ma’lumotnoma, rcklama,
axboriy, adabiy-badiiy nashrlar.
Yuqoridagilardan tashqari yana nashrlami kimlarga mo‘ljal-
langanligiga ko‘ra farqlash mumkin (bolalar uchun, o‘smirlar
uchun va ko‘zi ojizlar uchun).
Nashrlami tizimlashtirish kitobshunoslardan jiddiy tadqiqot
ishlari olib borishni talab etadi. Zero, nashrlaming muhim belgilarini
aniqlash o‘ta murakkab, ko‘p ilm va mexnat talab etadi. Noshirlik
ishidagi tegishli terminlami belgilash ham mashaqqatli ishdir.
Masalan, nashr, kitob nashri, kitob, monografiya, ommaviy-siyosiy
yoki ilmiy -ommabop nashr kabi so‘z va so‘z birikmalarining ma’no
ifodasini aniq chegaralash qiyin kechmoqda. Kitobshunoslikning bu
qismini rivojlantirish ishiga bizda hali-hanuz jiddiy kirishilganicha
yo‘q.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. 1991- yilgacha 0 ‘zbekistondagi nashriyotlarning tuzilishi
qanday edi?
2. Nashriyotlar ixtisoslashuvi ijobiy holmi yoki salbiy?
3. Mamlakatimizdagi ilmiy-axboriy faoliyathaqidanimabilasiz?
4. Noshirlik ishida qanday islohotlar olib borildi va borilmoqda?
5. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan qaysi nashriyotlami
bilasiz?
6. Nashr jarayonining asosiy bosqichlari haqida nima bilasiz?
7. Hozirgi zamon nashr turlari qanday farqlanadi?
8. Davriy va davriy bo‘lmagan nashrlaming farqi nimada?
2-BOB
NASHR JARAYONIGA TAYYORGARLIK BOSQICHI
l-§. Mavzular bo‘yicha reja
•
Mavzuli reja tuzish.
• Mavzuli reja nashr jarayonining m as'uliyatli bosqichi.
• Yordamchi mavzuli rejalar.
• Istiqbolli reja.
Har qanday ishlab chiqarish va madaniyat muassasasi singari
kitob nashr etish ishi, ya’ni noshirlik ishi ham muayyan reja asosida
boradi.
Mavzuli reja nashriyotlar ishini, umuman, uning butun faoli-
yatini belgilashning asosi hisoblanadi. Shunga ko‘ra mavzuli
rejalashtirish hamisha puxtalikni talab etadi. Mavzuli rejani shartli
ravishda ikkiga ajratish mumkin. Joriy yil uchun tuzilgan va istiq
bolli. Har ikkisi ham nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi, ular
ma’lum vaqt mobaynida chiqariladi, rejada nashming qisqacha
tavsifi (annotasiya) bo'ladi, chiqarilish muddati ko‘rsatiladi.
Mavzuli reja tuzish nashr jarayonining ilk va mas’uliyatli
bosqichi hisoblanadi, bu o‘ziga xos jarayon bo‘lib, ta’bir joiz bo‘lsa,
hozirgi zamon nuqtai nazaridan uni biznes rejaga tenglashtirish
mumkin. Zero u nashriyotlar ishining muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
U kitob chiqarishda amalga oshiriladigan barcha ishlar aniq va
takomillashtirilgan bo‘lishining garovidir. Bundan tashqari, u
asossiz takrorliklar va bir xildalikning oldini oladi, moddiy-texnika
va moliyaviy imkoniyatlardan, eng zamonaviy texnoligiyalardan
tejamli foydalanishning imkonini beradi.
15
Mavzuli rejani tuzish yaxshi yo'lga qo‘yilgan taqdirdagina
(ya’ni pishiq-puxta tuzilgan biznes reja asosida) ham davlat, ham
jamiyat, ham keng auditoriya uchun dolzarb bo‘lgan nashrlarni
chiqarishga erishish mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda biz yuqorida qayd etganimizdan tashqari yana
yordamchi mavzuli rejalar ham mavjud, ya’ni istiqbolli, joriy reja-
dan tashqari tahririy-tayyorgarlik ishlari rejasi va adabiyotlaming
chiqarilish (har bir nazarda ko'zda tutilgan muddat - uch oyda,
birinchi yarim yilda, ikkinchi yarim yilda va h.) rejasi.
Istiqbolli reja asosan yaqin kelajak - 3 yoki 5 yilga mo'ljallab
tuziladi. Lekin ba’zi nashrlar borki, masalan, ko‘p jildli izohli
lug‘atlar, universal ensiklopedik nashrlar, ancha uzoq - 10-15 yil
va undan ortiq davrlarga mo‘ljallangan bo'ladi.
Istiqbol rejasidagi nashrlar ko‘p jildli hisoblanadi, tanlangan
asarlar, ilmiy ishlar, shuningdek turkum nashrlar shular jumlasi-
dandir.
Bunday nashrlar ko‘p mehnat talab nashrlar bo‘lib, mualliflar,
taijimonlar, muharrirlar va boshqalarning uzoq muddatli xizmat-
larini talab etadi.
Nashriyot kelgusida amalga oshirishi kerak bo‘lgan istiqbol
rejasi asosida joriy yil, uch oyga, yarim yilga mo‘ljallangan tahririy-
tashkiliy ishlar rejasi tuziladi. Unda nashrlar nomi ko‘rsatiladi,
ulaming chiqarilish muddati belgilab qo‘yiladi. Mazkur rejaga
ko‘ra nashriyotlar joriy hamda undan keyingi yillarda kitoblar
chiqarilishini ta’minlaydi. Nihoyat adabiyotlar chiqarish rejasi
tuziladi, u bir yil davomida chiqariladigan adabiyotlar ro‘yxatidan
iborat bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida nashriyot mavzuli rejasi talab va
takliflar, shuningdek, mualliflar buyurtmasi asosida tuziladi.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Mavzuli reja nima va u qanday tuziladi ?
2. Mavzuli rejadan tashqari yana qanday rejalar bor ?
3. Yordamchi mavzuli reja nima uchun kerak?
4. Istiqbolli reja nima uchun tuziladi?
2-§ Mavzuli reja tuzishda m uharrim ing ishtiroki.
•
Mavzuli reja tuzishda ishtirok etuvchilar.
• Mavzuning dolzarbligu
•
Ijtimoiy zarurat va mavzuli reja.
•
Nashrlarda maqsadga muvofiqlik.
• 0 ‘quv adabiyotlari nashru
• Nashrning chiqish muddatini belgilash.
• Nashriyotning ilmiy-ijodiy muassasalar bilan hamkorligu
• Mavzuli reja tuzishda muharrir mas’uliyati
Tabiiyki, mavzuli reja tuzish murakkab ijodiy jarayondir. Mazkur
jarayonda muharrir muhim o‘rin egallaydi. Mavzuli reja tuzishdek
mas’uliyatli vazifani uddalash uchun muharrir rejaga kiritishga
mavzulami tanlay bilishi, mualliflar orasidan belgilangan mavzuni
chuqur yoritib bera oladigan, ilmiy salohiyati, ijodiy qobiliyati
yuksak bo‘lganlarini tanlab olishi, rejaning bajarilishi ustidan
nazorat qilishi va nashriyot oldiga qo^ilgan^aztlaJbyjarilishining
uddasidan chiqishi lozim.
Awalo, shuni aytish joizki, kitob qanday muvaffaqiyat qozonishi
tanlangan mavzuning qanchalik dolzarbligiga bog‘liq. Tom ma’ no-
da mutaxassisona bajarilgan ish ham, agar dolzarblik kasb etmagan,
jamiyat hayotidan uzoq, ijtimoiy qimmati past bo‘lsa, e’tiborsiz
qolishi, talabgorsiz asar bo‘lib qolishi ehtimoldan yiroq emas.
Keng ma’noda oladigan bo‘lsak, faqat adabiy asar mavzusigina
emas, balki vaqtli matbuot - gazeta, jumallar, radioeshitirishlar,
teleko‘rsatuvlaming mavzulari ham puxta tanlanishi kerak. Aks
holda ular auditoriya talabgorligidan mahrum bo‘ladi. Shunga
ko‘ra har bir mavzu, u e’lon qilish uchun mo‘ljallangan ekan, puxta
tanlanishi, xalqimiz iborasi bilan aytganda, etti o‘lchab bir kesilishi
lozim. Mavzu haqiqatan ham xoh pragmatik, xoh istiqbolli bo‘lsin,
jamiyat uchun muhimmi yoki yo‘qmi ekanligini har bir muharrir
reja tuzishda bosh mezon qilib olishi kerak.
Mavzuning dolzarbligi asaming ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy,
ilmiy, iqtisodiy, madaniy hamda -tarbiyaviy ahamiyatiga ko‘ra
belgilanadi. Dolzarblikni bunl^belgilash hali to‘laqonli ta’rif deb
bo‘lmaydi. Garchi yuqoridagi ta’rif va tavsiflar uyg‘unligi, izoh
talab qilmasa-da, bari bir nisbiy hisoblanadi. Madaniy at va xalq
xo'jaligi sohasining ko‘lami masalani har doim ham to‘liq qamrab
ololmaslik mumkinligini eslatib turadi. Shuning uchun muammoni
madaniy, xalq xo‘jaligi yoki ilmiy ahamiyatga ko‘ra ko‘lami bir
qarashda tuyulganidek aniq-tiniq bo‘lavermaydi.
“Dolzarblik tushunchasi”ning o‘zi, ma’lumki, ancha mtttakkab.
To‘g‘ri, dolzarblik tushunchasi ko‘p hollarda “zamonaviy” degan
tushunchaga to‘g‘ri keladi yohud yaqinlashadi. Masalan, tariximiz,
buyuk ajdodlarimiz xususidagi mavzular bugungi kunda biz uchun,
shubhasiz, dolzarbdir. Lekin shu bilan birga buyuk tariximiz bilan
cheksiz faxrlanganimiz holda buyuk kelajakni ham barpo qilish
к am dolzarb emas.
Xo‘sh, aytingchi, mustaqillikka erishish arafasidagi, mustaqiU
ligimiz e’lon qilingandan keyingi ilk yillar haqida bugun qanch^
va nimalami bilamiz. Hali bilmaganlarimiz qancha, ulami bilish
dolzarb emasmi?!
Yosh avlodning tarbiyasi, ta’lim yo‘lida davlatimiz tomonidarj
amalga oshirilayotgan ishlar, yuksak ma’naviyat yengilmas kuch
ekanligini jamiyatimizning har bir a’zosi ongiga singdirish uchun
bo'lgan, bo‘layotgan harakatlar-chi, dolzarb emasmi?
Buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Temuix
Do'stlaringiz bilan baham: |