Rustamov Ixtiyor



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana01.02.2023
Hajmi0,72 Mb.
#906254
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Virtual xotirani bloklash [print] (1)

SRAM kesh-xotira 
Xotiraning boshqalaridan farq qiluvchi turi – statik operativ xotira mavjud (Static 
RAM — SRAM). Bu nomlanishni qo‘yilishi shundaki, dinamik operativ xotira 
(DRAM) dan farqli ravishda uning tarkibini doimiy regeneratsiya qilish talab 
etilmaydi. Bu uning yagona sifati emas. SRAM dinamik operativ xotiraga nisbatan 
tezkor sanaladi va zamonaviy protsessorlar ishlovchi chastotada ishlay oladi. 
SRAM ga kirish vaqti 2 ns. dan ortiq emas; bu shuni bildiradiki bu kabi xotira 
bilan 500MGts va undan yo‘qori chastotali protsessorlar bilan sinxron ishlash 
mumkin. Har qaysi bitni saqlash ushun SRAM qurilmasi olti tranzistorli klasterdan 
foydalanadi. Tranzistorlardan qaysidir kondensatorlarsiz foydalanish regeneratsiya 
zarur emasligini bildiradi. (Demak, hech qanaqa kondensatorlar mavjud bo‘lmasa, 
u holda zaryadlar yo‘qitilmaydi.) Qachon elektr ta’minot tusha borsa, SRAM 
xotiraga saqlash kerak ekanligini tushunadi. Unda nima uchun SRAM 
mikrosxemalari butun xotira tizimida ishlatilmaydi? SRAM ni Dinamik operativ 


xotira bian taqqoslanilganda tezkorligi yo‘qori, zichligi esa past, narxi esa yo‘qori. 
Zichlik pastligi shundaki, SRAM mikrosxemalari katta gabaritlarga ega bo‘lib, 
ularning axborot sig‘imi past bo‘ladi. Ko‘p sondagi tranzistorlar va ularning 
klasterlashtirilganligi, nafaqat SRAM mikrosxemalari gabaritini oshiradi, balki 
DRAM mikrosxemalariga o‘xshash parametrlar bilan taqqoslanilganda uning 
texnomanik jarayoni narxini sezilarli darajada oshiradi. 
Masalan, DRAM moduli hajmi 128 Mbayt yoki undan ko‘p bo‘lsa, shu vaqtda 
o‘lchami taxminan unga teng SRAM moduli hajmi 2 Mbayt ni tashkil etadi va 
ularning bari bir xil bo‘ladi. Shunday qilib, SRAM gabaritlari dinamik operativ 
xotira o‘lchami 30 marta oshadi, shuningdek, bunda uning narxi haqida ham 
shunday deyish mumkin. Bularning barchasi SRAM xotira tipidagilarni shaxsiy 
kompyuterarda operativ xotra sifatida ishlatishga qarshilik qiladi. 
Shunga qaramasdan, ishlab chiquvchilar SRAM tipidagi xotirani ShK 
effektivligini oshirish uchun ishlatishadi. Ammo sezilarli darajada narxni 
oshishidan kesh-xotira sifatida unchalik katta bo‘lmagan tezkor SRAM xotirasi 
o‘rnatiladi. Kesh-xotira taktli chastotada ishlaydi, bu protsessor taktli chastotasiga 
yaqin va unga teng bo‘lib, bu xotira o‘qish va yozish protsessorlarida ishlatiladi. 
Ma’lumotlarni o‘qish jarayonida tezkopr kesh-xotira operativ xotiradan past 
tezlikda yozib oladi, ya’ni DRAM dan. Dinamik operativ xotira kirish vaqti 60 ns 
dan kichik bo‘lmasligi kerak (16 MGts taktli chastotaga mos keluvchi). Agarda 
shaxsiy kompyuter 16 MGts taktli chastotada (yoki undan past) ishlasa, kesh kerak 
bo‘lmasligi uchun DRAM tizimli plata va protsessor bilan sinxronlashtirilgan 
bo‘lishi kerak. Protsessor taktli chastotasi 16 MGts ga ko‘tarilsa, DRAM ni 
protsessor bilan sinxronlashtirish mumkin bo‘lmay qoladi, shu sababli ishlab 
chiquvchilar shaxsiy kompyuterlarda SRAM ni ishlatishni boshladilar. Bu 1986 va 
1987 yillarda, 16 va 20 MGts chastotada ishlovchi 386 protsessorli ShK paydo 
bo‘lganidan keyin boshlandi. Aynan shu shaxsiy kompyuterlarda dastlabki 
keshxotiralar ishlatildi, ya’ni protsessor bilan ma’lumotlarni almashib turuvchi 
SRAM mikrosxemalariga o‘rnatilgan tezkor bufer. Keshning tezkorligini 


protsessor tezkorligi bilan solishtirish mumkin, kesh nazoratchisi protsessorga 
ma’lumotlar talabini bilishi va tezkor kesh-xotiraga zaruriy ma'lumotlarni 
yuklaydi. U holda protsessorga beriladigan xotira manzili ma’lumotlari operativ 
xotiradan emas, balki tezkorligi birmuncha past bo‘lgan tezkor keshdan yuboriladi. 
Kesh – xotira “soddalik” miqdorini qisqartirishga va kompyuter tezkorligini 
oshirishga imkon beradi. Ma’lumotlarni protsessorda hisoblash jarayonida kutish 
vaqtini minimallashtirish uchun zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda odatda ikki 
tipdagi kesh-xotira qaraladi: birinchi darajali kesh-xotira (L1) va ikkinchi darajali 
kesh-xotira (L2). Birinchi darajali kesh-xotira ichki kesh deb ham yuritiladi; u 
protsessor mikrosxemalari qismi bo‘lib, u protsessorga quriladi. Yo‘qoridagi 
birinchi darjadagi kesh-xotira barcha 486 protsessorlari va protsessor 
mikrosxemalariga qo‘shilgan. Ikkinchi darajali kesh-xotira tashqi kesh deb ham 
yuritiladi; u protsessor mikrosxemalariga tashqi tomondan o‘rnatiladi. Dastlab u 
tizimli plataga o‘rnatiladi (386, 486, Pentium protsessorlariga asoslangan barcha 
kompyuterlar). Agar ikkinchi darajali kesh-xotira tizimli plataga o‘rnatilgan bo‘lsa, 
u holda uning chastotasida ishlaydi. Bu holatda ikkinchi darajadagi kesh-xotira 
protsessos tegishli ulanish joyiga o‘rnatiladi. 
Unumdorligini oshirish maqsadida Pentium Pro, Pentium II/III va Athlon 
protsessorlariga asoslangan keyingi kompyuterlarda ikkinchi darajadagi keshxotira 
protsessorni qismi bo‘ladi. Albatta, protsessor markaziy kristaliga nisbatan u tashqi 
deyilib, u alohida mikrosxema sifatida protsessor qobig‘i ichiga (katrijga) 
o‘rnatiladi. Shuning uchun Pentium Pro yoki Pentium II tizimli platalarida hech 
qanaqa kesh yo‘q. Keyingi rusumlar Pentium III va Athlon da ikkinchi darajadagi 
kesh-xotiralar protsessor mikrosxemalari qismi hisoblanadi (birinchi darajadagi 
kesh-xotiraga o‘xshash) va yetarlicha katta chastotada ishlaydi (protsessor 
chastotalarida, yarmi yoki uchdan biri). 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish