7-MAVZU:
BЕGОNАLАSHISH PSIХОLОGIK MUАMMО SIFАTIDА
REJA:
1.
Bеgоnаlаshish mехаnizmlаri vа ulаrning psiхоlоgik tаvsifi. Bеgоnаlаshishni tаdqiq etish
imkоniyatlаri.
2.
Аdаptаsiya psiхоlоgik muаmmо sifаtidа. Аdаptаsiya turlаrining psiхоlоgik o`zigа хоsligi
vа o`rgаnish mеtоdlаri.
3.
Tа’sir o`tkаzishning psiхоlоgik ko`riniishlаri: infоrmаsiоn
-
psiхоlоgik, psiхоgеn,
psiхоаnаlitik, nеyrоlinvistik, psiхоtrоn, tаsоdifiy, kоnvеntsiоnаl, eksprеssiv. Psiхоlоgik tа’sir:
оpеrаtsiоi fаоliyat. prоtsеssuаl (mа’qullаsh), jаvоb rеаktsiyasi (qаytа qurish). Sоtsiаl
kоngruentsiya fеnоmеnаl hоlаt tаriqаsidа.
4.
Sоtsiоlizаtsiya (ijtimоiylаshuv)ning tub mоhiyati tushunshаsi (dеmоkrаtizm dаvridа):
аktuаl «Mеn»ning mоhiyati. Tоtаlitаr dаvrdа sоtsiаlizаtsiya: mаzахizm, sаdizm, dеstruktsiya,
kоnfоrmizm. Ulаrni tаdqiqоt etish mеtоdlаri vа mеtоdikаlаri. Fеnоmеnаl hоlаtlаrni ilmiy
tushuntirishdа bоrliqni ilgаrilаb аks ettirish, sеnsоmоtоr pеrtsеptiv ekstrаpоlyasi, bаshоrаt
qilishning ehtimоllаri nаzаriyalаrining rоli. Uning psiхоlоgik mоhiyati, tаvsifi vа tаdqiq etish
imkоniyatlаri.
Unday yoki bunday xususiyatli ijtimoiy-psixologik rolli funksiyalarni egallash hamda
odamlar o‘rtas
ida ijtimoiy-p
sixologik mavqe (status) qozonish bilan bogliq bo‘lgan ijtimoiy
-
psixologik jarayon adaptatsiya (moslashish) deyila di. Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya
(moslashish) jarayonida inson hayot va faoliyatining tashqi va ichki sharoitlari o‘rta sida
uyg‘unlikka (garmoniyaga) erishish uchun uzluksiz ravishda harakat qiladi. Mazkur jarayonni
amalga oshirish yoki ro‘yobga chiqarish davomida shaxsdamuhitga moslashuvchanlik xususiyati
darajasi ko‘tariladi. Turlicha holatlarda moslashuvchanlik to‘laqonli ro‘yobga chiqqandan
keyingina shaxs muhitning muayyan sharoitlari bilan o‘zining faoliyati o‘rtasidagi adekvatlikka
erishadi.
Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya - inson boshqa odamlar bilan, qolaversa, jamiyat bilan
o‘zaro ta’sir o‘tkazishda vu judga keluvchi
destabilizatsiya holati, bezovtalanish, ichki psixik
zo‘riqish kabilarni pasaytirish va bartaraf etishda shaxsning mudofaa (himoya) vositasi sifatida
gavdalanadi. Bunda psixikaning himoya (mudofaa) mexanizmlari shaxsning psixologik
adaptatsiyasi usuli tarz
ida ro‘yobga chiqadi. Tadqiqotlarning guvohlik berishicha,
jarohatlantiruvchi hodisa yoki voqelik ularning paydo bo‘lishi va yuzaga kelishi aha
:
miyatining
aniqlovchisidir. Umuman, shaxs psixologik himoya (mudofaa) mexanizmlarini egallab ulgursa, bu
holat uning
adaptiv (moslashuv) potensialini (imkoniyatini) ko‘taradi, shu bilan birga ijtimoiy
-
psixologik adaptatsiya jarayoni muvaffaqiyatga yordam beradi. Psixologik himoyadan tashqari,
ijtimoiy-psixologik adaptatsiyaning boshqa funksiyalari qa- toriga quyidagilar kiradi:
1) «shaxs
-
ijtimoiy muhit» munosabati dinamik sistemasida optimal tenglikka erishish;
2) muomala va o‘zaro munosabatlarni boshqarish; shaxsning qobiliyatlari va ijodiy
imkoniyatlari rivojlanishi va maksimal namoyon bo‘lishi; odamning ijtimoiy
faolligining
ko‘tarilishi;
3) shaxsda emotsional-komfortga nisbatan pozisiyalari (qarashlari)ni shakllantirish;
4) shaxsning o‘zini o‘zi namoyon etishi;
5) o‘zini o‘zi bilish va o‘zini o‘zi tuzatish (korreksiyalash);
6) ham shaxsni, ham ijtimoiy muhit (jamoa)ni moslashtiruvchi faoliyatning samaradorligini
oshirish;
7) ijtimoiy muhit jipsligi va barqarorligini oshirish; psixologik salomatlikni saqlash.
Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya ikki tipga (toifaga) ajratiladi va ular quyidagicha
tavsiflanadi:
1) progr
essiv (taraqqiyparvar): barcha funksiyalar va maqsadlarni to‘liq adaptatsiyaga
erishish xususiyatiga ega bo‘lib, bir tomondan ularni amalga oshirishda shaxsning qiziqishlari va
maqsadlari birligi erishiladi, ikkinchi tomondan jamiyat guruhlari bilan;
2) regressiv -
shartli moslashuv sifatida vujudga keladi, shaxsning o‘ziga va mazkur ijtimoiy
guruhning rivojlanishiga, jamiyatning manfaatiga javob bera olmaydi. Ba’zi psi
- xologlar
regressiv adaptatsiyani konformlashgan, asoslangan ijtimoiy qoida (norma)larni va talablarni
shaxs tomonidan shartli ravishda qabul qilinganlik deb baholaydilar. Bunday vaziyatlarda shaxs
o‘zini o‘zi namoyon etish imkoniyatidan, o‘zining ijodiy qobiliyatlari vujudga kelishidan, o‘z
qadr-qiy-
matini his qilib ko‘rish sinovidan mahrum
bo‘ladi. Faqat regressiv adaptatsiya shaxsning
haqiqiy ijtimoiylashuviga yordam berishi mumkin, shuningdek, konformistik strategi-
yani o‘zida
uzoq muddat mujassamlashtiruvchi sifatida shaxs xulq-
atvorida uzluksiz ravishda xatolarga yo‘l
qo‘yish maylini s
hakllantiradi. Bu esa (hodisa) yangidan yangi muammoli vaziyatlarni vujudga
kelish sari yetaklaydi, lekin moslashuv uchun unda na adaptiv qobiliyatlar, na tayyor mexanizmlar
va ularning majmualari mavjud emas.
Amalga oshish mexanizmi bo‘yicha ijtimoiy
-psixologik adaptatsiya ixtiyoriy va majburiy
turlarga ajratiladi. Ixtiyoriy adaptatsiya -
bu insonning xohishi, moyilligi orqali ro‘yobga
chiquvchi holatdir. Odam o‘ziga zid, hatto unga yoqmay
- digan salbiy, xohishiga qarama-qarshi
ijtimoiy hodisalarga (vaziyatlarga) ilojsiz ravishda moslashishi mumkin (tutqinlik, sekta
zo‘ravonlik, vahobiylik, diktatura va hokazo). Bunday toifadagi ijtimoiy moslashuv majburiy deb
nomlanadi. Bu tipdagi adaptatsiya inson psixikasiga zarar keltirishda, ya’ni shaxsning axloqiy,
intellektual sifatlarining defor- matsiyasi hisobiga kechadi, unda mental va emotsional buzi-
lishning avj olishi natijasida muhitning (makro, mikro, mize) o‘zgarishiga olib keladi, hatto inson
o‘z ruhiy olamini (tabiatini) o‘zgartirish uquvidan ham mahrum bo‘ladi.
Umumiy psixologiya va ijtimoiy psixologiya sohalarida «adaptatsiya» termini bilan bir
qatorda «readaptatsiya» tushunchasidan ham foydalaniladi. Bizning nuqtai nazarimizcha,
insonning turmush tarzi va faoliyati mazmuni shart-sharoit-
larida tub o‘zg
arishlarning sodir
bo‘lishi tufayli uning shaxsiyatida, xarakterologik xususiyatlarida qayta qurilishlar, yangilanishlar
jarayonining kechishi readaptatsiya deb ataladi. Jumladan, tinchlik, osoyishtalik holatidan harbiy
vaziyatga, o‘z vatanini tark etib, o‘zga yurtda qo‘nim topish, yakkayu yolg‘iz turmush kechirish
oilaviy hayotiga ko‘nikish va hokazo. Odat
- da, adaptatsiya bilan readaptatsiya tushuychalari
o‘zaro bir
-bi-
ridan shaxs psixikasida qayta qurilishlar, yangilanishlar kechishining darajasi bilan
farqlanadi. Adaptatsiya jarayoni psixokorreksiya, ruhiy qayta qurilishni tugallash, takroriy
shakllanish, shaxs psixikasining ba’zi funksional sistemasini qisman qayta qurish bilan bevosita
bog‘liq. Readaptatsiya qaerda shaxsning qadriyatlari, ma’noviy dar
ajasi, maqsadi, xulq normalari,
ehtiyojiy-motivasion doirasi mazmunan, usluban qarama-
qarshilikka duch kelsa,sodir bo‘ladiki, u
holda muayyan darajada o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Mabodo readaptatsiya jarayonida
shaxsning hayoti va faoliyatida oldingi s
haroitlarga o‘tish (qaytish) ehtimoli yuzaga kelsa, u
taqdirda sub’ekt o‘zida adaptatsiyaga nisbatan muhtojlikni his etishi mumkin. Masalan, odamning
tinch-osoyishta, hotirjam fuqa- rolik hayoti va faoliyatidan harbiy sharoit (muhit, ekstremal
vaziyatlar)g
a o‘tishi odatiy adaptatsiyaning ro‘yobga chiqishidan tashqari, uning psixikasida qayta
moslashuvning amalga oshi- shini taqozo etadi. Harbiy xizmatchilarning (turli qurolli
tuzilmalarning askarlari) iste’foga chiqib, o‘zaro tenglik asosida qurilgan fuqaro
lik hayotiga
qaytishida ko‘pincha jid
-
diy psixologik asoratlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi readaptatsiya
jarayoni kechadi.
Psixologiya fanida etnomadaniy adaptatsiya termini (so‘z birikmasi) ham mavjud bo‘lib,
begona madaniyat, ma’naviyat, millatlararo
munosabatlarga elatlar va etnoslarni mosla- shishining
o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlari mohiyati to‘grisida bahs yuritadi.
Etnomadaniy adaptatsiya - bu ijtimoiy-
psixologik adaptatsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib,
odamlarning yangi madaniyatga ijtimoiy, psixologik jihatdan odatlanishi, moslashishi va
ko‘nikishni o‘zida mujassamlashtirish, shuningdek, begona, notanish mil
-
liy an’analar,
qadriyatlar, turmush tarzi, xulq-
atvori etnoslararo ta’sir, ta’sir o‘tkazish qatnashchilarining
kutilmasi, talablari va normalariga rioya qilishlikni muvofiqlashti- rishdir. Odatda, inson uch
bosqichni bosib o‘tgandan keyin etnomadaniy adaptatsiya jarayoniga kirib boradi, uning xulqi,
qadriyati, ijtimoiy ko‘rsatmasi (attityud), psixikasi muayyan transformats
iyalar yordami bilan
kuzatib boriladi. Birinchi bosqichda shaxsda ko‘tarinki kayfiyat va tashabbuskorlik emotsional
-
hissiy kechinmalar vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda esa frustratsiya, depressiya, parokandalik
hislari ishtirok etadi, uchinchisida bo‘lsa, o‘z kuch
-
quvvatiga ishonch, o‘zining kechinmalarini
qondirish hissi ro‘yobga chiqadi. Bizningcha, odamlarning psixologik qiyofasi bilan etnoslar
(guruhlar) o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlanish darajasi:
1) etnomadaniy adaptatsiyaning davomiyligiga;
2) ularning guruhiy va individual farqlariga;
3) ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik muhit bilan tabiiy sharoit munosabatiga;
4) yangi milliy madaniyatga kirishishdagi individual taj- ribasiga;
5) etnik guruxdagi psixologik muhitga;
6) turli etnik birliklarga taa
lluqli odamlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning mavjudligiga bogliq.
Destruktiv xulqning bir ko‘rinishi bo‘lgan jamoatchilik ijtimoiy–
tarixiy taraqqiyotni har
bir bosqichida salbiy oqibatlarga olib keluvchi, jamiyatni tashvishga soluvchi fenomenal hodisa
sifatida tadqiqotlarning diqqat -
etiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. Chunki jamoat tartibiga,
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar ijtimoiy tuzumning yaxlitligiga tahdid soladigan, uning
farovonligiga, barqarorligiga putur yetkazadigan aksil xulq-
atvor ko‘rini
shlari jamoatchilikda
mujassamlashadi.
Jahon mamlakatlaridan jinoyatchilik muhim muammolardan biriga aylanganligi tufayli
o‘tgan yillar bilan taqqoslaganda, jinoyatning miqdoriy ortganligi ichki mohiyati bo‘yicha
o‘zgarishlar yuz berganligi qayt qilinmoqda
.
Ayollar va balog‘atga yetmagan yoshlar o‘rtasida
jinoyatchilikning biroz ko‘payishi keng jamoatchilikni, xalq talimi tizimi xodimlarini, ota
-
onalarni, huquq tartibot tashkilotlari mutaxasislarni tashvishga solmoqda. Ayniqsa, voyaga
yetmagan
yoshlar
jinoyatchilikni
oldini
olish
uchun,birinchidan,
kriminalogiya
psixokriminalistika sohalarining ilmiy imkoniyatlarini bashorat qilish, ikkinchidan, psixalogiya
fani metodlari,metodikalari samaradorligini tashxis qilish, uchinchidan, pedagogika satsial
pedagogika tarmoqlari tadbiqiyligini nazariy-
amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish, to‘rtinchidan,
insonshunoslik fanlari yutuqlariga asoslangan holda talim tizimini amalga oshirish, xulq- atvorida
og‘ish sezigan o‘quvchilar bilan maxsus tarbiyaviy tadbirlarni izchil yo‘lga qo‘yish, beshinchidan,
balog‘atga etmaan yoshlar o‘rtasida qonunbuzarchilikni barham topdirish uchun davlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan dastur ishlab chiqish maqsadga muofiqdir, oltinchidan,ular
jinoyatchiligining oldini olishga majmuaviy yondashuv ijobiy natijalar berishining strategiyasi
va taktikasini yaratish ayni mudddaodir.
Keyingi yillarda balog‘atga yetmagan jinoyatchi va qonunbuzarlar (qoidabuzarlar)
psixalagik xususiyatlarini tadqiq etishga nisbatan qiziqishlar ko‘lami ortib bormoqda.J
inoyatchi
balog‘atga yetmaganlar psixalogiyasi nazariy uslubiy tomondan o‘rganilibgina qolmasdan, balki
ularning xulq-
atvor,xarakteralagik xususiyatlarini (illatlari, salbiy ko‘rinishlarini) tuzatishning
psixalagik, psixoterapevtik usullari, vositalari, texnalogiyalari amaliyotga joriy qilinmoqda.
Bunday faoliyat nafaqat qonunbuzar o‘smirlar tarbiyalanayotgan maxsus maktablarda, balki jazoni
ijro etish koloniyarida ham amalga oshirilmoqda .
Lekin jazoni ijro etish koloniyalarida mahkum balog‘atga yetmaganlarning o‘zini ozi
baholashi, ota-onalarning farzandlariga nisbatan munosabatlari, ijtimoiylashuv jarayoni,unga
moyillikning psixalagik xususiyatlari juda ham o‘rganilgan
. koloniyalarda hukm muddatini
o‘tayotgan balog‘atga yetmaganlar bilan psixalogik, psix
oterapevtik xizmatni joriy qilish zamon,
davr talabiga javob bermaydi.
XXl Asrgacha olib borilgan psixalogik tadqiqotlar,asosan voyaga yetmagan inspeksiyasi
ro‘yxatida turgan, destruktiv xulq subyektlari ustida olib borilgan. Aksariyat tadqiqotlarda
qonunbuzar voyaga yetmagan yoshlarning xulq-atvor motivatsiyasi, ehtiyojlari, qiziqishlari,
xarakter xususiyatlari llo‘rganilgan xolos
.
Bioijtimoiy mavjudod sifatida tariflangan insonlar goho ijtimoiy talablarga aksil xatti-
harkatlarni namoyon qilishadi,bazilari esa bunday xulq atvor unsurlarini turmush tarziga
aylantirishgan.Bazi hollarda ijtimoiy tartib-
intizomni buzuvchi,qo‘paruvchi balog‘atga yetmagan
yoshlar kuzatilmoqda. Jinoyat bir tomondan qonunlar bilan nazorat ostiga olinadai, ikkinchi
tomondan uning bialogik, psixalogik, sotsialogik sabablari tadqiq qilinadi, uchinchi tomondan esa
jinoyatni oldini olish chora tadbirlari izlanilmoqda.Jinoiy xatti harakatlarni o‘rgangan
tadqiqotchilar turlicha talimotlar yaratmoqdalar va orginal g‘oyalarni bahs
-moshohada maydoniga
olib kirmoqda.
Adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha,jinoyatchilikni tushuntirib beruvchi talimotlar va
yondashuvlarni uchta (psixologik, biologik, sotsialogik)guruhga ajratish mumkin. Quyida ushbu
yondashuvlarning qisqacha tahlili, talqini, tavsifi beriladi.
Jinoyatchilikga bialogik yondashuv ta’limoti talqiniga qaraganda, odamlarning tana
tuzilishi xususiyatlari va mijozlari ularni jinoyatga yo‘naltiradi.Bunday nuqtai nazarning dastlabki
vakillaridan biri hisoblangan Lombrosso jinoiy ishga moyillikning irsiy (nasliy) ekanligini va
jinoyatchi bo‘lib tug‘ulganlar odamzotning ibtidoiy ota
-bobolari bilan bialogik va fizialogik
jihatdan o‘xshashlik mavjundligini ko‘rsatuvchi g‘oyani ilgari surgan.Lombrossoning
mulohazalaricha,
jinoyatchi bo‘lib tug‘ilganlar uzun bo‘yli qisqa va qalin iyakli, siyrak soqolli
kabi bialogik xususiyatlaga egadir.
Bialogik yondashuvning yana bir vakili Sheldon insonlarni to‘rt guruhga ajratib ko‘rsatgan:
1)
Endomorflar
–semiz, bo‘yin eguvchi va jismoniy faoliyatga moyillik ko‘rsatmaganlar;
2)
Mezomorflar-
qalin suyakli mushaklari rivojlangan, tuzilishga ega,jismoniy faol o‘zini
majburlab qabul ettiruvchi va juratkor tiplar;
3)
Ektomorflar
–ozg‘in,
uzun bo‘yli va introvertlar
;
4)
Muvozanatli toifalar
–
etiborni tortmaydigan xususiyatlarga ega aralash toifalar.
Sheldon 200ta jinoyatchi ustida tadqiqot olib borib, ularning 60 foizi mezomorf toifada
ekanligini aniqlagan.
O‘tmishda amalga oshirilgan bunga o‘xshash tadqiqotlar jiddiy bir
uslubiy muammolarning zaifligi, inson tanasi,
fizialogiyasi va miyasi bilan bog‘liq
malumotlarni kamliga va jinoiy hatti harakat sabablarini tushintirishda ratsional
mulohazalarni taklif etishda ojizliklari sabablari o‘z qiymatini yo‘qotgan
. Keying yillarda
esa ginetiklar, bioximiklar, nevrologlar endokrinologlar va psixofiziologlarning inson fel-
atvori ustida olib borgan ko‘plab ilmiy izlanishlari bu yondashuvdagi tadqiqotlarning
takror avj olishiga olib kelmoqda . Navbatdagi sahifalarda jinoiy hatti
–
harakatning
Irsiy tomonlari bilan bog‘liq tadqiqot natijalarini tahlil qilamiz
.
Irsiyat bilan jinoyatchilik o‘rtasidagi aloqadorlikni tadqiq etgan ilmiy izlanishlarni uch
guruhga bo‘lish mumkin. Bular: 1) oila o‘tmishini o‘rgangan tadqiqotlar; 2) avlodlikka
olingan bolalar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar
;
3)egizaklarni o‘rgangan tadqi
qotlar. Jinoyatga
moyillik va irsiyat o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilk tadq
iqotlar, oila
o‘tmishini tahlilqilishga bag‘ishlangan
. Jinoyat qilganlarning oilaviy ildizlariga etibor
berilganda,
bu kishilarning oldingi ajdodlari ichida o‘xshash jinoyatlarni sodir qilganlar ko‘p
ekanligini aniqlagan tadqiqotlar uchramoqda.
Avlodlikka olingan bolalar ustida olib borilgan tadqiqotida ham jinoiy ishga moyillikga
irsiyatning tasiri borligini o‘rtaga qo‘ymoqda
. 1977 yilda Daniyada 1145 ta avlidlikka olingan
olingan o‘g‘il bolalar ustida olib borilgan tad
qiqotlarda
: o‘z bialogik otalari jinoyatchi
bo‘lmagan avlodlikka olingan subyektlarga nisbatan ikki barobar ko‘p jinoyatchi
bo‘lganliklari qayt qilingan
.
Avlodlikka olinganlar ustida o‘tkazilgan irsiyat va muhitning
o‘zaro tasiri muhimligini o‘rtaga qo‘ymoqda
.
Jinoyat va irsiyatning o‘zaro tasiri haqidagi boshqa muhim tadqiqot sohasi esa egizaklar
bilan olib borilgan tadqiqotlar hisoblanadi. 1977 yilda nashr qilingan tadqiqotida igizaklar
ustida o‘kazilgan ilmiy ishlarning natijalari tahlil etilgan
.
Natijaga ko‘ra
, bir jinsli egizaklarda
jinoiy ishga qo‘l urish hatti
-
harakati jihatidan juftlar orasidagi o‘xshashlik
ikki jinsli
egizaklarga qaraganda,
ikki barobar ko‘p ekanliga ko‘zga tashlanmoqda
.
Xuddi o‘sh yili
7172 ta egizak ustida ilmiy izlanishlar olib bolgan va bir jinsli egizaklarda jinoiy hatti-
harakatlar tompnida juftlar o‘xshashli
k 35 foiz ekanligi aniqlangan . Ikki jinsli egizaklar esa
bu o‘xshashlik 13 foiz ekanligi aniqlangan
.
Egizaklar ustida olib borilgan so‘ngi tadqiqotlar
jinoiy hatti
–harakat bilan irsiy omillar o‘rtasida ishonchli darajadagi aloqadorlik
mavjudligini
ko‘rsatishiga qaramasdan
,
bazi tadqiqotlar natijalari teskari bog‘liqlik borligini ko‘rsatmoqda
.
Yuqorida ko‘rsatilganidek
,
so‘ngiyillarda olib borilgan tadqiqotlar biologik tuzilish va
jinoyatchilik o‘rtasidaaloqadorlik bor
ligini takror kun tartibiga olib chiqmoqda. Ammo shaxs
tuzilishi va atrof muhit omilining o‘zaro tasirini har doim, hisobga olishimiz kerak
.
Genetik omillarni ijtimoiy
–
tarixiy, ijtimoiy madaniy tasirlardan, bolalik davrining
turmush tarzidan va uy sharoiti tasiridanfarqetishjuda qiyin.Shu sababdanijtimoiy madaniy
omillarning avlodan avlodga va avlodlar tomonidan o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq
, tadqiqotlar
juda ehtiyotkorlik bilan olib borilishi shart.
JINOYATChILIK HAQIDAGI PSIXALOGIK YONDAShUVLAR
Psixalogik yondashuvlar shaxsni hatti harakatga yo‘naltiruvchi ehtiyojlar
, individual
shaxslararo munisabatlar ustida to‘xtalmoqda va odamlarning o‘zlari uchun ahamiyatli bo‘lgan
kishilar va yaqin atrof-muhit tasiri natijasida vujudga kelgan psixopatalogiya tufayli jinoyatga
yo‘nalganliklarini qabul qilmoqdalar
. Bir -
birlaridan farqli fikr va qarashlarga ega bo‘lsalarda
yondashuvlarning barchasi u yoki bu tarzda jinoyatchilikning psixologik patollogiya tufayli
harakat qilganliklarini tasdiqlovchi g‘oyani ilgari surmoqdalar
.
Jinoyatchilar “kasal”,
“moslasha olmagan “
,
“patologik” kishilar ekanliklari uchun jinoiy hatti
- harakat namoyon
qilmoqdalar.
Klinik yondashuvga ko‘ra
, jinoyatchilik psixalogik moslasha olmaslik sababli
normadan yiroq hatti-harakat sifatida qaraladi. Jinoyatchilarga bezovtalik, tashvishlanish va
obsessiv fikrlar bilan yonaltirilgan nerotiklar; shiddatli va kuchli fel - atvor buzuqliklari
na,oyon qiladigan psixotiklar;
emotsional muvozanatsizliklari va buzuqliklari mavjud bo‘lgan
shizofrenlar; aksilijtimoiy, agressiv, impujsiv va aybdorlik his
–
tuyg‘ulari mavjud bo‘lmagan
sosiopat kishilar sifstida qaralmoqda. emotsion
al buzuqliklari bo‘lgan insonlar ehtiyojlarini
qondirish uchun jinoiy faoliyatlari yo‘nanadi deb hisoblanmoqda
. Shuning uchun ham
normadan yiroq simptomlar davlanishi natijasida xoxlamagan, kutilmagan hatti- harakatlar
nazorat ostiga olinishi mumkin.
Insonlarning dastavval shaxs xususiyatiga yo‘naltirilgan psixalogik nazariyalar
biologik, ijyimoiy
–
tarixiy, ijtimoiy
–
madaniy hamda atrof
–
muhit omillarini rad etmaydi, faqat
bu omillar tasirini shaxslarning shaklangan tizilmari ichida tadqiq etadilar.
Jinoyatchi haqiqiy ijtimoiy
–
psixalogik jihatdan o‘rganish shaxsning ijtimoiy tabiati va
mohiyati haqida talimot metadalogiyasi asoslangandagina amalga oshirilishi mumkin.
Buning mazmuni shundan iboratki,
inson jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi
, balki jinoyatchi
bo‘lib shakllanadi
, bu uning ijtimoiy mohiyatini asoslab beradi. Shu sababdan jinoiy hatti
harakatlarni tahlil qilar ekan,
shaxs hayotining har qanday namoyon bo‘lishi ijyimoiy
turmushning ro‘yobga chiqishi va tasiri ekanligini hisobga olish kerak
. Boshqalar bilan
birgalikda amalga oshiriladigan har qanday faoliyat, hatti
–
harakat tashqi ijtimoiy shart -
sharoit tasiri ostada paydo bo‘lishi nazarga titilishi lozim
. Chunki shaxning xususiyatlari,
uning faoliyati yoki alohida xulq atvor shakllari subyekt hayotining ilk kunlaridan boshlab
mavjud shart
–
sharoit natijasida shakkana boshlayda.
Shubhasizki, ijtimoiy muhit shaxsni shakllantiradi, uning ongi va fel
–
atvorining
birlamchi va yetakchi omili hisoblanadi. Ayni patda, shaxs faqatgina ijtimoiy munosabatlar
obyekti emas,
balki ong va irodaga ega bo‘gan
tashqi borliqni qayta shakllantirshga,
o‘z
fel
–atvorini o‘zgartirishga
, boshqalarga,
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirishga
qoblyatli faol subyekt ham hisoblanadi.
Shaxsning hayot va faoliyati insoniyat jamiyati taraqqiyoti jarayonida tarkib topgan
shakllarda namoyon bo‘ladi
, ayni paytda, ushbu hayot va faoliyat shaxsning doimiy
rivojlanishi va taraqqiyitini taqazo qiladi.
Tashqi muhit bilan o‘zaro tasir natijasida insonda
ehtiyojlar vujudga keladi . Tabiiy va fiziologak ehtiyojlar ijtimoiylashgan shaklni oladi, yani
bu ehtiyojlar jamiyat tomonidan qabul qilinadi,
qo‘llab quvvatlanadigan usullar yordamida
qondiriladi.
Shaxsning shakllanishiga nafaqat keng ko‘lamdagi ijtimoi
y muhit, balki
jamiyatdagi mafkura va axloq normalari ham katta tasir ko‘rsatadi
. Shaxsga uning
ko‘rsatmalari
,
qadriyatlari va etiqodi shakllanishiga bevosita uni o‘rab turgan atrof muhut
,
mikromuhit ham muhim tasir etadi.
Tashqi sabablarning ichki shart sharoitlari orqali tasir etish psixalogiyada markaziy
masalalardan biri hisoblanadi. Psixikaning, engavvalo, jarayon va faoliyat sifatida mavjud
bo‘lishini taqiqlagan S. L Rubinshteynshunday deb yozadi :”Psixika va individni o‘rab turgan
tashqi olam bilan o‘zaro tasiri natijasida paydo bo‘ladi va mavjuddir
, tashqi olamning
individga davomli tasiri va individning bu tasirga javob hatti
–
harakatlari, xususan, har bir
hatti harakat indi
vid hayot tarixini aniqlab beruvchi tashqi tasirlarga bog‘liq ravishda unga
shakllangan ichki shart sharoitlar bilan bog‘lanadi “.
Tarbiyya jarayonini amalga oshiruvchi shaxslar va muassasalar, eng avvalo, ota
–
onalar, oila maktab individ bilan shaxslaro munosabatlarga kirishgandagina, kirishgandagina,
shaxs jivojlanishida katta rol o‘ynaydi
. Xuddi shu shaxslararo munosabatlar orqali
aksilijtimoiy normalar,qarashlar, anana, urf
–
odat va qadriyatlarga xilof hatti harakatlar ham
o‘zlashtiriladi
.
Shunday qilib, shaxs haqidagi umumiy talimot jinoyatchi shaxs muammosining
yechimida hal qilishida asos hisoblanadi .
Quyida balog‘atga yetmagan o‘smir va o‘pirinning psixologik xususiyatlarini tadqiq
etgan h
amdo‘stlik mamlakatlari va O‘zbekiston olimlarining ilmiy ishlari tahlili qilinadi
.
O‘smirlar ustida tadqiqot olib borgan ko‘plab psixologlar
,
bu yosh davrda o‘z –
o‘zini
anglashning rivojlanishi sifat jihatdan yangi darajaga erishishi haqida fikr yuritadilar.
O‘mirlar
o‘z dunyosiga kuchli qiziqish paydo bo‘ladi
,
o‘z –o‘zini anglash umumlashgan holda keladi
,
fikr mulohazalari o‘z –o‘zini bilishga asoslanadi
.
O‘z shaxsi haqidagi tasavvurlariyanada
yorqinlashadi va oydinlashadi.
I.I. Cheskovaning fikricha,
o‘smirning o‘z –
o‘zini baxolashi boshqarishda qatnasha
boshlaydi .
Agar barqaror adekvat o‘z –
o‘zini baholaydigan o‘smir o‘z
-
o‘zini tasdiqlash
ehtiyojoni qondirish sharoitiga tushub qolsa,
uda o‘z –o‘z
ini boshqarish ortadi, kuchayadi .
Agar bu o‘smir
, uni kamsitish, mustaqiligini cheklash sharoitiga tushub qolsa,
unda o‘z –
o‘zini boshqarish pasayadi va yemiriladi
.
O‘smirning yoshidan boshlab
,
o‘z
-
o‘zini anglash
nafaqat shaxs shakillanishi aks ettiriladi,balki uushbu shakllanish jarayonida faol tasir
ko‘rsatadi
.
,,Menlik” tushunchasini, o‘zini
-
o‘zi baxolashni
,,
tarbiyasi qiyin’’ o‘smirmirlarda
o‘rgangan tadqiqotlar unchalik ko‘p emas
. Mavjud tadqiqotlarda esa olingan natijalar bir
–
biriga qarama
–
qarshidir.
Aksariyat psixologlar jinoyatchi o‘smirlar o‘z –o‘zini yuqori
baholashi, bu baholashning tanqidiy emasligi,
o‘z imkoniyatlarini orttirib ko‘rsatishi haqida
malumot bersalar, bazi tad
qiqotchilar esa ularda o‘z –o‘zini baholash quyi darajada bo‘lishini
qayd etadilar.
Bazi tadqiqotchilar esa xulq atvori og‘ishgan o‘smirlarning
,,
menlik’’
tushunchasi sxematik, yuzaki, beqaqor ekanligini aniqlaganlar . Bu ularda shaxs
va o‘z –
o‘zini anglashning to‘la rivojlanmaganligini bildiradi
. Bundan tashqari,
o‘smirlarning o‘z –
o‘zini baholash ning alohida tomonlari ham o‘rganilgan
. Bir qancha olimlar,
o‘smirlarning
o‘z –
o‘zini baholashi shakllanish bosqichida
ekanligini qabul qiladilar.
Ularda o‘z –o‘zini
baholash hali xolislikka ega emas, asosan nomuhim mezonlarga asoslanadi. Boshqa olimlar
tomondan o‘z
-
o‘zini baholashning barqarorligi va adekvatliligi,ikkinchi tomondan esa jinoyatchi
o‘smirni qayta tarbiyalashning muofaqiyati o‘rtasida bog‘liqlik mavjutliginitakidlaydi. Ammo bu
tatqiqotlarda “melik”tushunchasining boshqa tomonlari o‘rganilmagan.
G.K.Valiskas va Y.B.Gipenretr tatqiqotlarida voyaga yetmagan jinoyatchilarda o‘z
-
o‘zini
baholash quyi
darajada, jinoyatchi bo‘lmagan o‘smirlarda esa o‘z
-
o‘zini baholash yuqori va o‘rta
darajada ekanligi aniqlangan. Ularning fikricha, quyi o‘
-
o‘zini baholash butip o‘smirlarda
surunkali muofaqiyatsizlik tajribasining to‘planishi va atrofdagi kishilar tomoni
dan rad va inkor
etilganliklari natijasida shakllangandir. Psixologiyada ‘’tarbiyasi qiyin ‘’o‘smirlar va voyaga
yetmagan jinoyatchilaarning motivatsion
–
ehtiyojiy sohasini tatqiq etgan ilmiy ishlar ham mavjud.
Bu tatqiqotlarda o‘smirlarning motivatsion
- ehtiyoji sohasi torayganligi,ular motivatsiyasi
istemolchilik xarakterda ekanligi, quyi va egoyistik motivlarning ustunligi,soda va ijtimoiy zararli
ehtiyojlarning mavjutligi, o‘z
-
o‘zini tasdiqlashni aqlbovar qilmaydigan shakllarining qo‘llanilishi,
barqaro
r qiziqishlarning yo‘qligi,manaviy motivlarning kuchsizligi qayt etilgan.
Bir qancha tadqiqotlarda g‘ayriqonuniy xulq
-
atvorning paydo bo‘lishida xavf
- xatar
tashkil etuvchi omillardan biri xarakter aksentuatsiyasi ekanligi qabul qilingan.
Bu yo‘nalishda
tadqiqot olib borgan g‘ayriqonuniy xulq –
atvor va aksentuatsiya tufayli o‘rtasida o‘rganganlar
.
Endi esa g‘ayriqonuniy xulq
-atvorning shakillanishiga tasir etuvchi sabab va omillarni
tadqiq etgan ilmiy izlanishlarusti
da to‘xtalamiz
.
ko‘plab tadqiqotlar bu xulq atvorni
shakillantiruvchi asosiy omil sifatida tarbiya hamda oilaning ijtimoiy psixalogik muhitini
ko‘rsatib o‘tadi
. Voyaga yetmagan jinoyatchilarning oilasida ijtimoiy
–
psixalogik muhit va
axloqiy
–
manaviy tomon yomonligining dalillab bergan ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan
. Bu
tadqiqotlar oilaning salbiy xususiyatlari, xususan, nizolar, avtoritar yoki beqaror tarbiya uslubi,
ota - onalarning meyorsiz sevgi - etibori, bolalarning barcha moddiy ehtiyojlari va istaklarini
qondirish, ularni qiyinchiliklarning muhofaza qilish,
qo‘pollikning va jismoniy jazoning
ustunligi, ularning axloqiy buzuqligi, ichkilikka va narkotikka tutqunligi, farzandlarni ota -
onalar tomonidan emotsional inkor etilishi kabi salbiy omillarga duch kelingan.
M.A.Alemaskin barcha rang
–
barang sabablarni 5 ta psixalogik - pedagogic omillar
ajratib ko‘rsatadi :
a) ota
–
onalar va pedagogik o‘smirla
rning individual va yosh xususiyatlarni hisobga
olmaydilar,
psixalogik savodsizlik ko‘rsatadilar
;
b) oilada noaxloqiy munosabatlar va nizolarning mavjadligi, bolaga nisbatan etibirning
yo‘qligi
;
v) maktabning, asosan jamoada nizoli
munosabatlarning shakllantirgan o‘smirlarga
nisbatan qilgan xatolari;
g)referent guruhining salbiy tasiri;
d ) bo‘sh vaqtni taryibsiz va manisiz o‘tkazish
Destruktiv xulqni bolalarni tarbiyalashning nazariy P.P. Blonskiy, A.S. Makarenko,
S.T.Shaskiy tomonidan ishlab chiqilgan.
Ular aksilijtimoiy yo‘nalgan shaxsning
shakllanishiga ijtimoiy muhut katta va yetakchi tasirni ko‘rsatadi
, deb uqtiradilar .
Voyaga yetmagan jinoyatchilarning tashxis qilish va oldini olish miammosi G. A.
Avanesov, A. S. Belkiy, Yu. D. Bluvshteyn, YU.V. Gerbeev, D. M. Zyubin, K. E. Igoshev,
A.Jumaboyev, G. M.Minkovskiy, I. A. Nevskiy, G.A. Umanov, L. B. Filonov tadqiqotlarida
o‘z aksini topgan
.
B.G. Ananyev, A. A. Bodalov, L.I.Bojovich, M. G.Davletshin, A. N Leontyev,
A.V.Petrovskiy, S. L. Rubinshteyn, D. I. Feldshteyn, B. R. Qodirov tadqiqotlarida bola ongi
bilan fel
–
atvorning birligi muammosi, rivojlanishi jarayonida faoliyatning roli masalasi
keng yoritilgan.
YU.K.Babanskiy, YU. A. Deryabin, A.I. Kochetov, I.N. Minbayev, V. M. Obuxov, A.I.
Ostrovskiy,
H. Q.Yo‘ldoshov
, M. H. Fisula tadqiqotlarida jinoyatchilikning oldini olish va
tuzatish muamoaiga majmuaviy yondashuv zarurligi asoslab berilgan.
M.A.Ochilov, S. K. Annamurotov, B A. Tokareva, K.Hoshimov, E. G. Shain,
G‘
. B.
Shoumarov,
J. G‘. Yo‘ldoshov singari pedagog va psixolog tadqiqotlarida o‘
quv tarbiyaviy
jarayonni takomillashtirishning o‘quvchi uchun ijyomoiy qiymatli sifatlarning shakllanishiga
ijobiy tasiri ko‘rsatib berilgan
.
Balog‘atga yetmagan jinoyatchiligi bilan kurashish muammosiga kriminolog olimlardan
G‘.
A. Axmedov,
B.S.Zaripov, K.M.Mirzajonov,I.M.Sobirovlar katta hissa qo‘shganlar.
F.Otaboyev, G.G.Zapryagayev, M.O.Kolesnik,G.Q.To‘laganova o‘smirlarda xulqi og‘ish va
pedagogic qarovsizlikning o‘zaro aloqadorligi masalalarini tadqiq etganlar.
Z.F.Kamalet
dinovaning izlanishlarida xulqida og‘ish sezilgan yuqori sinf o‘quvchilari
motivatsion-
mazmuniy sohasining psixologik tomonlari o‘rganilgan. Bu tadqiqotda olingan
natijalar xulqida og‘ish sezilgan yuqori sinf o‘quvchilarida ikki turdagi motivatsion
-mazmuniy
tizim mavjudligi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |