Iqtisodiy ta'limotlar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

A.Marshall


297 
kerakki A. Marshall o`zida oldin o`tgan ortodoksal klassiklardan farqli rav-
ishda, iqtisodiy kategoriya larni "Isbot" talab etuvchi u yoki bu asosiy che-
garalanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. 
Olim tadqiqotlarida bozorda erkin baho shakllanish muammosi 
asosiy o`rinni egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifati-
da, xo`jalik yurituvchi subektlar chaqqan va bir-biri to`g`sida yaxshi 
ma'lumotga ega ded qaraladi. 
Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va 
eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi 
deb qaraladi. Bu "Marshall xochi" deb yuritilada, talab va taklif chiziqla-
rining kesishganliging grafik (chizma) shaklidir. chiziqlar kesishgan joyda 
ular orasidagi muvozanat, ya'ni muvozanatli, mo`ta'dil baho o`rnatiladi. 
Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to`g`risidagi 
g`oyasi xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab 
chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig`i) birdek faoldir. U qaychini misol 
sifatida keltirib, qaychining qog`oz qirqanda qaysi (ustki yoki pasti) tig`i 
(lezviyasi) asosiy rolni o`ynaydi, deb savol beradi. 
Marshall tomonidan "iste'mol ortiqchaligi" tushunchasini kiritadi, 
bu xaridor olishi zarur bo`lgan ilojsiz narsa uchun to`langan va amalda 
to`layotgan baholar o`rtasidagi farqdir, ya'ni xaridorning qo`shimcha 
talabini qondirishning iqtisodiy o`lchovidir. 
Ilk majinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillarning 
funksional bog`lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan 
talab ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif 
pasayishi (baho ortishi bilan taklif ortishi)ni ko`rsatib berdi. Mo'tadil (mu-
vozanat) baho talab va taklif nuqtalari kesishgan yerda o`rnatiladi (yuqori 
aytildi). Shularga mos ravishda bozorda baholarning o`zgarishi ro`y beradi. 
Daromadlar nazariyasida kapitalga foiz, ish haqi marjinalistik hal 
etiladi. Avvalgi klassiklarning tovar qiymati sarflangan mehnat bilan 
o`lchanishi qat'iyan rad etiladi. 
Foiz stavkasi darajasi to`g`risida fikr yuritilib, foiz kamayishi bilan 
insonlar kam jamg`aradilar (va aksincha) degan xulosa chiqariladi. Bu 
qoida keyinchalik uning shogirdi J.M.Keyns tomonidan keng foydalanildi 
(yuqorida berilgan). 
"Talab bahosi" rivojlantirilib "talabning elastikligi (qayishqoqligi)" 
konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) o`zgarishiga 
bog`liqligi ko`rsatkichidir. Elastiklikning turli omillarga qanchalik 
bog`liqligi tahlil etiladi (iste'mol tarkibi, daromad darajasi va b. ). Eng kam 
elastiklik keng iste'mol mollariga tegishli (ammo xuddi shu holatni zebi-


298 
ziynat mollariga nisbatan ko`rib chiqmagan). Bu bog`lanish vaqt davomida 
o`zgarib turishi aytiladi. 
O`rganilayotgan davr qanchalik kichik bo`lsa, talabning bahoga 
ta'siri shunchalik kattadir, davr qanchalik katta bo`lsa, ishlab chiqarish xa-
rajatlari (taklif) ning ta'siri asosiydir. 
Korxonada ishlab chiqarish hajmlarining o`stirish davomida 
solishtirma ishlab chiqarish xarajatlari o`zgarishi qonuniyatlari aniqlandi. 
Korxona ishlab chiqarish masshtabini oshirganda undan keladigan nafning 
miqdori muammosi qarab chiqiladi. Marshall xususan shuni qayd qiladiki, 
odatda raqobatli iqtisodiyotda yirik korxona (firma) o`z tovar mahsulotiga 
bahoni pasaytirishni ta'minlaydi, bu esa raqobatchilar oldida ustunlikka 
olib keladi (malaka oshuvi, maxsus mashina va asbob-uskunalarni qo`llay 
olish tufayli). Eng muhimi bunday iqtisoddan butun jamiyat manfaat 
ko`radi. 
"Repreztativ firma" (o`rtacha firmaning turi) tushunchasi kiritiladi. 
Uning hajmi ma'lum tovarni ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ortadi, bu 
esa ham ichki ham tashqi foyda keltiradi, chunki mehnat sarflari va boshqa 
ishlab chiqarish xarajatlari pasayadi. 
Bundan olim ikkita iqtisodiy qonun borligi to`g`risida xulosa 
chiqaradi: 1) o`sib boruvchi foyda va 2) doimiy foyda. Birinchisiga ko`ra, 
mehnat va kapital sarflari hajmi ortishi bilan odatda ishlab chiqarishni 
tashkil etishni mukammallashtirishga olib keladi, mehnat va kapitaldan 
foydalanish samarodorligini oshiradi, proporsional (mutanosib) ravishda 
yuqoriroq foyda keltiriladi. Ikkinchisiga ko`ra, mehnat va boshqa xarajatlar 
mahsulot hajmini proporsional o`sishiga olib keladi. Olim fikricha, real 
hayotda bu ikki tendensiya doimo bir-biriga qarama-qarshi turadi. 
Raqobat sharoitida ishlab chiqarish yiriklashuvi bilan nisbiy xa-
rajatlar yo pasayib boradi, yoki paralel o`sadi, ammo mahsulot hajmi o`sish 
sur'atlaridan ilgarilab ketmaydi. Keyinchalik mana shu fikrlar asosida 
mikroiqtisodiy nazariya ishlab chiqarish va korxona o`lchamlari (katta-
kichikligi)ni optimallashtirish muammosini yechish bo`yicha ancha aniq 
uslubiy yechimlarni ilgari surdi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy va 
o`zgaruvchi deb qarab, uzoq muddat davomida doimiy xarajatlar 
o`zgaruvchan bo`lib qoladi. Firma bozorni tark etishining asosiy sababi - 
xarajatlarning bozor bahosi darajasidan yuqorilab ketishidir. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish