70
asabiy xolati bo‗yicha axborotlarni suxbatdoshiga uzatishda, mavjud
vaziyatlarga munosabatida, amal qilishga tayyorlik shaklida ifodalanadi. Ushbu
funksiya havfli holatlarlarda vahima yuz berishini oldi olishga, qutqaruv
ishlarni amalga oshrish harakatlarining dadilligini oshiga ko‗maklashadi.
Hissiyotni tartibga soluvchi funksiya bo‗lib individ faolligini rag‗batlantirish
hisoblanadi.
Nomaqbul hissiyotlar
ishga layoqatini pasaytiradi, insonning diqqatini
kamaytiradi, maqbullari – mehnat samaradorligini oshiradi. Buni potensial
xavfli obektlarda qachonki ishchining ruhiy xolati avariyaviy vaziyatlarni
rivojlanishiga yoki oldini olishga imkon berishi mumkin bo‗lganda personal
ishini tashkil etish vaqtida qayd etish zarur.
Rasm 27. Hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi iroda jarayonining bosqichlari
Yaqinlashib kelayotgan xavfni sezish himoyaviy mobillashgan his-tuyg‗u
funksiyasi bilan bog‗liq. U individga nafaqat o‗z vaqtida xavfli xolatga
muxofaza vositalari va usullarini tanlash
borasida analitik fikrlash, balki
organizmdagi asabiy fiziologik o‗zgarishlar (qonga adrenalinni tashlanishi,
muskullarning qisqarishi va b.) darajasida tayyorlanishga yordam beradi.
Tuyg‘ularni baholash funksiyasi mavjud xolatni subektiv baholash, uning
orqasida u yoki bu darajaning foydali yoki nomaqbulligini tan olish, ularni
individning dolzarb talablariga mos kelishini baholash
bilan shakllantirish
Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash bо„yicha choralarni amalga oshirish
Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash zaruratini paydo bо„lishi
Maqsadni his etish
Maqsadga erishish sabablarini shakllantirish, ularning kurashi
Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash bо„yicha choralarni amalga oshirish
qarorlarini qabul qilish
71
mumkin. Bu funksiyaning ahamiyati, inson turli hayotiy xolatlarda xavfsiz xatti-
harakat variantlarini tanlashdan iborat.
Hissiyotning turi bo‗lgan qo‗rquv hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashda
sezilarli ahamiyatga ega. madaniyat bilan bog‗liq. Madaniy tavakkal
muammosini o‗rganuvchi antropolog olimlar shunga amin bo‗lishdiki, xavflar
va tavakkalni baholashda madaniyat, madaniy meyorlar va qadriyatlar ommaviy
madaniyat elementi bo‗lgan qo‗rquvlarni shakllantirishning aniqlovchisi
hisoblanadi.
O‗ziga xos misol bo‗lib, oxirgi paytda jamiyat jamiyatda zararli odatlardan
biri bo‗lgan chekishdan qo‗rquv kuchaygani va saraton kasalligiga duchor
bo‗lish tavakkalining faktori ortgani hisoblanadi. Bu muammoga diqqat bilan
e‘tibor berish yillar mobaynida ―madaniy mavzuga‖ aylandi, birqancha radio,
televideniyedagi ko‗rsatuvlar,
monografiyalar, ilmiy izlanishlar, jurnal va
gazetadagi maqolalar majmuasi bilan qoplandi. Bu muammoga ommaviy
muhokama va tashvishlanish umumiy qarashda sezilarli siljishlarga olib keldi –
chekuvchilar foyizi keskin kamaydi, ko‗pchilik to‗plangan yerlarda
chekuvchilar va chekmaydiganlarga bo‗lish joylarni ajratishga jonbozlik
ko‗rsatildi.
Adabiyotlarda
hissiyot deb, insonning boshqa odamlarga, obektlarga,
borliq jarayonlariga nisbatan turg‗un sezgilari tushuniladi. Hissiyot va sezgi bir
–biriga zich bog‗langan, lekin ular aynan o‗xshash emas. Turg‗unlikdan
tashqari farqlar shunday ifodalanadiki, sezgi konkret obektga, his-tuyg‗u esa
vaziyatga, voqeaga nisbatan emotsional reaksiyani aks ettiradi.
Sezgi kuchli anglashga ega bo‗lish, eng yuksak maqsad va qadriyatlar
bilan birga insonni subektiv dunyoqarashining pozitsiyasini tashkil etadi.
Sezgilar obektidan kelib chiqqan xolda ijtimoiy
hodisalar sohasida sezgilar
klassifikatsiyasi 17-rasmda keltirilgan.
Inson ahloqiy sezgilarini mavjud voqealarni axloq va odob, majburiyatni
sezish nuqtai nazaridan qabul qilish chog‗ida sinaydi. Bu sezgilar insonning
hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash masalalariga faol yoki passiv
72
dunyoqarashi negizida, o‗zini, xalqini, atrof-muhitni turli xil xavf va
tazyiqlardan muxofazalashni xoxlashi nuqtai nazaridan tavsiflangani uchun
ham o‗ta muhimdir.
Axloqiy sezgilar insonni davlatdagi ijtimoiy hayotiga, go‗zallikni va
oliyjanoblikni
yaratuvchi hisoblangan xalqiga, jonajon yurtining tabiatiga
munosabatida, go‗zallikni avaylash va qo‗riqlashda aks etadi.
Odam intellektual sezgilarini avariyalar, atrofdagi olamda mavjud xavflar
haqida yo‗naltirilgan bilimlar, falokatlar va tabiiy ofatlardan shikastlantiruvchi
faktorlaridan muxofazalash usul va vositalari orqali oladi. Amaliy sezgilarni
individ u yoki bu kasbiy yoki jamoat faoliyatiga jalb qilinganida his etadi.
Havfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha faoliyatning
muvaffaqiyatiga sezgi va
hissiyotlar sezilarli darajada yordam beradi. Shuning uchun individual darajada
insonning hayot faoliyati xavfsizligini shakllantirishning muhim tarkibi bo‗lib
hissiyotlar muhitini tarbiyalash va yaxshilash hisoblanadi.
Bu jarayon oilaviy, maktabgacha va maktab tarbiyasida bolalik va o‗smirlik
davrida ayniqsa samaralidir. Bundan tashqari, hissiyotlar muhitini
rivojlantirishda hayot faoliyati xavfsizligini targ‗ibot qilish muhim rol o‗ynaydi,
uning yordamida odamlarning hissiy xolati shakllanadi va hayotiy mavq‘iga,
turli xolatlardagi hulqiga ta‘sir qiladi.
Inson hissiyotlari muhitiga sezilarli darajada zamonaviy ommaviy
axborot kommunikatsiyalari (OAK) ham ta‘sir etadi. Hayot faoliyati
xavfsizligini ta‘minlashda dalil elementlari yordamida chuqur o‗ylangan, o‗tkir
ma‘noli va yengil hazilli videoroliklar, ijtimoiy reklama, o‗quv saytlari ijobiy
hissiyotlarni yaratadi.