46
IV BOB. AKSIYALAR BOZORI
4.1. Aksiyalarning qo
ʻ
llanishi va aksiyalar
bozori o
ʻ
ziga xos xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisi-
dagi qonunda belgilanishicha, aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik ja-
miyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik
jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin
qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi,
amal
qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan
emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga
boʻlinadi.
Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida
oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik
jamiyati tugutilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini
beruvchi qimmatli qogʻoz. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida
aksiyador yoki uning vakolatchisi ishtirok etishi mumkin.
Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega:
–
ovoz berish huquqi yoki korporativ
tuzilmani boshqarishda
ishtirok etish. Oddiy aksiyalar egalariga aksiyadorlarning yillik
umumiy yigʻilishlarida va korporativ tuzilma faoliyatiga doir muhim
qarorlar qabul qilishda
ishtirok etish huquqini beradi;
–
korporativ tuzilma daromadlarida qatnashish yoki dividendlar
olish huquqi. Dividend bu korporativ tuzilma daromadlarining qismi
boʻlib, aksiyalar soniga qarab aksiyadolarga taqsimlanadi.
Oddiy
aksiyalar boʻyicha dividendlar barcha soliqlar, kreditorlik
majburiyatlar, obligatsiya boʻyicha foizlar
va imtiyozli aksiyalar
boʻyicha dividendlar toʻlangandan keyin toʻlanadi;
–
yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif
etishdan oldin sotib olish huquqi afzalliklari. Bu huquqning afzalligi
yangi emissiya qilingan aksiyalarni sotib
olgan yangi aksiyadorlar
oldida ularning ulushini himoya qilishdadir. Bunday huquq ayniqsa
47
nazorat hamda yirik paket aksiyalar egalari uchun muhimdir. Ushbu
huquqdan foydalangan holda aksiyadorlar oʻzlarining
kompaniyadagi
ulushi miqdorida aksiyalarni sotib olishlari mumkin. Huquq afzalligi
yana yangi aksiyalar ochiq bozorga chiqmasidan oldin nominal yoki
bozor bahosidan arzon narxda aksiyador
tomonidan xarid qilinishi
mumkin. Buning natijasida bunday afzaliy huquq oldi sotdi obyekti
boʻlishi mumkin;
–
korporativ tuzilma tugatilishida mulk qismidan ulush olish
huquqi. Kompaniyaning tugatilishi – bu kompaniya oʻz
faoliyatini
toʻxtatishi, barcha kreditorlar bilan qarzdorliklarni hisob kitob qilishi,
qolgan mulkni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlashi va boshqalar.
Ovoz huquqi – oddiy aksiya egalari uchun muhim xususiyat.
Ammo xorijiy kompaniya oddiy aksiyalarini sotib olayotganda shunga
eʼtibor
berish
lozimki,
oddiy
aksiyalarni
chiqarayotganda
kompaniyalar investorlarning ovoz huquqini cheklovchi yoki umuman
rad etuvchi aksiyalarni ham emissiya qilishi mumkin. Aksincha, bunga
qarshi koʻp ovozli, yaʼni bitta aksiya egasiga bir nechta ovoz huquqini
beruvchi aksiyalar ham chiqarilishi mumkin (ayniqsa, chet el kapitali
ishtirokidagi kompaniyalarda).
Umumiy holda aksiyadorlar huquqlariga quyidagilarni kiritish
mumkin (4.1-rasm).
4.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: