198
versiyadan boshlab ADSP 21XX oilasining 16 bitli protsessorlarini qo‘llab-
quvvatlash to‘xtatildi, Blacktin 16 bitli protsessorlari va SHARC va TIGER SHARC
32 bitli protsessorlar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari esa yagona
dasturiy mahsulotga integratsiya qilindi [13].
Bugun Visual DSP++ ishlab chiqish va sozlash
integrallashtirilgan muhiti
bo‘lib, Analog Devices protsessorlari uchun dasturiy ta’minotni yaratishning asosiy
vositasi hisoblanadi va loyihalashtirishning quyidagi bosqichlarida zarur bo‘ladigan
barcha komponentlarni o‘z ichiga oladi:
−
foydalanuvchining grafik interfeysi;
−
bajariluvchi fayllar, yuklangan obrazlar va yordamchi fayllar: assembler,
protsessor, kompilyator C/C++, komponovkachi, yuklanadigan obrazlarni yaratish
dasturi, arxivator uchun zarur utilitlar;
−
protsessorlar modellari bilan simulyator;
−
emulyatorlar va sozlashli platalar bilan o‘zaro ishlash uchun dasturiy
komponentalar (drayverlar);
−
VDK (Visual DSP++ Kernel) real vaqt operatsion tizimning yadrosi;
−
dasturlar namunalari.
Protsessor turi va sozlash vositasidan (EZ KIT/DBGAGENT
platasida
simulyator, emulyator yoki sozlash agenti) qat’iy nazar Visual DSP++ muhitida
loyihalar yaratish va ularni boshqarishning
yagona metodologiyasidan
foydalaniladi. Loyiha ustida ishlash jarayoni yagona grafik interfeys doirasida
amalga oshiriladi. Visual DSP++ tarkibiga kiruvchi
Project Wizard utilitasi
bajariladigan fayl komponovkasi yoki yuklanadigan obraz generatsiyalashish uchun
zarur bo‘lgan yangi loyihalarni yaratish, uning parametrlarini sozlash va fayllarini
shakllantirishni soddalashtiradi. C/C++ samarali kompilyatorlari, shuningdek ko‘p
sonli standart va ixtisoslashtirilgan bibliotekalar yuqori darajali dasturlash tillaridan
foydalanib ilovalarni yaratish imkonini beradi, bunda assembler kodning faqat eng
muhim qismlarida qo‘llaniladi, ko‘p vazifalikni qo‘llab-quvvatlash talab qilinadigan
murakkab ilovalar ustida ishlashda foydalanuvchi xohishiga ko‘ra, operatsion tizim
199
yadrosi loyihasiga apparat realizatsiyasi detallardan abstraklashish imkonini
beruvchi VDK (OS) ni qo‘shish va signallarni boshqarish
va ularni ishlash
algoritmlariga diqqatni jamlash mumkin.
Visual DSP++ tarkibida Blackfin oilasi protsessorlari uchun ichki va tashqi
periferiya modullarining ko‘p sonli drayverlari yetkazib berilib,
ular VDK bilan
birgalikda,
shuningdek, avtonom rejimda qo‘llanilishi mumkin. Dasturiy ta’minotni
sozlash jarayonini maksimal soddalashtirish uchun Visual DSP++ da stek, lokal
o‘zgaruvchilar va ifodalar, registrlar va xotira tarkibini aks ettirish uchun ko‘plab
oynalar, shuningdek, dasturda tor joylarni topish imkonini beruvchi chiziqli va
statistik profillash vositalari va qator qiziqarli imkoniyatlar mavjud.
Ushbu
instrumentda Background Telemetry Channel sozlash texnologiyasi joriy qilingan
bo‘lib, u dasturning bajarilish jarayonini kuzatish va muhit va dastur o‘rtasida
ma’lumot almashlashni protsessorni to‘xtatmay amalga oshirish imkonini beradi.
Sozlash muvaffaqiyatli yakunlanganda fayl yuklanadigan obrazga o‘zgarish va bu
obrazni o‘z navbatida, platadagi xotira mikrosxemasiga emulyator (yoki EZ KIT/EZ
BOARD platasi bilan ishlanganda sozlovchi agent) va Visual DSP++ ga
integrallashtirilganda Flash Programmer ilovasi yordamida yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: