AMMONIY KATIONINING ANALITIK REAKSIYALARI - NH
4
+
1.Ishqor ta’sirida parchalanish reaksiyasi (farmakopeya usuli)
«Gaz kamerasi»da bajariladi.
NH
4
+
+OH
-
= NH
3
(g)+ H
2
O
Reaksiyani bajarish:
Probirkaga 8-10 tomchi
ammoniy tuzi eritmasidan
solib, ustiga shuncha
hajmda ishqor eritmasidan
tomizing va suv hammomida isiting . Probirka og’ziga
xo’llangan qizil lakmus qog’ozini
tutsangiz,
rangi
ko’karadi. Agar filtr qog’ozini qo’llab fenolftalein tomizsangiz, qog’oz malina rangli
bo’ladi (maxsus reaksiya). Reaksiya gaz kamerasida bajariladi.
2.Nessler (K
2
[HgI
4
] va KOH aralashmalari) reaktivi bilan reaksiyasi
Nessler reaktivi bilan ammoniy ioni qizil-qo’ng’ir cho’kma hosil qiladi:
NH
4
+
+2[HgЈ
4
]
2-
+4OH
-
=[OHg
2
NH
2
]J(t)+7Ј
-
(q)+3H
2
O
Sezgir reaksiya bo’lib, juda kam miqdordagi ammoniy ionini ochish mumkin.
Reaksiyaga og’ir metall tuzlari xalaqit beradi.
Reaksiyani bajarish
Probirkaga 1-2 tomchi
ammoniy tuzi eritmasidan olib, 2 tomchi Nessler reaktividan
tomizing (bu reaksiyani buyum oynachasida ham bajarish mumkin) qizil-qo’ng’ir
cho’kma hosil bo’ladi. Agar ammoniy ioni kam bo’lsa, eritma sariq yoki qo’ng’ir
rangga bo’yaladi.