116
jismoniy shaxslar orasida sug‗urtalashni quyidagi turlari keng tarqalgan:
- OSAGO (Grajdanlik avtojavobgarligini majburiy sug‗urtalash);
- avtosug‗urtalash CASCO (transport vositasini olib qochish va zarar
keltirishdan sug‗urtalash);
- mol-mulk sug‗urtasi (xonadon, dala hovli, kottedjlarni va ulardagi mol-
mulkni sug‗urtalash);
- KTS (Ko‗ngilli tibbiy sug‗urtalash);
- SS (sayyoxlarni sug‗urtalash).
OSAGO bo‗yicha qonunni amalga oshirish natijasida barcha yo‗l-
transport harakati qatnashchilari hayotiga, sog‗lig‗iga, mol-mulkiga keltirilgan
zararni qoplash kafolatini tizimi shakllanadi.
Ko‗ngilli tibbiy sug‗urtalash – sug‗urtalashning eng keng tarqalgan turidir.
Korxonalarning o‗z xodimlari haqida g‗amxo‗rlik qilish – uning korporativ
madaniyatini yuqori darajadaligining ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, tashkilotning
hamkorlari oldida ham, keng jamoatchilik oldida ham obro‗sini
shakllantirishni
asosiy faktori hisoblanadi.
Baxtsiz hodisalardan va kasallanishdan sug‗urtalash shaxsiy sug‗urtalashni
jamlanma turi bo‗lib, belgilangan miqdordagi mablag‗larning bir qismini yoki
to‗laligicha qo‗shimcha harajatlarini sug‗urtalanganning sug‗urta vaqti kelishi
tufayli qoplashni ko‗zda tutadi (bunda ikkala turdagi to‗lovlarni amalga oshirish
mumkin). Baxtsiz hodisalardan va kasallanishlardan sug‗urtalashning
muhimligi kam bo‗lmagan ijtimoiy paketini ish beruvchi xodimlarga taqdim
etadi. Sug‗urtaviy muxofazalash xodimlarning kasbiy faoliyati kuchaygan
tavakkal bilan bog‗liq xolatlarda ayniqsa zarurdir. Korxona xodimlarini ishlash
qobiliyatini yo‗qolishiga, ba‘zi xollarda o‗limga
olib keluvchi kutilmagan
noxush oqibatlar bo‗lgan portlashlar, yong‗inlar, texnika nosozligi, ba‘zi
predmetlarni tushib ketishi, boshqa ko‗plab kutilmagan voqealar sabab bo‗ladi.
Baxtsiz hodisalardan sug‗urtalash ishchi va uning oilasini baxtsiz hodisa
ro‗y berganda moddiy ko‗maklashish kafili hisoblanadi. Baxtsiz hodisalardan
sug‗urtalash xodim tomonidan nafaqat mehnat shartnoma bo‗yicha uning ish
117
beruvchisini bevosita ish joyida, korxona joylashgan maydondagina emas, balki
korxonadan
tashqarida, shu bilan birga ish, o‗qish joyiga kelayotganida olgan
jarohat yoki sog‗lig‗ini yomonlashuvi ro‗y berganida moddiy kompensatsiya
to‗lovini amalga oshirish ko‗zda tutiladi.
O‗zbekiston bo‗ylab, uning chegarasidan tashqarida sayohat qilish vaqtida
kutilmagan voqealar, sog‗lig‗ini yomonlashuvi va boshqa noxushlik ro‗y berishi
mumkin bo‗lgan xollarda aholini sug‗urtalash polisi kutilmagan moddiy
sarflarga yo‗l qo‗ymaslikka yordamlashadi.
Bir tarafdan shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlashga intilishda sug‗urtalash
muhim rolni o‗ynashi bilan, ikkinchi tomondan
noxush xolatlarda shaxsni
muxofazalashni ta‘minlash usuli sifatida sug‗urtalashga ishonmaslik eng
birinchi ijtimoiy mos kelmaslik hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda sug‗urta kompaniyalarining bir tarafdan hayotni
xarakterli sug‗urta qilish bozorini kengaytirishi bo‗lsa, ikknchi tarafdan aholiga
ushbu xizmatning zarurati yo‗qligi orasidagi qarama-qarshiliklar mavjuddir.
Uchinchi, oxirgi qarama-qarshiliklarning darajasi aholini jamg‗arish bilan
sug‗urta ahloqi orasidadir. Bir tarafdan odamlar turli shakllarda o‗z
mablag‗larini ko‗paytirsa, ikkinchi tomondan o‗zining moddiy boyliklarini
ishonchli saqlashga, kelgusida nafaqat stabil foyda olish imkonini berishi,
balki inson hayotida ba‘zi bir nomaqbul hodisalarda moddiy ta‘minlanganlik
funksiyasini bajarishi ham hayotini sug‗urtalashga yetarli baho bermaslikdir.
O‗zbekistonda shaxsiy sug‗urtalash bozorida eng manfaatdor subekt bo‗lib
davlat hisoblanadi.
Birinchidan, shuning uchunki, davlat miqyosidagi
muammolarni bartaraf etish uchun mablag‗larni izlash muammosi birinchi
darajali hisoblanadi, xususan: hayotini sug‗urtalash uzoq muddatli kredit
mablag‗larni
jalb etish imkonini beradi, natijada hayotini sug‗urtalash aholini
hayotiy faoliyati xavfsizligini oshiradi.
Ikkinchidan, hayotini sug‗urtalash davlatning yetishmaydigan ijtimoiy
kafilligini kompensatsiyalaydi. Uzoq muddatli sug‗urtalash davlat nafaqasini
miqdoriga qaramay, qo‗shimcha foyda olishga imkon beradi, bular nafaqat
118
qarilik
nafaqasini, balki nogironlik nafaqasini miqdoriga aloqasiz amalga
oshiriladi; fuqarolarning ijtimoiy ta‘minotiga ishlatiladigan harajatlarni
kamaytirib, davlat byudjetining sarflari qismiga yuklamani ham kamaytiradi,
natijada davlat kam ta‘minlangan aholi uchun e‘tiborini oshirish imkoniga ega
bo‗ladi. Shunday qilib, uzoq muddatli sug‗urtalash aholini sug‗urtaviy
muxofazalash shakllaridan biri bo‗lib, ularning hayoti, sog‗lig‗i,
mehnat qilish
qobiliyati bilan bog‗liq turli voqealar yashash darajasini pasayishiga va
qo‗shimcha mablag‗larning sarfiga olib kelishi mamlakatimizda kompleks,
yanada aholining to‗liq havfsizligini ta‘minlaydigan tizimni yaratish imkonini
beradi.
Uchinchidan, sug‗urtalash sermehnat, serilm soha bo‗lib, hayotni
sug‗urta qilishni rivojlanishi qo‗shimcha ishchi o‗rinlarni
yaratilishini
ta‘minlaydi. Bu esa davlat miqyosida muhim faktor bo‗lgan mamlakatda
ijtimoiy kuchlanganlikni bo‗shashiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: