Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan taom va garnirlar
Issiq taom yoki garnir tayyorlash uchun sabzavotlar bug‘ yoki suvda kartoshka,
sabzi tozalanib, qizilcha po‘sti bilan, jo‘xori so‘tasi bilan bargi olinmagan holda,
ko‘k loviya o‘z po‘chog‘i va qo‘zoqchalarida, ko‘k no‘xat o‘z po‘chog‘i bilan,
quritilgan sabzavotlar avval bo‘ktirilgan holda pishiriladi.
Sabzavotlar qaynab turgan suyuqlikka solinib yoki ustidan qaynoq suyuqlik
quyilib (sabzavot turiga qarab), tuz qo‘shib (1 litr suvga 10 gramm miqdorida tuz
solinadi), idish qopqog‘i yopilgan holda qaynatib pishiriladi. Sabzavot yuzidagi
suyuqlik 1-2 santimetrdan oshmasligi kerak, chunki mo‘ljaldan ko‘p suyuqlikda
sabzavotlarning ozuqalik qimmati ko‘plab yo‘qoladi. Pishishini tezlashtirish va
47
ta‘mini o‘zgartirmaslik uchun qizilcha, sabzi, ko‘k no‘xat tuz qo‘shmay pishiriladi.
Ko‘k no‘xat, loviya, ismaloq bargi, sarsabil, artishok miqdori ko‘p qaynab turgan
suvda (1 kg sabzavotga 3-4 litr suv solinadi) qopqog‘i ochiq holda pishirilishi
kerak. Shu usulda pishirilgan sabzavotning rangi ko‘proq saqlanib qoladi. Tez
muzlatilgan sabzavotlar muzdan tushirilmay, qaynab turgan suvga solib pishiriladi.
Konservalangan sabzavotlar o‘zidagi suyuqlik bilan isitiladi va suyuqligi to‘kib
olinib, suyuq osh, sardaklar uchun ishlatiladi.
Kartoshka va sabzining ozuqalik qimmatini, mazasini ko‘proq saqlab qolish
uchun bug‘da pishirgan ma‘qul. Bug‘da pishirish uchun maxsus bug‘ qozonlaridan
yoki metall panjara, simdan yasalgan savat bilan jihozlangan oddiy qozonlardan
foydalaniladi.
Pishirilgan kartoshka.
Tozalangan bir xildagi mayda kartoshka (yirigi
to‘g‘raladi) qalinligi 50 sm qilib idishga solinadi, ustidan qaynoq suv quyib, tuz
solinadi va olovga qo‘yib qaynatiladi. Qaynab chiqqan olov pasaytirilib, idish
qopqog‘i yopilib, iste‘molga tayyor holga yetkazib pishiriladi. Kartoshka pishgach,
suyuqligi to‘kilib, usti qopqoq bilan yopilib, past haroratda 2-3 minut plita ustida
ushlab biroz quritiladi.
Ba‘zi kartoshka navlari qaynatishda tez ezilib ketib, suvni shimib oladi.
Natijada tayyor taomning mazasi yomonlashadi. Bunday kartoshkalar 15 minut
qaynatilgandan so‘ng suyuqligi to‘kilib, usti bekitilib, suvsiz qozonda paydo
bo‘lgan bug‘ bilan tayyor holga keltiriladi. Bochkacha shaklida kesilgan kartoshka
ham shu usulda pishiriladi.
Kartoshka kam porsiyalarda pishiriladi, chunki uzoq saqlash natijasida uning
mazasi, ozuqalik qimmati yo‘qoladi, rangi o‘zgaradi. Pishirilgan kartoshkadan
alohida taom yoki go‘sht, baliq va boshqa taomlar uchun garnir sifatida
foydalaniladi.
Tarqatishda pishirilgan kartoshka tarelka, porsion tovaga qo‘yilib, ustidan
sariyog‘, smetana yoki alohida ko‘kat bilan bezab beriladi. Bundan tashqari,
pishirilgan kartoshkani piyozli qizil, tomat, smetana, piyozli smetana, qo‘ziqorin
sardaklari bilan tarqatish mumkin.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |