19.4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari
F. Fon Xayek
Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi
asosiy namoyan-dasi asli Avstriyadan chiqqan
amerikalik Ludvig fon Mizes (1881-1973) va uning
eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir.
Ularning maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi.
Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga
asoslangan sotsialistik xo`jalik va hukumat tomonidan
tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi mum-
kin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks et-
tirmaydi. Uningcha, sotsializmning "tartibga solinadi-
gan iqtisodiyot"i rejalarni o`zboshimchalik bilan tuzadigan tashkilotchi-
larning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro`y beradi. Yagona oqil
siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin al-
mashuv tsivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy
asarlari
quyidagilar:
"Liberalizm",
"Insoniy
harakat:
iqtisodiyot
Fridrix fon Xayek
346
to`g`risidagi traktat", "Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari" va
boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi asli nemis bo`lib, asosiy faoliyatini Angliyada
ko`rsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laureati
bo`lgan. U o`zining "Qullik sari yo`l" asarida har qanday iqtisodiy
erkinlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya'ni yakkaho-
kimlikka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xo`jalikda bozor tiz-
imining "aralash" va "buyruqbozlik" iqtisodiyotidan ustunligini ko`rsatib
beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb e'lon qiladi, kapitalizm davrida ek-
spluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik
g`oyalari to`la tushkunlikka mahkumligi va o`z tabiatiga ko`ra halokatli
ekanligini ta'kidlaydi.
Bu ta'limotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi
tanish bo`lgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberal-
izmga asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi
Ludvig Erxard (1897-1877) yaratgan nazariya "ijtimoiy yo`naltirilgan bo-
zor xo`jaligi"ning asosini tashkil etadi. U o`z nazariyasini yaratdi va uni
GFRda kansler Adenauer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning
asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: erkin baholarning zarurligi, erkin
raqobat, talab va taklifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat
bozor xo`jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy
yo`naltirilgan rivojlanishini ta'minlashi kerak. Bu g`oyalar L.Erxardning
1956 yilda chop etilgan "Barcha uchun farovonlik" kitobida ifodalab beril-
gan. Nemis olimlari A.Ryustov, Vol'ter Oyken (1891-1950), shveysariyalik
V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, ya'ni "o`rta yo`l" ta'limotiga asos
solgan bo`lib, ijtimoiy bozor uning bir varianti hisoblanadi. Ular "inson-
parvar jamiyat", "xo`jaliklarning ideal tiplari" haqida fikr yuritadilar.
Bu model "asoschilari"dan biri siyosiy iqtisodchi Vilgelm Rebke
kapitalizm va sotsializm orasidagi "uchinchi yo`l" borligini ko`rsatib berdi.
Dunyoda rivojlangan mamlakatlar bo`lmish GFR, Shvetsiya va boshqalar
shu yo`lni tanladilar (Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., "Sharq"
NMK, 1996, 5-bet).
Dastlab 1961 yilda paydo bo`lgan "ratsional kutilmalar" nazariyasi
hozirgi davrda keng targ`ib etilmoqda. J.F.Mut tovarlar va qimmatli
qog`ozlar bozoriga bag`ishlangan maqolasida "nima uchun biron bir qoida
yoki formula hech qachon narxlarning o`zgarishini to`g`ri prognoz qila
olmaydi?" degan savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha,
amalda barcha mavjud informatsiya savdogarlar tomonidan darhol qayta
347
ishlanadi va ularning ko`ra bilishi, demak "kutilmalar" ratsional bo`lib
chiqadi.
70-yillarda keynschilik siyosati AQSH iqtisodiyotida makro-
ekonomik masalalarni hal etishda samarasiz bo`lib qoldi, shunda
R.I.Lukas, T.J.Sardjent, N.Uolleslar Mutning maqolasida aytilgan
g`oyalarni takomillashtirib, moliya aktividagi narxlar harakatini "ratsional
kutilmalar" asosida tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, iqtisodiy
agentlar ham o`z kutilmalarini siyosatchilar (davlat xodimlari) qo`lidagi in-
formatsiya asosida shakllantiradilar va o`z-o`zidan tushunarliki, iqti-
sodiyotga siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi uchun hara-
kat qiladilar. Amalda iqtisodiy agentlar narxlar prognozini shakllantirishda,
ya'ni narxlar o`zgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy baholarni aniqlash
kabi usullardan foydalanar ekanlar. Bu kutilmalar har doim ham bexato
bo`ladi, degani emas va ko`ra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot
tasodifiy, oldindan aytib bo`lmaydigan shok o`zgarishlariga uchrab turadi,
bu esa narxlarning subektiv kutilmalarining o`rtacha miqdoriga yoki "ma-
tematik kutilma"ga teng bo`ladi, bu aslida obyektiv taqsimotdir. Ratsional
prognoz yoki kutilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har
doim nolga teng bo`ladi. R.I.Lukas "ratsional kutilmalar" nazariyasi uchun
1995 yilda Nobel mukofoti laureati bo`ldi.
XULOSA
Neoliberalizm keynschilik ta'limoti davrida yuzaga keldi, ammo
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat
"sport sudyasi" vazifasini bajarishi, ya'ni erkin iqtisodiyot qonun-
qoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo`nalishning yirik uch marka-
zi Germaniya, AQSH va Angliya paydo bo`ldi. Germaniya ijtimoiy bozor
xo`jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat
iqtisodiy siyosati darajasiga ko`tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda,
xususan,
mustaqil
O`zbekistonda
ham
muvaffaqiyatli
amalga
oshirilmoqda.
Chikagoda paydo bo`lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi
bilan mashhur bo`ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning
qattiqqo`l pul siyosatidir, har yili kon'yukturaga bog`lanmagan holda pul
massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo`l AQSHda yaxshi natija berdi.
348
Do'stlaringiz bilan baham: |