Mavzu : Kar o'quvchilarning axloqiy tarbiyasini tashkil etish shakillari



Download 319,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana01.02.2023
Hajmi319,95 Kb.
#906257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
farangiz kurs ishi (1)

inson ijtimoiy mavjudotdir
, degan falsafiy 
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson 
tirik, biologik
mavjudot hamdir. Demak, 


uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir- 
biridan ajratib boimaydi. Chunki shàxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, 
turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. 
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida 
boradi. 
Shàxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga 
ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini 
bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivoilanish va tarbiya 
o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya 
bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson 
qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo`ladi. 
Faoliyat о‘zi nima? 
Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq 
o'zgartirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o‘ziga xos shaklidir. 
Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga 
ko'ra belgilanadi. Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, 
yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi 
uchun uni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Lekin ko‘p holatlarda shaxsning rivojlanishi 
uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilaming ijtimoiy mehnat, bilish 
faoliyatlari cheklangan bo‘ladi. 
0‘smir va o‘spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish va mehnat 


kiradi. Ular yo‘nalishiga ko‘ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, 
hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko‘ra tanlangan sohalardan iborat. 
Faoliyatning asosiy turi - muloqotdir. 
Faoliyat faol va passiv bo‘lishi mumkin. 0‘smir faoliyati muhit va tarbiya 
ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning 
butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o‘zini 
shaxs sifatida ko‘rsata olishi unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning 
ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi. 
Ta’lim jarayonida faollik o‘quvchiga bilimlami chuqur va mustahkam 
egallashga, o‘z qobiliyatini namoyon etishga yo‘llaydi. Bilishga boigan faollik 
o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. 
Faollik ko‘rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. 
Ehtiyojlaming xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko‘ra, 
o‘quvchining turli yosh davrlarida ulaming faoliyati turlicha bo‘ladi. Ta’lim 
muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija 
beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o‘zgarib 
turishi kerak. Insonning iitimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqivatlarining 
garovidir. Chunki har bir inson o‘z mehnati, g‘ayrati, intilishi bilangina faollashadi.
0‘qituvchi qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining 
o‘zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha 
ma’naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o‘z faoliyatini 
to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligidadir. Shuning uchun ham inson faoliyati uning 
rivojlanishi natiiasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, 
tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish 
- uning shaxslik 
imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. 
Ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik 
xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlami hisobga 
oigan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya 
ta’siri kuchli bo‘ladi. 


Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish 
uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlami bilish va 
uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi 
ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn 
Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani 
tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar. 
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir 
xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. 
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, 
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, 
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki 
ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, 
o‘qituvchi yoki tarbiyachi ulami bilishi zarur. 
Bolaning individual - o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning 
umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish 
muhim. Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari 
ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib
boimaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga 
bo‘linadi: 
-
Go‘daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha 
bo‘lgan davr. 
-
Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
-
Maktabgacha ta’lim yoshi - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
-
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar - 7-11-12 yoshgacha. 
-
0‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar) 14-15 yosh. 
-
Katta yoshdagi maktab o‘quvchilari (o‘spirinlar) 

16-18 yosh. 
Zero, 0‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da 
ham ta’kidlab o‘tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish 
tamoyillari ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim 


oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, 
madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy 
talablar hisoblanadi. 

Download 319,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish