B. Taklif narxi.
Marshallning fikricha, ishlab chiqarishning maksimal
darajadagi xarajatlari bilan belgilanadi. Bu, past darajadagi xarajatlar bo`lib, ular
maksimal darajadagi daromadlarni belgilab beradi. Xarajatlar pasayishi, ishlab
chiqarish hajmi oshishi bilan yuz berib, buning oqibatida, xarajatlar tuzilishi
o`zgaradi. Marshall barcha xarajatlarni doimiy (ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan
o`zgarmaydigan), va o`zgaruvchan turlarga bo`ladi. Ishlab chiqarish hajmi oshishi
bilan doimiy xarajatlarning mahsulot birligiga nisbatan miqdori pasayib boradi.
Ammo, doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar mutanosibligi o`zgarishi ham o`z
cheklovlariga ega. Mazkur cheklov, ishlab chiqarish optimal hajmiga erishishni
bildirib, bunda xarajatlar minimal darajada, daromadlar esa maksimal darajada
bo`ladi.
Xarajatlar pasaytirilishining boshqa yo`li, ishlab chiqarish omillarining
optimal tuzilishini topish bo`lib, bu holat har - bir omil tomonidan ishlab chiqarish
optimal darajasiga erishilgan taqdirda aniqlanishi mumkin. Bunda, Gossen
tomonidan ilgari surilgan iste`mol predmetlari optimal miqdori borasidagi ikkinchi
qonuniyatlar g`oyasi nazarda tutiladi.
Ishlab chiqarish omillari ishlab - chiqarish darajasi g`oyasi ishlab
chiqarilishiga qator iqtisodchilar hissa qo`shgan bo`lishib, ular orasida ayniqsa
Tyunen tilga olinishi zarur. Mazkur g`oya Marshall g`oyalari asosida ham yotgan,
ammo, g`oyaning to`liq rivojlanishi faqatgina Klark asarlarida kuzatiladi. Aynan
Klark tomonidan Yangi tahliliy vazifa, ishlab chiqarish omillari qo`llaydigan
ogptimal hajm aniqlanishi imkoniyatini beradigan nazariyani yaratish bo`lgan.
Mazkur nazariya asosida, ishlab - chiqarish istalgan omili maksimal ishlab
chiqarish darajasi pasayishi printsipi yotadi. Masalan, ishlab chiqarish qolgan
omillari o`zgarishsiz qolish sharti bilan har - bir qabul qilingan qo`shimcha ishchi,
korxona egasiga kamroq daromad olib keladi. Mazkur daromaddan, maosh to`lanib
qolgan mablag` tadbirkor daromadini tashkil etadi.
Xuddi shu kabi fikrlar ishlab chiqarishning har bir omiliga nisbatan ham
qo`llaniladi. Bunda tuzilmaning eng optimal ko`rinishi omil maksimal birligi,
mazkur omilning bozordagi narxiga teng bo`lishidir. Shuni ta`kidlab o`tish joizki,
Klark fikriga ko`ra dinamika sharoitlarida, pasayib borayotgan ishlab chiqarish
qonuniyatlari sharotida, omillar yumshab boradi. U texnik progress asosida
tuzatiladi, chunki aynan texnik progress barcha omillarning ishlab chiqarilishi
o`sishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |