Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
31 
library.ziyonet.uz/ 
Navoiy sham’dek yigʻlab kuyub holimni sharh aylay, 
Ul oy bazmida bir tup rost oshiqlargʻa bor oʻlgʻoch. 
* * * 
Toʻlgʻadi sabrim, qoʻlin zohir qilib dildor kuch, 
Garchi nozukdur va lekin bor anga bisyor kuch. 
Ishq uylarni yiqar, oshiqqa kin qilmoq nodur, 
Moʻr xayliga qachon pil aylamish izhor kuch. 
Qosh agar budur, sening yoyingni chekmak sa’b erur, 
Kimsa ilgida chu maqdur ermas ul miqdor kuch. 
Koʻzlaring bedodi jon birla koʻngulga tong emas, 
Ne ajab, din ahliga gar koʻrguzur kuffor kuch. 
Za’f aro ul koʻydin sudrar qoʻlum tortib raqib, 
Banddin oyirgʻudekdur qilsa nohanjor kuch. 
Soqiyo, men xastadin badmastligʻ ermas ajab, 
Koʻrguzur koʻproq zaif elga mayi xammor kuch. 
Ishq aro andoq zabundurmenki, aylarlar manga 
Ham gado, ham shoh, kuch, ham yoru ham agʻyor kuch. 
Sogʻ ekanda hajr aro kuch birla oʻzni asraram, 
Lek may ichkanda aylar yigʻlamoq bisyor kuch. 
Kuch bila oʻlturdi ul zolim Navoiy xastani, 
Necha torta olgʻay oxir bir zaifi zor kuch. 
* * * 
Bahor sensiz oʻlubtur manga ajab doʻzax, 
Qizil gul anda oʻtu oq shukufalardur yax. 
Bahor sensiz agar doʻzax oʻlsa tong ermas, 
Behisht ichinda liqo boʻlmasa erur doʻzax. 
Xayoli xayli koʻzumga kelurgadur goʻyo, 
Yuzumki yoʻl-yoʻl oʻlubtur sirishkdin rax-rax. 
Gʻarib kelmadi shirin labingga achchigʻ soʻz, 
Emas gʻarib chuchuk meva boʻlsa xastagʻa talx. 
Koʻngul fano kuchidin zoʻrbozu istarkim, 
Vujud panjasini anglamish bagʻoyat shax. 
Navoiy egni yalangdur demangki, bordur anga 
Fano hasiri, balo xorasi nasij ila nax. 
Magar shah ashhabi ollinda payk boʻldi sipehr, 
Ki qilmish oʻn kechalik oyni egnida pochax. 
* * * 
Meni ishqdin man’ etar soda shayx, 
Dema soda shayx, aytkim loda shayx. 
May ustidagi xascha qilma hisob, 
Agar suv uza solsa sajjoda shayx. 
Yorugʻluq emas mumkin andinki, bor 
Zalolat tariqida aftoda shayx. 
Riyo bahri ichra tama’ zavraqin 
Solibtur asodin tutub xoda shayx. 
Yoyar domi tazvir el saydigʻa 
Qilib subhadin dona omoda shayx. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish