M uallif tanlash.
• Nashriyot - muallif shartnomasL
• Nashr turi va janrini belgilash.
•
Nashr muhokamasida ishtirok etuvchilar.
• Qayta nashrlar\ ulami chop etish.
•
Noshirlik va mualliflik huquqi.
Nashriyotning muallif bilan dastlabki ishlari deganda qo‘lyoz-
mani nashrga qabul qilish va tayyorlash jarayonidagi hamkorlik
tushuniladi. Rejada ko‘zda tutilgan mavzu va mavzu yo‘nalishiga
asoslanib nashriyot dolzarb (yaxshi) asar yaratishga qobil mual-
liflami taklif etadi. Nashriyot tushgan taklif va qo'lyozmalar (mual
liflar tashabbusi bilan nashriyotga kelganlar) ni e’tiborga oladi,
shuningdek, zarur, qayta nashr masalalarini ham unutmaydi.
24
Nashriyot muallif bilan shartnoma tuzgunga qadar u bilan
suhbatlashadi, asar yaratish rejasi bilan tanishadi, zarurat taqozo
etsa, asaming bir qismi yoki bobini taqdim etishni so‘raydi va u
bilan tanishib chiqadi.
Muallif bilan dastlabki qilinishi kerak bo‘lgan ishlar sirasiga,
nashr turi va janrini aniq belgilash, asarni o‘quvchilar (foydala-
nuvchilar) doirasini, bozor talabini aniqlash, o‘rganish ham kiradi.
Eng muhimi nashr shu tur yoki mavzui yaqin turdagi nashrlardan
nimasi bilan farqlanadi, adabiyot olamiga nima yangilik beradi,
shularni aniqlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Dastlabki ishlar mualliflar jamoasi - ilmiy tadqiqot va boshqa
muassasalar bilan ham olib boriladi, vaholanki, shular nashriyot
grifi (nashriyot orqali) v a o 'z nomidan asarlarini chiqaradilar.
Albatta, bu ishlar bir qarashda mayda-chuyda, arzimasdek
tuyulsa-da, lekin nashr jarayonida o‘ziga xos muhim jihat hisob
lanadi. Zero, nashriyotga topshiriladigan qo‘lyozmalar qanday
talablarga javob berishligi xususida “mijoz” larga ma’lumotlar
yetkaziladi.
Qo‘lyozmani nashrga tayyorlash borasidagi dastlabki ishlami
tahririyat (bo‘lim) mudiri yoki muharrir olib borishi yoki nazorat
qilishi maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, asarni nashr rejasiga
kiritishda yoki uni tahririy jihatdan tayyorlash uchun muharrirga
biriktiriladi, ana shundan boshlab u nashrga yetakchilik qiladi.
Nashr rejasining, yo‘nalishining, ayrim qism va boblarining
muhokamasida tahrir hay’ati, sho‘basi, jamoatchi muharrir,
ilmiy muassasa, tashkilot, maxsus mutaxassislar ishtirok etishlari
mumkin. Muallif talabnomasini dastlabki ко‘rib chiqish muddati
uzog‘i bilan bir-bir yarim oyni tashkil etadi. Shu muddat ichida
nashriyot mualliflarga qo‘lyozmani qabul qilish haqidagi taklifni
qabul qilishi yoki qabul qilmasligi, o‘rganib chiqishligi yoxud rad
etishligini ma’lum qiladi.
Mumtoz adabiyotlar va taijima adabiyotlami chiqarishdagi
dastlabki ishlar ham o‘ziga xos xususiyatga ega.
Mumtoz asarlami qayta nashr etish, chet tilidan asar taijima
qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqish va uni mavzuli rejaga
kiritish masalasini nashriyot mazkur asarlami o‘rganib chiqgach,
kamida ikkita taqriz olgach (taqriz ilmiy tashkilot, uyushma yoki
mutaxassisdan olinadi) yoki uyg‘unlashtiruvchi markaz (kengash)
tavsiyasiga asosan hal etadi.
Nashriyot shartnomasi muallifning nashriyot bilan kelishuv
shakli hisoblanadi, unda tomonlaming huquqiy munosabatlari
belgilab qo‘yiladi. Umuman, maqsadlar umumiyligi, tabiiyki,
munosabatlar tavsifini, uning huquqiy tomonlarinigina emas, balki
nashr jarayonlarining barcha bosqichlaridagi ijodiy hamkorlikni
ko‘zda tutadi.
Nashriyot va muallifning huquqlari, majburiyatlari, noshirlik
va mualliflik huquqlariga zid holatlar qonunchilik hujjatlarida amq
chegaralab qo‘yiladi.
Nashriyotning muallif bilan dastlabki ishlari nashriyot-tahriri-
yat ishi tavsifiga ega bo‘lsa-da, muhim ahamiyatga molik. Chunki
u muharriming kelgusida muallif bilan ijodiy hamkorligining
garovi hisoblanadi, demak, to‘laqonli asar dunyoga kelishiga sabab
bo‘ladi.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Nashriyot o‘z faoliyati muvaffaqiyatini ta’minlash uchun
kimlar va qanday tashkilot, muassasalar bilan hamkorlik o‘matishi
lozim?
2. Nashriyotlar universallashuvi haqida nima bilasiz?
3. Nashriyot va muallif o‘rtasida shartnoma tuzilgunga qadar
nimalar amalga oshirilishi kerak?
4. Qo‘lyozmani nashriyotga topshirish qanday shartlar bilan
bog‘liq?
4-§ M uharrim ing asar tarxi (rejasi) ustida ishlashi.
•
Asar tarxi ustida ishlash.
•
Reja turlari.
• Asar tarxini baholash.
• Muharrir xulosasL
• Ensiklopedik asar tarxi.
• Darslik, o ‘quvqo4lanmalar tarxi.
Nashriyotga muallif yoki mualliflar jamoasi tomonidan taqdim
etiladigan hujjatni tarh deb atash mumkin. Unda mavzu ko‘rsatiladi,
yaratilajak asar mundarijasi beriladi. Asar tarxini taqdim etish
muallif bilan shartnoma tuzishning majburiy shartlaridan hisob
lanadi. Mazkur hujjat ustida ishlash esa muharriming nashr jarayo
nining tayyorgarlik bosqichidagi muhim vazifalaridan biridir.
Tahririyat amaliyotida asar tarxining ikki turi uchraydi: birin-
chisi ijodiy talabnomalar, ikkinchisi - ayni tarhning o‘zi. Ijodiy
talabnoma - muallifning muayyan mavzu bo‘yicha kitob chiqarish
27
haqidagi nashriyotga taklifi. Bu muallif tashabbusiga ko'ra yuza-
ga keladi. Shunga ko‘ra mazkur hujjatning o‘ziga xosligi namo-
yon bo‘ladi. Mazkur hujjatda awalo, o‘ziga taalluqli ayrim
ma’lumotlami keltiradi: qaerda ishlaydi, ixtisosligi, adabiy, ilmiy
qiziqishlari, aw al qanday asarlar e’lon qilganligi, nima uchun
mazkur asarni e’lon qilish, uningcha, zarur. Yuqorida aytilganlar
ijodiy talabnomaning birinchi qismini tashkil etadi. Talabnomaning
ikkinchi qismida esa asarda to‘xtalib o‘tiladigan, o‘z yechimini
topadigan va aks ettiriladigan asosiy masalalar birma-bir ko‘rsatib
o‘tiladi.
Tarhning aynan o‘zi esa (uni ba’zan istiqboUi^reja, ba’zan
shunchaki reja deyish mumkin) muallif tomonidan nashriyotning
shakllariga ko‘ra yoki kitob (broshyura)ning qabul qilingan ijodiy
talabnomasi bo‘lajak asar mazmun mundarijasi haqida atroflicha
to‘liq ma’lumot bera oladigan taqdirda tuziladi. Albatta, bu hujjat
nashriyot talabi (taklifi)ga ko'ra tuziladi, zero nashriyot
Do'stlaringiz bilan baham: |