19.2. Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi
2-jahon urushidan so`ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G’arbiy
Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda
1948 yildan boshlab bu g`oyalar Adenaurer-Erxard davlat doktrinasi sta-
tusiga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari
V.Rebne, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida
monopolizm vujudga kelishining barcha ko`rinishlarini tanqidiga bosh-
chilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari Frayburg universitetida 1948
yildan "Ordo" nomli yillik to`plamni chiqara boshladilar, bu jurnal barcha
davlatlar uchun neoliberalizning nazariy minbari rolini o`ynaydi. V.Oyken
tomonidan tanlangan "Ordo" so`zi yig`ma bo`lib, erkin bozor xo`jaligining
"tabiiiy tizimi" ma'nosini beruvchi mazmunga ega edi. Neoliberilizm
G’arbiy Germaniya doktrinasi "Oyken maktabi" ta'siri ostida hatto
"Ordoliberalizm" deb atala boshlandi.
"Ijtimoiy bozor xo`jaligining" mohiyati GFR neoliberalizm nazari-
yotchilari "erkin bozor" va adolatli taqsimot prinsiplarini "ijtimoiy
tenglik"prinsipi g`oyasi bilan birga qo`shimcha muvaffaq bo`ldilar. Bi-
rinchi marta uning konsepsial g`oyasi A.Myuller-Armakning "Xo`jalik
boshqaruvi va bozor xo`jaligi" (1947) kitobida izohlanadi, bunda "Ijtimoiy
bozor xo`jaligi" matni ham birinchi bor qo`llanilgan. Bu sohadagi ish-
342
lanmalar V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomoni-
dan davom ettirildi.
V.Rebekning "nemis iqtisodiy siyosati to`g`rimi?"(1950) degan
kitobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer "ijtimoiy bozor xo`jaligi"
modeli mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilin-
ganligini bayon etadi.
V. Rebke xarakteristikasi bo`yicha, "ijtimoiy bozor xo`jaligi" -
"iqtisodiy insonparvarlik" sari o`ldir. U o`zining "Insonparvar jamiyat"
asarida kollektivizmga - persinolizm, hokimiyat konsentratsiyasiga -
erkinlik, sentralizmga - desentralizm, tashkilotchilikka - o`zini-o`zi
boshqarishni qarshi qo`yadi va boshqalar. 1957 y. XDS ning navbatdagi
syezdida L.Erxard, V.Rebke g`oyalarini qullagan holda GFR da "ijtimoiy
bozor xo`jaligi"ning 2- bosqichi boshlanganligini tasdiqladi. 60-yillarda
L.Erxard o`z maqolasida avvalo "erkin musobaqa ijtimoiy bozor
xo`jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi" deb ta'kidlangan edi.
1965 y. partiyaning navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda "Ijtimoiy bozor
xo`jaligi" ni tashkil etish dasturining nihoyaga etganligini e'lon qildi. Bu
dastur mamlakatni "rasmiylashgan jamiyat"ga aylantirildi.
"Rasmiylashgan jamiyat" doktrinasi L.Erxard va uning masla-
hatdoshlari bo`yicha bu eng yaxshi "tabiiy iqtisodiy tartib" ni izlash bo`lib,
unga "ijtimoiy bozor xo`jaligi" orqali yetishish mumkin. Unda ijtimoiy
tizim va ishlab chiqarish munosabatlarining besh shakli (tipi), sinflarining
antogonizmi to`g`risidagi markscha g`oyalar qat'iyan inkor etiladi. Bu
g`oyalar V.Oykenning inson jamiyati uchun faqat ikki tipdagi iqtisodiyot:
"Markazdan boshqariladigan" (totalitarizm) va "Almashuv iqtisodiyoti"
(boshqacha matn bo`yicha-"erkin, ochiq xo`jalik") xos, konkret tarixiy sha-
roitlarda biron tip belgilarining ustuvorligi bilan qo`shma shakli ham
mavjud bo`ladi.
Valter Oyken (1891-1950) "Milliy iqtisodiyot asoslari" (1947) asa-
rida (9 mrta qayta nashr etilgan) iqtisodiyotni qayta tashkil etishning asosiy
shakllarini tiplarga bo`lish muammolarini fundamental ishlab chiqdi. Asli
tarixchi bu olim kitobning "Iqtisodiy tizimlar" bobida bir xil jamiyatda
ikkita ideal iqtisodiyot tiplari o`zaro birga yashaydi, bular almashuv va
markazdan boshqariladigan iqtisodiyotlardir. Markazdan boshqariladigan
iqtisodiyotga xos narsa shuki, har kungi jamiyatning iqtisodiy hayoti bir
markazdan keluvchi reja (plan)lar bilan tartibga solinadi. Agar jamiyat iqti-
sodiyoti ikki yoki undan ortiq alohida xo’jaliklardan iborat bo`lsa (ularning
har biri o`z rejalarini tuzadi va amalgi oshiradi), bu "almashuv iqtisodiyoti"
sistemasidir.
343
Turli tarixiy sharoitlarda ko`pinsa bu sistemalar aralash holda
bo`ladi, bu bir qancha misollar bilan isbotlab beriladi. Shu bilan birga,
Oyken bo`yicha, eslab o`tilgan tiplar uch shaklda amalga oshadi, uning har
biri quyidagicha ta'riflanadi: a)totalitar markazdan boshqariladigan iqti-
sodiyot (almashuv umuman inkor etiladi; mahsulotni ishlab chiqarish,
taqsimot va iste'mol ohirgi maydo-chuydaga markaziy boshqarma
buyruqlari asosida amalga oshiriladi); b) iqtisodiyotni markazdan
boshqarish asosida iste'mol mollarini erkin almashuv (markaz tomonidan
belgilanadigan "ishlab chiqarish kuchlaridan" foydalanish usullari, ishlab
chiqarish jarayonining vaqtli tarkibi, maxsulotlarni taqsimlash usullari va
boshqalar asosida amalgi oshiriladi. 1-variantdan farqli ravishda bu yerda
iste'molchilar almashuv yo`li bilan ajratilgan iste'mol mollariga
o`zgartirishlar kiritishlari mumkin); v) erkin iste'mol tanlovi asosidagi
markazdan boshqariladigan iqtisodiyot (boyliklarni iste'mol uchun odatda
markaziy inspatsiya ishlab chiqarishni belgilagan maxsulotlar ichidan erkin
tashlash mumkin).
"Eruiye bozor xo`jaligi" avtomatik ravishda faoliyat yurita ol-
masligini V.Rebke va L.Erxard, ishlab chiqarish anarxiyasining har qanday
ko`rinishlariga qarshi davlatning shunga muvofiq choralarni qo`llash
uchun iqtisodiyotga aralashuvi zarurligi tan olinadi. Bu aralashuv erkin va
ijtimoiy zarur jamiyat tuzumi sintezi (qo`shilishi)ni ta'minlashi kerak. Reb-
ke-Erxardning obrazli ifodasiga ko`ra, davlat roli futbol maydonidagi
sudya (arbitr) bilan tenglashtiriladi, arbitr futbol komandalari o`yinini
ma'lum qoidalar asosida diqqat bilan kuzatib va boshqarib boradi, ammo,
o`yinda bevosita ishtirok etishiga haqqi yo`q. Boshqa so`z bilan aytiladigan
bo`lsa, davlat erkin bozor xo`jaligining ideal tipi bo`lgan "ijtimoiy bozor
xo`jaligi" faoliyati sharoitini ta'minlash uchun erkin raqobat ("halol o`yin")
"qoida"larining saqlanishi ustidan nazoratini olib borishi kerak. Undan
tashqari davlat baho shakllanishi sharoitini nazorat qilishi, monopol baho
o`rgatilishiga bo`lgan urunish harakat oldini olishi, monopoliyasiz tovar-
pul xo`jaligida xususiy mulkning qo`riqlanishi ustuvor ahamiyatini kafolat-
lashi kerak.
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi "ijtimoiy bozor xo`jaligi"
modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizmning "bar-
cha uchun farovonlik jamiyati" konsepsiyasi bilan hamohangdir. Chunki,
ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya va sinfiy an-
tegonizm inkor etiladi. Bu modellardan bundan tashqari davlatning faol
ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) g`oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga
ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va
344
teng imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida
aksionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar bar-
qarorligining o`sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi
va boshqalar ko`zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |