VI.2. Individual darajada hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini
shakllantirish chora-tadbirlari
Individual
darajada
hayot
faoliyati
xavfsizligi
madaniyatini
shakllantirishning perspektiv chora-tadbirlari quyidagilardir:
- individual darajadagi HFXM shakllantirish obektlari klassifikatsiyalarini
takomillashtirish, ularning asosiy sifat va xossalarini asoslash;
- ushbu sifat va xossalarga ta‘sir etishning turli uslub va vositalarini
amaliyligini baholash, individual darajadagi HFXM shakllantirish bo‗yicha
chora-tadbirlarning tarkibini ratsional (samaradorligi va kamharjligi nuqtai
nazaridan) asoslash;
- aholini individual qadriyatlari yo‗nalishini baholash bo‗yicha ijtimoiy
izlanishlarni olib borish, hayot faoliyati xavfsizligi borasida yuksak maqsadlar
va qadriyatlarni shakllantirish bo‗yicha takliflarni ishlab chiqish;
- hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash holati bo‗yicha g‗ayrat, iroda,
emotsional muhit va qobiliyatning rivojlanishni ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab
chiqish;
152
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasida ilmiy-uslubiy, ruhiy tarbiyachiik
asoslarini, shu jumladan, oilaviy tarbiyani, yoshi katta odamlarni hayot tajribasi
borasidagi yutuqlardan foydalanib, rivojlantirish va diniy-ahloqiy, hamda ish
jarayonidagi murabbiylarni tarbiyalash;
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasida o‗z-o‗zini tarbiyalash va bilimini
oshirish bo‗yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish.
―Ta‘lim to‗g‗risidagi Milliy Dastur‖ miqyosida:
- havfsiz turdagi shaxsning sifat va xossalarni aniqlash va sonli
parametrlash bo‗yicha ilmiy izlanishlar olib borish;
- havfsiz turdagi shaxsni shakllantirish bo‗yicha tarbiyachiik faoliyat
modellarini yaratish, ruhiy tarbiyachiik texnologiyalarni shakllantirish;
- havfsiz turdagi shaxsni rivojlantirish bo‗yicha darsdan tashqari ishlarni
amalga oshirish markazlarini bunyod etish, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida
innovatsion bilim dasturlarini ilmiy muassasalarda tatbiq etishni rag‗batlantirish
mexanizmini yaratish;
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasini o‗quv darsliklari va qo‗llanmalaridagi
tarbiyaga taalluqli qismlari kamu-ko‗stini ishlash;
- havfsiz turdagi shaxs xususiyatlarini rivojlanish darajasini baholash
bo‗yicha maxsus ruhiy testlar, hayot faoliyati xavfsizligi nuqtai nazaridan
shaxsning qadriyatli-muammoli ustamalarini baholash bo‗yicha maxsus ruhiy
testlar ishlab chiqish;
- yangi uslub va o‗qitish uslubiyatini, ilg‗or axborot - o‗qitish
texnologiyalarini, o‗qish jarayonida multimediyaviy darsliklar, kompyuterli
o‗rgatuvchi va o‗yin dasturlarini, ilg‗or bilim shakllarini faol tatbiq etishni, shu
jumladan, masofadan o‗qitish tizimini, keltirilgan o‗qitish shakllari va
usullarini yaratish, bu o‗qitish shakllari va usullarni egallash maqsadida
tarbiyachi personallarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
- o‗quv–moddiy bazaning rivojlanish darajasini oshirish, maxsus va
kompleks o‗quv shaharchalarini, o‗quv sinflarini, binolarni yaratish, zamonaviy
o‗quv -texnik vositalarni, o‗quv axborotini aks ettiruvchi, maxsus (shu
153
jumladan, virtual) audiovizual vositalarni amaliyotga tatbiq qilish;
- turli aholi guruhlari uchun maxsus darsliklar va o‗quv vositalarini ishlab
chiqish;
- tarbiyachiik mahoratni oshirish, o‗qituvchilar, o‗quv muassasalar
faoliyatini takomillashtirish, o‗quv strukturasining yanada ratsional
tashkillashtirishni qidirish va tanlash;
- turli aholi guruhlarini o‗qitish, shu jumladan, havfli va favqulotda
vaziyatlarda bilim va ko‗nikmalar darajasini baholash jarayonida, kriterial
apparatni va baholash usulini rivojlantirish, jarohatlar o‗chog‗ida, FV zonasida
o‗quv sharoitini real sharoitga mos kelishini qayd qiluvchi koeffitsiyentlar
tizimini ishlab chiqish;
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasida o‗quv obektlarning ratsional
jihozlanishini, darsliklar, kompyuterli o‗quv dasturlar, plakatlarning tarkibi va
mazmunini asoslash bo‗yicha ilmiy yondashuvni yaratish;
- barcha aholi guruhlari uchun havfli va favqulotda vaziyatlardan
muhofazalanishning usul va yo‗llarini yaratish maqsadida meyorlar
kompleksini ishlab chiqish va ishga tushirish;
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasida tarbiyachiik personallarni tayyorlash
tizimini ishlab chiqish, HFX fanidan tarbiyachilar, o‗qituvchilar tayyorlashning
yangi texnologiyalarini yaratish;
- HFX asoslari, HFX fanidan tashkilotchi -tarbiyachilar, o‗qituvchilar
nufuzini oshirish, mohir tarbiyachilarni aniqlash, qo‗llab-quvvatlash va
rag‗batlantirish, ularning tarbiyachiik mohirligini oshirish;
- HFX asoslari, HFX fanidan ilg‗or tajribani aniqlash va tarqatish, HFX
asoslari, HFX fanining statusini ko‗tarish;
- favqulotda vaziyatlar va fuqaro muxofazasi, yong‗in xavfsizligi, sog‗lom
turmush tarzi, hamda insonni atrof-muhit bilan xavfsiz o‗zaro munosabatlarini
ta‘minlash masalalari bo‗yicha o‗quvchi va talabalar bilimi sifatini oshirish;
- ―HFX asoslari‖ va ―HFX‖ kurslari bo‗yicha konkurslar tizimini
rivojlantirish;
154
- ―Yosh o‗t o‗chiruvchilar‖, ―Yosh qutqaruvchi‖ kabi tizimlarni
rivojlantirish;
- haftasiga 1 soatlik dars sifatida o‗qitishni 5 dan 11 sinflarda HFX asoslari
fanini respublika miqyosida Davlat ta‘lim standartiga kiritish;
- fuqaro muhofazasi guruhiga kirmagan, hamda qishloqda ishlamaydigan
aholini
tayyorlash
uchun
o‗quv-konsultativ
punktlarni
yaratish
va
rivojlantirishni ilmiy- uslubiy kuzatish;
- hayot faoliyatini dalilli xavfsiz bo‗lishini shakllanishi ilmiy- uslubi
asosini yaratish;
- turli aholi kategoriyalarida hayot faoliyatini dalilli xavfsiz shakllanishi
bo‗yicha eksperimental izlanishlar olib borish;
- turli aholi kategoriyalarida hayot faoliyatini dalilli xavfsiz shakllanishi
bo‗yicha tarbiyachi xodimlarga uslubiy ko‗rsatmalar ishlab chiqish;
- zamonaviy sharoitlarni e‘tiborga olgan xolda hayot faoliyati xavfsizligi
sohasi bo‗yicha bilimlarni tashviqot qilishning ilmiy uslubiy asoslarini yaratish;
- FV oldini olish va bartaraf qilishda ishtirok etgan harbiylar,
qutqaruvchilar, qahramonona faoliyat ko‗rsatgan fuqarolarga bag‗ishlab
kinofilmlar, turkum kitoblar, spektakl va konsertlar o‗tkazish;
- hayot faoliyati xavfsizligi timsolini aks ettiruvchi marka, belgi, otkritka,
suvenir mahsulotlar, vimpellarni, ko‗rgazmali vositalarni yaratish va ishlab
chiqish;
- hayot faoliyatni xavfsizligini ta‘minlashga atalgan video va audiokassetalar
yaratish va ishlab chiqish;
-individual chetlash vositalaridan foydalanib, madaniy- informatsion ta‘sir
etish texnologiyalarini ishlab chiqish;
- HFXM shakllantirish borasida aholiga hizmat ko‗rsatish darajasini
baholashga ko‗rsatkichlar tizimini, shkalalarini, uslubiy yondashuvlarni ishlab
chiqish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |