Fan: ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI
Fakultet: O’zbek tili va adabiyoti kurs_2 guruh____
Talabaning ismi-sharifi:___________________________________
2-variant
1. Qaysi tahlil yo'nalishida yozuvchi dunyoqarashining xususiyatlari va tahlil etilayotgan asarda adib
e'tiqodining, uning olamni ko'rish, anglash, tushuntirish hamda ko'rkam aks ettirish tarzining
namoyon bo'lishi tеkshiriladi?
A. Psixologik B. Falsafiy. S. Tipologik. D. Funksional.
2. Kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa nima?
A.Badiiy asardagi shakl komponentlarini mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay
tarzda uyushtirish.
B. Bir-biriga uzviy bog’liq holda kechadigan, personajlarning hatti-harakatlaridan tarkib topuvchi
voqealar zanjiri.
S. Asar voqealari kechadigan joy, qahramonlar haqidagi dastlabki ma’lumotlar.
D. Asar voqealarining boshlanishiga turtki bo’lgan voqea, asar konflikti qo’yilgan joy.
3. Dramatik asar kompozitsiyasining qismlarini aniqlang
A.
Asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qoliplash, interyer.
B. Asar muallifi, asar nomi, janri, ramka unsurlari.
S. Ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji,
kulminatsiya, yechim.
D. Asar muallifi, asar nomi, lirik chekinish, qoliplash.
4. Ruboiyning kompozitsion tuzilishini aniqlang.
A. Analiz, sintez, antitezis, tezis. B. Tezis, avj nuqta, antitezis, sintez.
S. Tezis, antitezis, moddai rubon, sintez. D. Sintez, tezis, antitezis, moddai rubon.
5. Qaysi asarda an’anaviy Sharq adabiyotshunosligining besh muhim tarmog’i: she’r navlari, qofiya
va radif, badiiy san’atlar, aruz vazni va muammo janri masalalari aks etgan?
A. “Funun ul-balog’a”. B. “Badoyi us-sanoyi’”.
S. “Muxtasar”. D. “Mezon ul-avzon”
6. Ko’chimlarning turlarini toping.
A. O’xshash va komporativ ko’chimlar B.Qorishiq, kontugual, zidlov ko’chimlar.
S. O’xshash,
qorishiq, zidlov ko’chimlar. D. Kontigual va kontrast ko’chimlar.
7. XIX asrning oxirgi choragida folklor va yozma adabiyotni o’rganish asosida yuzaga kelgan bu
yo’nalishda ijod jarayonida ijodkorning ruhiy holati, tush ko’rish va gallyutsinatsiyalarni muhim deb
hisoblaydi?
A.
Psixologik B. Genetik. S. Tipologik. D. Funksional.
8. Poetik sintaksis nima?
A. Ohang, pauza, urg’u. B. Gap bo’laklarining tartibi.
S. So’zning ma’nosi va ifodaviyligini kuchaytirish maqsadida qilingan shakliy o’zgarish.
D. Poetik figuralar, nutq oborotlari.
9. Komparativistika nimani o’rganadi?
A. Turli xalqlar adabiyotini turlicha planda o’rganadi.
B. Turli milliy adabiyotlar o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar, ularning ildizlarini qiyosiy tekshiradi
S. Xalq og’zaki ijodini qo’shib o’rganadi.
D. Turli xalqlar adabiyotidagi bir yoqlamalikni o’rganadi.
10. Gradatsiya, anafora, simploka va takrorlar poetik sintaksisning qaysi figuralariga kiradi?
A. Kuchaytiruv f. B. Pasaytiruv f. S. Ohangdosh f. D. O’zgartiruv f.
11. Remarka nima?
A. Qatnashuvchilar ro’yxati B. Muallif qaydlari
S. Parda va ko’rinishlar D. Kolliziya.
12. Lirik asar kompozitsiyasining aspektlarini toping.
A. Tashqi (matniy), tematik va ritmik-intonatsion qurilishi. B. Ramka unsurlari
B.
Asosiy matn va yondosh matn
D. Sarlavha,
janr qaydi, epigraf, bag’ishlov, she’r yozilgan sana va joy qaydi
13. Nima bo’lmaganda dunyoni o’rganish va o’zgartirishda ko’p asrlar davomida bashariyat olami
to’plagan bilimlardan foydalanmasdan, hamma narsani yangidan boshlash zarur bo’larda?
A. Traditsiya. B. Tajdid. S. Novatorlik.. D. An’ana va tajdid .
14. Lirik asarlarda misra va bandlarga bo’linish nimaga taalluqli?
A. Yondosh matnga taalluqli. B. Asosiy matnga taalluqli.
S. Asosiy va yondosh matnga taalluqli D. Ramka unsurlariga taalluqli
15. Lirik asarlardagi ramka unsurlarini toping.
A. Sarlavha, janr qaydi, epigraf, bag’ishlov, she’r yozilgan sana va joy qaydi.
B. Qatnashuvchilar ro’yxati,muallif qaydlari
S. Parda, ko’rinishlar, kolliziya.
D. Asar muallifi, asar nomi, janri, remarka.
16. Ilmi badi’ nimani o’rganadi?
A.She’rdagi vaznlar va ularning qonun-qoidalarini.
B. Qofiya qonuniyatlari va turlari haqida ma’lumot beradi.
S. Nutqqa bezak beruvchi san’atlar, ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni go'zal va mazmunli ifodalash
usullarini o‘rgatadi.
D. She’r tuzilishini o’rganadi.
17.
Mumtoz
poetikaga
doir
asarlar
dastavval
qaysi
fan
doirasida
paydo bo‘lgan?
A. Ilmi bad’i. B. Ilmi aruz. S. Ilmi qofiya. D. Ilmi muammo .
18. She’r uch va undan ortiq turkumda yozilgan bo’lsa qanday vazn hisoblanadi?
A. Qo’shma vazn. B. Erkin vazn. S. Aralash vazn. D. Murakkab vazn.
19. Elipsis hodisasi deb nimaga aytiladi?
A. Asar tilida so’zlarni tejash. B. Ikkinchi darajali so’zlarni ishlatish.
S. Lokanizmdan foydalanmaslik. D.Qisqartma so’zlardan foydalanish.
20. Aristotel “fabula” istilohini qanday ma’noda qo’llagan?
A. Kompozitsiya.. B. Arxitektonika. S. Syujet. D. Mimesis
21. Erkin Vohidov sheʼrlarida rus shoiri Yesininning, Oʻtkir
Hoshimov asarlarida Chingiz
Aytmatovning asarlaridagi oʻxshashlik qanday an’ana turi hisoblanadi?
A. Ichki adabiy an’ana. B.Tashqi adabiy anʼana.
S.Vorisiylik va tajdid. D. Traditsiya va novatorlik.
22. Shakl unsurlarini aniqlang
A.
Syujet,
kompozitsiya, mavzu, g’oya,
konflikt, kompozitsiya, badiiy tasvir vositalari, ritm, uslub.
B.
Til, konflikt, kompozitsiya, badiiy tasvir vositalari, ritm, uslub, g’oya, peyzaj.
S. Til, obrazlar sistemasi, syujet, konflikt, kompozitsiya, ritm, uslub, peyzaj.
D.
Syujet, konflikt, kompozitsiya, mavzu, ritm, uslub, peyzaj.
23.
Germenevtika nima?
A.
Murakkab,chalkash ma‘noli matnlarni tushunish san‘ati hamda uni ilmiy talqin qilish haqidagi
nazariy fan.
B.
Matnni tushunish va tushuntirish, xulosalash san’ati
S.
Germenevtika- yunoncha “sharhlamayman”, “tushuntirmayman” ma'nolarini anglatadi.
D.Matn mazmunini soxtalashtirib tahlil qiluvchi soha.
24. Cho’lpon she’rlaridagi binafsha, quyosh, go‘zal mashuqa va bahor kabi go‘zallik timsollari orqali
xalq, millat qayg‘usini nozik chizgilar yordamida tasvirlab berilishini qaysi metod yordamida tahlil
qilish mumkin?
A.
Interpretatsiya. B. Germenevtika. S. Improvizatsiya. D. Naturalizmю
25. Inversiya, ko’chuv va anakulof poetik sintaksisning qaysi figuralariga kiradi?
A. Kuchaytiruv f. B. Pasaytiruv f. S.Ohangdosh f. D. O’zgarturuvchi figuralari.
S 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25
J
B
Imtihon oluvchi o‘qituvchi ___________