15.2. 1920-1930-yillar davomida iqtisodiyot fani umumiy tavsifi
Umuman olganda, mazkur davrda iqtisodiyot fani rivojlanishining birinchi
navbatda marjinalistik yo`nalishni faol kengayishi bilan bog`liq bo`lib, u 1930-
yillarning o`rtalarigacha, asosan neomumtoz ko`rinishga ega edi. Mazkur maktab
doirasida, zamonaviy iqtisodiyot fani asosini makroiqtisodiy nazariya variantini
shakllanishi tugadi. Kapital (pul) nazariyasi o`zgarib, foydalilikni belgilashga
nisbatan ordinalistik yondashuv tasdiqlandi, talab nazariyasi modernizatsiyasi
amalga oshdi. Neomumtoz nazariya iqtisodiy tizim o`zgarishi ta`sirida o`zgarib, bu
haqda yuqorida ham aytib o`tgan edik. Xususan, neomumtoz nazariya doirasida
yuz bergan muhim o`zgarishlardan biri, bozorda to`liq raqobatchilik modeli qayta
ko`rib chiqilishi bo`ldi. Mazkur model`, individlar ratsional harakatlari, to`liq
informatsiyaning mavjudligi, mahsulot o`xshashi, bozor qatnashchilari tomonidan
hukmronlik mavjud emasligini ko`zda tutar edi. Mazkur printsiplardan barchasi,
asta - sekinlik bilan asr boshi iqtisodiy reallikka muvofiqsizlik sababli qayta ko`rib
chiqildi. 1930-yillar davomida, birinchi tizimli monopolistik bozor nazariyalari
yuzaga keldi. Garchi, bir yoki cheklangan miqdordagi sotuvchilarni ko`zda
tutuvchi bozor modeli oldinroq ko`rib chiqilgan bo`lsa ham (bunday holatni hattoki
Aristotel` asarlarida ham topish mumkin), aynan XX asr boshida, monopolistik
bozor erkin raqobatchilik holatidan-da ko`ra ko`proq uchraydigan hodisa sifatida
talqin etila boshlandi. Yangi muammo rivojlanish tadqiqotiga katta hissani,
amerikalik iqtisodchi E. Chemberlin va ingliz iqtisodchisi Dj. Robinson qo`shdi.
Bunday
sharoitlarda,
bozorning
tizim
sifatidagi
mexanistik
interpretatsiyasidan voz kechilib, u alohida namoyandalar istagiga bog`liq emasligi
isbotlandi. Monopolistik raqobatchilik modeli, yirik tadbirkorlar tomonidan bozor
mexanizmi boshqarilishi imkoniyatini ko`zda tutar edi. Demak, insonlar harakatlari
bilan iqtisodiyot, bozor mexanizmi, yoki «ko`rinmas qo`llar» emas, balki bozorni
insonlar shaxsiy manfaatlari yo`lida boshqarishlari isbotlandi.
Inson omiliga ham bundan buyon katta e`tibor berila boshlandi. Birinchi
navbatda, bu holat, tadbirkorlikning turli kontseptsiyalarini rivojlanishi bilan
bog`liq bo`lib, ularning doirasida inson iqtisodiy harakatlari noaniqlik sharoitidagi
harakatlar deb ko`rib chiqildi. Bu harakatlar ratsional hisob - kitobga emas,
131
intuitsiyaga asoslanishi ta`kidlandi (Dj. M. Keyns, F. Nayt, Y.Shumpeter). Shuni
ham aytib o`tish joizki, inson harakatlari tabiatiga nisbatan bunday qarashlar ko`p
jihatdan XX asr boshida yuzaga kelgan yangi falsafiy oqimlar, hayot falsafasi,
ekzistentsializm g`oyalariga o`xshash bo`lib, umuman olganda, inson harakati va
hayot ratsionalligiga nisbatan boshqacha qarashlar davriga xos edi.
Balanslashtirilgan bozor iqtisodiyoti haqidagi tezis ham tanqid ostiga olindi.
Bozor, resurslar optimal taqsimlanishini ta`minlashi haqidagi mumtoz fikr ham,
xususan 1920-yillarda xususan, «jamoatchilik ravnaqi» nazariyasi doirasida qayta
ko`rib chiqildi. Mazkur nazariya, bozor qulashlarini tadqiq etib, ular natijasida
mo„ayyan tovarlarning kam ishlab chiqarilishi yoki aksincha, keragidan ko`proq
ishlab chiqarilishi ta`kidlandi. Mazkur nazariya xulosasi, bozor mexanizmlari
kamchiliklarini kompensatsiya etish maqsadida, davlat aralashuvi haqidagi
talablari bo`ldi.
Iqtisodiy muvozanatga nisbatan ishonchga qarshi jiddiy argument sifatida,
1929-1933-yillar davomida yuz bergan buyuk depressiya bo`ldi. YUzaga kelgan
chuqur inqiroz, doimiysiz ijtimoiy tizim chuqur depressiv holatga tushib qolishi
mumkinligini ko`rsatdi. Neomumtoz nazariya, iqtisodiy depressiyalar imkoni
mavjudligini tan olar edi, zero, iqtisodiyotga siklik o`zgarishlar xos ekanligini
ta`kidlar edi. Ammo, u avtomatik ravishda muvozanat holatiga keluvchi mexanizm
bozor tizimi balanslashtirilishi printsipiga asoslangan edi. Buyuk depressiyani
ko`rsatishicha, muvozanatga qaytish mexanizmi doimo ham harakatda emas ekan.
Bu holat qator iqtisodchilarni iqtisodiyotda muvozanatni o`rnatishga halaqit
beruvchi omillarni qidirib topishga, hamda mazkur omillar faoliyatiga qarshilik
qilish imkoniyatini beruvchi davlat siyosati choralarini ishlab chiqarishga majbur
qildi.
1920-1930-yillar iqtisodiy adabiyotlarining o`ziga xos xususiyati, bandlik
muammosiga nisbatan alohida e`tibor edi. Ko`pchilik iqtisodchilar, ishsizlik
hodisasiga tushuntirish berish va mazkur muammoni echish bo`yicha choralarni
belgilash zarur deb hisoblashgan (A. Pigu, E. Chemberlin, Dj. Robinson, Dj.
Keyns, Dj. Xiks va boshqalar).
Bundan – da ko`proq e`tibor, iqtisodiy dinamika muammolariga ham
qaratilgan.
Ko`pchilik
iqtisodchilar,
iqtisodiy
sikllar
tadqiqoti
bilan
Shug`ullanishgan (neoavstriya maktabi, stokgol`m maktabi, neomumtoza).
Iqtisodiy tahlilning Yangi sohasi, iqtisodiy o`sish masalalari bo`ldi. Uning ilk
nazariyalari XX asrning 20-yillarida shakllanib, birinchi bosqichda o`ziga nisbatan
katta e`tiborni tortmagan. Nima bo`lganida ham, ular iqtisodiy o`sish kelgusi
kontseptsiyalari
asoslarini
yaratib,
ham
keynchalik,
ham
neomumtoz
kontseptsiyalariga ta`sir etdi. Bunda so`z, avvalambor rus iqtisodchilari V.
132
Bazarov, G. Fel`dman va N. Kondrat`ev amerikalik matematik iqtisodchilar S. P.
Remsey (1903-1930) va Dj. Fon Neyman (1903-1957) haqida ketadi.
Marjinalizm maktabi doirasida yangi maktablar yuzaga keladi. Ulardan biri,
XIX asrning boshida shakllangan Stokgol`m maktabidir. Mazkur maktabning
yorqin namoyandalaridan Knut Viksel` va Erik Lindal`ni tilga olish mumkin.
Shved iqtisodchilari tomonidan, qator g`oyalar ilgari surilib, keyinchalik ular
neomumtoz nazariyaning ko`plab qonuniyatlarini o`zgartirdi. Mazkur maktabning
yangi g`oyalaridan biri, iqtisodiyot agentlar va bozorlardagi muvozanat
shartlarining ratsional printsiplarini qayta ko`rish bo`ldi. Ular tomonidan kutish
nazariyalari ishlab chiqarilib, mazkur nazariyaga muvofiq tadbirkorlar qaror qabul
qilishda
real
iqtisodiy
ko`rsatkichlardan
emas,
prognozlashtirilgan
ko`rsatkichlardan chiqib kelishlari g`oyasi ilgari surilgan. Umaman olganda, vaqt
omili, mazkur maktab iqtisodchilari tomonidan faol ravishda hisobga olinib,
buning oqibatida tahlil dinamik ko`rinishga ega bo`ldi. Ular, vaqtinchalik va
vaqtlararo muvozanat tushunchalarini kiritishdi. Iqtisodiy harakatning bunday
Yangi tushunilishi asosida, harakat noaniqligi printsipi ilgari surilib, u
prognozlashtirilgan va haqiqatdagi kattaliklar orasidagi farq yuzaga kelishi sababli,
bozor mexanizm muvozanati harakati murakkablashishi yotadi.
Muvozanatning buzilishini yana bir sababini Shved iqtisodchilari pul omili
bilan bog`lashgan. Ular, mablag` neytralligi haqidagi mumtoz tezisni tanqid
qilishib, ularning fikricha birinchi navbatda nominal iqtisodiy ko`rsatkichlar
mavjudligi real ko`rsatkichlar bilan mos tushmasligi sababli, bozor axborotini
buzishi, demakki, iqtisodiy agentlar harakatlarini dezorientatsiya etishi
mumkinligini ta`kidlab o`tishgan. Xususan bozor rivojlanish qonuniyatlarini
buzilishini ta`kidlashgan. Mazkur qonuniyat, talab va taklif tengligini ilgari surib,
faqatgina barter iqtisodiyoti doirasida faoliyat yuritishi mumkin. Mablag`ning
paydo bo`lishi esa, daromadlarning bir qismini tejab, uning iste`mol qilishga
yo`naltirmasligiga olib keladi, demakki muvozanat buziladi.
Stokgol`m maktabining iqtisodiyot fanini rivojlanishiga qo`shgan yana bir
muhim hissasi, jamoatchilik daromadi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
zaruriyatini, siklik to`lqinlarni nazorat etish, tahlil usullarini ishlab chiqarish
bo`ldi. 1930-yillar o`rtasiga kelib, yana bir keng tan olingan maktab paydo bo`ldi.
Bu maktab, keyinchalik keynschilik maktabi nomini olgan. Uning asosida, ingliz
iqtisodchisi Dj. M. Keyns nazariyasi yotadi. Mazkur maktab, neomumtozlarning
qator qonuniyatlarini tanqid qilgan holda, marjinalistik yo`nalish doirasida qolgan.
bundan tashqari, keynschilik paydo bo`lishi bilan marjinalizm doirasida ham
muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. Mikroiqtisodiy yondashuvni qo`llagan
neomumtozlardan
farqli
o`laroq,
mazkur
maktab,
Yangi
tahlil
turi,
makroiqtisodiyot
tahlilini
shakllantirdi.
Garchi
neomumtoza
doirasida
133
makroiqtisodiy tavsifga ega bo`lgan masalalar ko`tarilgan bo`lgan bo`lsa ham
(optimum nazariyasi, umumiy tenglik nazariyasi va boshqalar), bu holat mazkur
maktab doirasida mikroyondashuv mavjudligiga ta`sir ko`rsatmadi. Keyns va
uning tarafdorlari printsipial ravishda tadqiqot usulini o`zgartirishdi. Ular
agregatsiyalangan ko`rsatkichlarni qo`llagan holda tadqiqotlarni yuritishar ekan,
ommaviy talab va ommaviy daromad tushunchalarini qo`llashgan.
Marjinalizmga parallel ravishda institutsional yo`nalish ham to`liq
shakllanib, u tarixiy maktab metodologik yondashuvlarini rivojlantira boshladi.
XX asrning boshida, mazkur yo`nalish birinchi navbatda Germaniya eng Yangi
tarixiy maktabida (V. Zombart, M. Veber) va amerika institutsionalizmi (T.
Veblen, U. Mitchell, Dj. Kommens, 1930-yillarga kelib G. Minz, A. Berl`)
asarlarida
namoyon
bo`ldi.
Aynan
Shu
davrda,
(ya`ni
1918-yilda)
“institutsionalizm” atamasi kiritildi. Mazkur yo`nalish metodologiyasida ham,
muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. Xususan, eng Yangi tarixiy maktab, bundan
oldingi oqimlardan farqli o`laroq (Qadimgi va Yangi tarix maktablari), abstrakt
usullar, empirik ma`lumotlar unifikatsiyasi usullari, ularni umumlashtirish
usullariga alohida ahamiyat bergan. «Iqtisodiy tizim» (V. Zombart), «Xo`jalik
yuritish ideal turlari» (M. Veber) kontseptual tushunchalari kiritilib, ular tarixiy
usullarga tahliliy tavsif bera boshladi. Amerika iqtisodchilari institut tushunchasini
ishlab chiqarishni boshlashdi. XIX asr tarixiy maktabidan farqli o`laroq, XX asr
institutsionalistlarni, ularni tadqiq etish lozimligi g`oyasini ilgari surishdi.
Institutsionalizm doirasida tarixiy usul pozitsiyalaridan marjinalistik yo`nalish
tanqidi rivojlanishni davom ettirdi.
Iqtisodiy tizim muvozanati printsiplari, davlatning aralashmasligi, inson
harakatlari motivlari tor interpretatsiyasi tanqid qilindi. Institutsionalistlar iqtisodiy
tahlil qator Yangi yo`nalishlari asoslarini yaratib berishib, bular doirasiga harakat
nazariyasi, iqtisodiy tashkiliylik nazariyasi, menedjerlar inqilobi va boshqalar
kiritildi. 1930-yillarda, yosh institutsionalistlar (G. Minz, A. Berl`) paydo
bo`lishib, ular yirik korporatsiyalar doirasida turli guruhlar harakatlari motiv va
turlari tadqiqoti bilan Shug`ullanishgan.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, 1930-yillarda institutsionalistlar katta e`tiborni
siyosiy - iqtisodiyot masalalariga ham ajratishib, xususan Ruzvel`tning Yangi kursi
ishlab chiqarilishida faol ishtirok etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |