139
Kompyuterda hal qilinayotgan masalalarning koʻpchiligi intellektual
hisoblanmaydi. Lekin qoʻyilgan masala murakkab boʻlib, agar uni echishning aniq
uslubi (algoritmi) topilgan va unga mos dastur ishlab chiqilgan boʻlsa, u ishni
intellektual yoki haqiqatdan ijodiy hal qilingan deb hisoblasa boʻladi. Demak,
intellektual tizimning asosiy vazifasiga toʻplangan bilimlar bazasini tadbiq etish va
undan foydalangan holda murakkab masalalarni echishning optimal yoʻllarini
izlash, hamda uning echimini topish ham kiradi.
Haqiqiy voqelikni toʻla bilish,
axborotlar bilan chiqish, qayta ishlangan
axborotlarni saqlash va ulardan foydalanish imkoniga ega boʻlgan tizimlarga
bilimlar bazasi
deyiladi. Ular tarkibiga ma’lumotlar bazasi
va dasturiy vositalar
kiradi. Bilimlar bazasini unga qoʻlllaniladigan interfeysiga koʻra shartli ravishda
uchga ajratish mumkin.
Birinchisi -intellektual axborot izlash tizimlari. Bu tizim orqali ish joyidan
turib bilimlar bazasidan kerakli axborotni izlash
va tarmoq kutubxonasidan
foydalanish mumkin.
Ikkinchisi -hisoblash mantiqiy tizimlari. Ular yordamida modellarning
murakkabligiga qaramasdan boshlangʻich ma’lumotlar asosida boshqarishning
ilmiy masalalarini rejalashtirish va loyihalashtirish masalalarini hal qilish mumkin.
Uchinchisi - ekspert tizimlar.
Ekspert tizimlar
yangi turdagi tizim boʻlib, axborot -izlovchi va avtomatik
boshqaruv tizimlardan sifat jixatdan
shu bilan farq qiladiki, bunday tizimlar
qiymat (ma’lumot)lar bilan emas, bilimlar bilan ishlaydi.
Ekspert tizimlarga ta’rif berishdan oldin quyidagi
tabiiy
holni koʻrib oʻtaylik.
Endigina ToshMIni bitirgan yosh shifokor uzoqroq kishloqqa ishga joʻnatildi.
Birinchi kundan boshlab u turli xil bir-biriga zid holatlarga duch kelib qolishi
mumkin va unda echim qabul qilish zaruriyati tugʻiladi.
U bemorning
kasalligini aniqlashi va uni davolashning usulini tanlashi kerak. Buning uchun
undan koʻp narsani bilish talab qilinadi. Lekin koʻpincha unga yuqori malakali
hamkasbining bilimi va yordami chindan ham kerak boʻladi.
Agar yosh
shifokor yuqori malakali mutaxassislar kollektivida ishlasa va unga bu yordam
140
tezkorlik bilan koʻrsatilsa yaxshi. Agarda bu imkoniyat boʻlmasa unda nima qilishi
kerak? Shunda vrachga ekspert tizimlar yordamga kelishi mumkin.
Aytaylik shunday tizim bor boʻlsin. Shifokor unga maslahat uchun
murojaat qiladi. Ular orasida quyidagi muloqot boʻlib oʻtadi:
-Shifokor - Menga yordam kerak. Quyidagi kuzatilgan alomatlar... boʻyicha
kasallikni aniqlash kerak.
-ET - Toʻliq tushunib olishim uchun men quyidagi ma’lumotlarni... bilishim kerak.
-Shifokor - Bu ma’lumotlar bunaqa...
-ET - Kasalda bunday... narsalar kuzatilmayaptimi? Va shunga oʻxshash muloqot
davom etadi. Muloqot oxirida ET shifokorga qoʻyilishi kerak boʻlgan diagnoz
boʻyicha oʻz fikrini aytadi. Agarda bitta echim qabul qilish uchun ma’lumotlar
etishmasa, ET shifokorga diagnozlar tuplamini beradi.
Tizimdan zarur xabarlarni
olib, shifokor kasalni davolash kursi boʻyicha yakunlovchi qarorni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: