56
Ijtimoiy ish sohasida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni
joriy etish masalalari bo‘yicha tizimli tarzda davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-
tadqiqot va axborot-tahlil markazlari hamda boshqa mas’ul tashkilotlarning
faoliyatini jamiyat hayotini ta’minlash yo‘lida muvofiqlashtiradi. Bu o‘z navbatida
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni ham qamrab oladi. Shu sababli innovatsiyalarni ishlab
chiqish
va tatbiq etishda, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning joriy holatini inobatga
olib, empirik holatda kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish orqali, ideal holatga
erishishni taqozo etadi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish doirasida birlamchi yordam muammoning xarak-
teri, vaziyati, yordam ko‘rsatish turi, vaqti va joyini inobatga olgan tarzda ko‘rsa-
tiladi. Yordam ko‘rsatish jarayonida salbiy ta’sirli omillar qarshiligi kuzatiladi,
bunda quyidagilarni hisobga olish tavsiya etiladi:
- nochorlik hissining yuqori darajada ifodalanganligini;
- ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmandning o‘lim bilan “yuzlashgan”ligini;
- tanada qattiq jismoniy shikastlarni kuzatilishini;
- vafot etgan insonga o‘zini o‘xshatishini;
- jismoniy yoki psixologik yetuk bo‘lmaganligini;
- ijtimoiy aloqalar doirasining torligini;
- mavhumlik holati hukmronligini; shaxsiy va oilaviy yo‘qotishlarni;
- ijtimoiy yordam oluvchi yaqinlarining patologik reaksiyasi.
“Ijtimoiy xizmatning shakllanishiga
aholi joylashishi, uy qurilishi va
jihozlash an’analari, milliy kiyim-kechak, pazandachilik va mehmonnavozlik,
ijtimoiy va oilaviy-maishiy turmush tarzi kabi omillar qatori ijtimoiy, madaniy,
iqtisodiy va siyosiy jarayonlar kechishini ham alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin”
99
.
Rivojlana-yotgan davlatlar siyosatida taraqqiyot modelini tanlashda demokratik
taraqqiyot tamoyillarini inkor etmagan holda milliy taraqqiyot konsepsiyasini ham
puxta ishlab chiqish hollari ro‘y beryapti. ...Milliy taraqqiyot yo‘li qonuniyatlarini
to‘laqonli boshdan o‘tkazib
shakllangan millatda esa, qonuniy ravishda ozodlik,
tenglik, adolat haqidagi ideallar, qadriyatlar tizimi mavjud bo‘ladi
100
. Bu xususida
R.Ro‘ziyeva “...qadriyat subyektiv faoliyat sifatida tushuncha, kategoriya,
gnoseologik tajriba mahsuli, ong, aqlu idrokka oid fenomendir. Qadriyatning
mazkur
subyektiv, gnoseologik xususiyati, belgilari, genezisi uning ontologik
asosini rad etmaydi. Bu ontologik asosning qadrli yoki qadrsiz, qadriyat yoki
istagan bir so‘z, tushuncha ekanini inson ongi, aql-idroki, gnoseologik tajribasiga
muvofiq belgilaydi. Shu nuqtayi nazardan qadriyat
insonning obyektiv borliqqa
sensitiv-kognitiv muno-sabati, affektiv bahosi, gnoseologik izlanishlari, tajribasi
mahsulidir”
101
‒ deya ta’kidlaydi. Shunga ko‘ra ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda
qadriyatlar asosida quyidagi paradigmalar vujudga kelgan: tizimli-ekologik;
99
Самаров Р. Ижтимоий иш назарияси ва амалиётининг илмий-назарий асослари // Замонавий таълим. –
Тошкент, 2013, 7-сон.-Б. 20-23.
100
Мадаева Ш.О. Цивилизацион жамият тараққиётида «миллат» ва «демократия» тушунчалари симбиози
// Цивилизация келажаги: фалсафий ёндашув. Халқаро илмий-назарий конференция материаллари. I қисм.-
Тошкент: Noshir, 2012.- Б.481-484.
101
Рўзиева Р.Х. Жамиятнинг маънавий янгиланишида миллий ва умуминсоний қадриятлар уйғунлигини
шакллантириш масалалари. Фалс. фан. докт. ... дис. – Тошкент: ЎзМУ, 2012. –Б.56.
57
kommunikativ-rolli;
institutsional; funksional; etik-aksiologik; mafkuraviy;
konsultativ; vital-mo‘ljallash; evoxomo-logik; sinergetik va boshqalar.
Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti bo‘yicha
xalqaro tajriba to‘plandi. Bu esa o‘z navbatida ularning rivojlanish tarixi, ya’ni
mintaqaviy, mental jihatlariga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Fransiya,
Germaniya va Italiya singari G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida
bu sohada ibratli
natijalar qo‘lga kiritilganligini ta’kidlash mumkin.
Bugungi kunga kelib jamiyatda ijtimoiy ish mutaxassislariga talab ortib
bormoqda va garchi G‘arb mamlakatlarining bu yo‘nalishda qo‘lga kiritgan ijobiy
yutuqlarini qayd qilib, ularning funksionalligini o‘rganish amaliy ahamiyat kasb
etadi. Ijtimoiy ish mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish amaliy
mazmun kasb etadi. Ijtimoiy ishning funksional modelini asos sifatida qabul qilib,
uning oltita funksiyasini ta’kidlash lozim. Bular: diagnostika o‘tkazish;
rejalashtirish va yo‘naltirish; prognostika o‘tkazish; ijtimoiy terapevtik
(ogohlantiruvchi-profilaktikaviy);
huquqiy himoya qilish; ijtimoiy-pedagogik,
psixologik, tibbiy, maishiy, kommunikativ, targ‘ibot (reklama); madaniy, tashkiliy
jihatlardan iborat.
Bunda ularning quyidagi funksiyalari alohida o‘rin tutib, ularning tasnifiga
e’tibor qaratsak ijtimoiy muvozanatni ta’minlashda amaliy mazmun kasb etadi:
→
Do'stlaringiz bilan baham: