Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaning yana kaytib
kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat o‘rnatishi to‘g‘risidagi rivoyatga keng o‘rin
berilgan. Lamaizmni ko‘chmanchi, qoloq, savodsiz xalq hayotiga moslashtirishga
urinish mavjud, va undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan.
Hindistonda quldorlik tartiblari barham
topishi bilan buddaviylik
braxmanizmga tobora yaqinlashib borgan, va keyinchalik hinduizmga qo‘shilib
ketgan. XI-XII asrlarda buddaviylyak Hindistonda o‘z ta'sirini deyarli yo‘qotgan.
Buddaviylik ta'limotini tartibga solish maqsadida 1871 yilda Birmada
buddavistlarning maxsus ibodatxonasida Tripitakaning
turli tarjimalari va
variantlarini taqqoslash natijasida yagona teksti ishlab chiqilgan edi. Yangi tekst
mazmuni 729 ta marmar plitaga tushirilgan edi. Bu yozuvlar saqlangan ibodatxona
dunyo buddistlarining muqaddas joyiga aylantirilgan.
Markaziy Osiyo Xalqlarining tarixida buddaviylik muayyan o’rin egallagan.
Buddizmning Markaziy Osiyoda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda grek-
baqtriya podshohligining o’rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan
davriga to’g’ri keladi. Kushon imperiyasi o’zining eng gullagan davrida (I-III asrlar)
Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonni o’z
ichiga olgan. Buddizm Hindistondan markaziy Osiyoga, undan esa buyuk ipak yo’li
orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan. Budda dinining qadimdan keng hududlarga
tarqalganligini Beruniy ham o’z asarlarida eslatib o’tgan: “Budda e’tiqodi janubga
tomon Suriya hududigacha tarqalgan edi, so’ng mazdaizm siquvi ostida budparastlar
Eron va Iroqdan Balxning janubidagi mamlakatlarga ko’chib o’tganlar”.
O’lkamiz xalqlarining Xindiston bilan Kushon
davlati va Eftalit davrida
yaxshi yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy munosabatlari tufayli hind madaniyati
unsurlari bilan Budda dini kirib kelgan. “Buddizm sharqiy Eron va Movarounnahrda
qaror topib, Balx hamda Buxorodek azim shaharlargacha etib kelgan.Yorkent,
Xo’tan, Qashg’ar, Toshkent, Turfon, Kuchi va Qorashaharda Budda ibodatxonalari
qad ko’targan.
Olimlarning ta’kidlashicha, buddaviylik zardushtiylik va moniylik dinlariga
ta’siri katta. “Sayyid Nasafiyning e’tiroficha, Budda ta’limoti Zardushtiy
an’analarini vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatgan”. Lekin,
bir guruh mutaxassislar
tomonidan zardushtiylik dini dunyoning keng qadimgi dini sifatida qayd etilgan.
Shuning uchun, bu ikki qadimgi dinlarning o’zaro bir-biriga ko’rsatgan ta’siri haqida
gapirsak, xaqiqatga Yaqinroq bo’ladi. Ikkinchi guruh olimlarining
Buddaviylik ruhoniylari xalqaro miqyosda uning mavqeini kuchaytirishga
harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda buddaviylikning‘
turli tashkilotlarini
birlashtirmoqdalar, buddistlarning xalqaro konferentsiyalari, s'ezdlarini muntazam
o‘tkazmoqdalar.
Buddaviylikning bir necha xalqaro tashkilotlari mavjud. Shulardan eng yirigi
Jahon buddistlari qardoshligidir. U 1950 yili tuzilgan. 1956
yilda otaxon
buddistlarining bu din paydo bo‘lganligini 2500 yilligi nishonlandi.
Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub
kishilar yashaydi. Ularning oilaviy-maishiy an'analari, milliy udumlarining ayrim
tarkibiy qismlari mahoyana (shimoliy) ko‘rinishdagi buddaviylik ta'sirida
shakllangan.
Xozirgi vaqtda bu mintaqada, ayniqsa, O‘zbekistonda koreys
buddistlarni xristianlik ta'siriga olishga qaratilgan harakatlar avj olmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: