Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
35 
library.ziyonet.uz/ 
Ey koʻngul, har neki ishq ahlini man’ aylab eduk. 
Koʻrgach ul oyni bori bizga-oʻq oʻldi oid. 
Menmenu mugʻbachalar dayr ichinda netkay, 
Mundin oʻzga kishi butxonada boʻlsa obid. 
Men gado mastu xarobot aro ilgimda safol
Boqsa Jamshid bu iqbolima boʻlgʻoy hosid. 
Bilsa Farhod ila Majnun jaza’ etkaylar edi, 
Ishq bedodidin ulcha manga boʻldi vorid. 
Ey Navoiy, bu chaman ichra vafo istamakim
Ul mato’ oʻldi bu bozorda behad kosid. 
* * * 
Domi zulfu donai xolidin etsa yor sayd, 
Yoʻq xaloyiqkim, maloyik boʻlgʻusi bisyor sayd. 
Ul koʻzi sayyod agar jon qasdi aylar saydgʻa, 
Ollida oʻlgʻay boʻlub jon birla minnatdor sayd. 
Olloh-olloh, ne balo ul husn erur mardumfirib 
Kim, ani koʻrgach boʻlur ham yoru ham agʻyor sayd. 
Saydgahda qochmas andin saydkim, jon bergali 
Sekrebu oʻynab, nashotu zavq etar izhor sayd. 
Saydi gulrang oldi xirman-xirman ul gul xirmani, 
Lolazori dahr aro kim koʻrdi bu miqdor sayd. 
Xushtur oʻlsam itlariga tu’ma, ne imkoni bor
Shoh fitrokiga yetmak bir zaifi zor sayd. 
Har kishi nafs itligidin aylasa oʻzni xalos, 
Vahsh xaylin aylar ul dasht uzra Majnunvor sayd. 
Jomi zarrin tutki, boʻlmas mehr koʻrguzmak bila, 
Kimsaga zarrin gʻizoli charxi kajraftor sayd. 
Ey Navoiy, gar desang ming zulm birla oʻlmayin 
Bevafolar makri birla boʻlmagʻil zinhor sayd. 
* * * 
Orazing mushtoqidur bu koʻzki boʻlmish dardmand
Garchi bordur dardligʻ koʻzga yorugʻluqtin gazand. 
Dard oʻtin yoqti koʻzumga hajr chun koʻrdum yuzin, 
Kuydurur albatta har doruki boʻlgʻay sudmand. 
Bu qizorgʻon koʻz aro mardum emaskim el koʻzi, 
Tegmasun husnunggʻa deb oʻt uzra solibmen sipand. 
Toki ul bemor koʻz oshuftasi boʻlmish koʻzum, 
Istabon jinsiyat ogʻriq shevasin qilmish pisand. 
Koʻzlarim la’ligʻa hamrang oʻldi vah, ne hol ekin, 
Kim bu achchigʻ yigʻlagʻon soyi ul aylar noʻshxand. 
Koʻzni bir iz tufrogʻidin ravshan etkim sud emas
Shofi’ kofuriy chekib osmoq anga mushkin parand. 
Ul quyosh hajrida bilmonkim, Navoiy koʻziga 
Barcha olam tiyradur yo bogʻlamishdur chashmband. 
* * * 
Jafoda bor ul oy gardungʻa monand, 
Atogʻa oʻylakim xislatda farzand. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish