Iqtisodiy ta'limotlar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

 
XULOSA 
XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab 
Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo`la boshladi. Bu 
yangi iqtisodiy g`oyalar V.Petti nomi bilan bog`liq (burjua inqilobi, man-
ufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning chega-
ralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik 
hamda iqlimiy sharoitlar). 
Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g`oya mer-
kantilizmdan prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi 
muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da vujudga ke-
ladi deb qaralgan bo`lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga ke-
ladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tad-
birkorlikni, kapitalistlarni himoya qildi, xususiy mulkni "muqaddas" va 
"dahlsiz" deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarni, ya'ni mavhum 
usullarni qo`llab har bir masalaning ichki bog`liqligiga asosiy e'tiborni 
qaratdi, matematik va statistik usullardan keng foydalandi. 
V.Petti "tabiiy baho" (qiymat), "siyosiy baho" tushunchalarini ki-
ritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mehnat miqdori bilan o`lchanishi 
g`oyasiga, ya'ni qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. "Mehnat boy-
likning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi. Qiymatni aynan 
almashuv qiymati (pul) shaklida tushundi. 
Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo`lgan jismoniy mini-
mum, ya'ni "yashash, mehnat qilish va ko`payish" uchun kerak darajada 


130 
to`lansa bas, degan g`oyani ilgari surdi. Kapitalistlarning foydasini imkoni 
boricha oshirishni, ishchilarning soliq to`lashlarini zarur deb bildi. 
Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan 
to`g`ri hal etdi, ya'ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga 
to`g`ri, pulning aylanish oborotiga esa teskari proporsionalligini aniqladi. 
Pulning me'yorda bo`lishini qo`llab-quvvatladi. 
Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va 
rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to`g`ri hal 
etmadi). 
Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, aniqrog`i 
demografik statistika faniga asos soldi. "Aholi - boylik asosi" masalasini 
to`g`ri qo`ydi. Milliy daromad masalasini qo`ydi va uni qisman hal etdi. 
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili 
P.Buagilber ham muhim g`oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli An-
gliyanikidan ancha katta farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda 
o`ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko`proq sanoat va savdoni qo`llagan 
bo`lsa, Buagilber asosan qishloq xo`jaligi sohasini tadqiq etdi va o`zining 
muhim xulosalarini chiqardi. Qiymatni aynan iste'mol qiymati shaklida 
tushundi. "Proporsional baholar" tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat 
va erkin baholarni qo`lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to`g`ri 
tushuntirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo`ldi, oltin va kumushlarni 
yovuzlik sababi deb bildi. Noto`g`ri ravishda faqat qishloq xo`jaligini 
qo`llab-quvvatladi, sanoat va savdoga kam e'tibor qildi. Buagilberning iqti-
sodiy islohotlari bo`yicha takliflari o`z davri uchun nihoyatda ahamiyat-
lidir. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish