xadangi
Goʻyoki koʻngul otashkadasining oʻtunidur. 
Soʻngakdin emas rishtai jismimda boʻgʻunlar, 
Ul torda ranjim adadining tugunidur. 
Ul shoʻx simo’ ichra uchurmoqqa koʻnguldin 
Hushu, xiradu sabrni ofat quyunidur. 
Uyqu keturur suv uni, lek uyquni olgʻon 
Elning koʻzidin sayli sirishkimning unidur. 
Oʻnnay-oʻynay toʻksa ul oy qonim, emas tong 
Kim, barcha bular charxi muloib oʻyunidur. 
Yuz pora boshimni iti rad qildi, Navoiy 
Bilmaski, soʻngaklarda borining butunidur. 
* * * 
Yuzi gulchehra soqiyning tarab hukmigʻa tugʻrodur, 
Yuzinda may guli ul yorligʻ uzra oli tamgʻodur. 
Labi la’li halokimen, agarchi jonfizoligʻda 
Masiho birla ul goʻyo oʻluk birla Masihodur. 
Damim dudi xirad ahlin qilur har lahza savdoyi, 
Dimogʻimda, koʻrung, ul zulf mushkidin ne savdodur. 
Sinonin koʻksuma to tikti ul chobuk, bu xam qaddim 
Hamono gʻam sipohi qalbida ul oʻq uchun yodur. 
Labing aksi koʻzum shoʻrobasi bahrida goʻyokim 
Chuchuk suvdurki, atrofida oning talx daryodur. 
Jahonni chun koʻzumga hajr shomi aylamish tiyra, 
Ne sud andin mangakim, vasl subhi olamorodur. 
Boshim qush oshiyoni, tan junun torojidin uryon, 
Ne tong, yoshlar yugurmak har tarafdinkim, tamoshodur. 
Fidosi naqdi islomimki, mugʻ dayridagi soqiy, 
Ulus qonin toʻkardin vahm qilmas, garchi tarsodur. 
Navoiy dayr piri goʻyiskim shahr shayxiga 
Fano jomi ichurdikim, xarobot ichra gʻavgʻodur. 
* * * 
Harorat jonima ul otashin la’l axgarindindur, 
Aiga taskin ham ul yuz ravzasining kavsarindindur. 
Sochingning tiyra shomidin yuzung subhida yoʻl topmoq 
Banogoʻshungdagʻi durri shabafroʻz axtarindindur. 
Tahuro bodasi derlar erur jonbaxshu ruh afzo
Magarkim choshni ul maygʻa la’ling sogʻarindindur. 
Shabiston subhi davlatdin yorugʻroq boʻlsa tong ermas, 
Ki partav anda ul ruxsor sham’i anvarindindur. 
Yuzung ochqoch shamimi lutfi olam ichra butrotding, 
Magar bu atr ul oʻt uzra xoling anbarindindur. 
Bahor ayyomini besh kun gʻapimat angla, ey bulbul
Kim uncha soʻzu tobing otashin gul majmarindindur. 
Navoiy, qilmagʻil bas nazm birla durfishonligʻkim, 
Maoniy bikriga zevar hadising gavharindindur. 
* * * 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish