Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Адизов А. Жисмоний шахслардан ундириладиган солиқлар
тизимини такомиллаштиришнинг назарий ва амалий масалалари.
Ўқув
қўлланма. – Т.:Академия, 2012. – 124 б.
2.
Gadoev E, Kuzieva N. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv
qo’llanma, –T.: "EL PRESS", 2011 yil – 240 b.
3.
Gadoev E, Kuzieva N. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. Darslik.
– T.: “O’zbekiston”, 2012. - 336 b.
4.
Ваҳобов А.В, Жўраев А.С. Солиқлар ва солиққа тортиш.
Дарслик.–Т.: “Шарқ”, 2009. - 448 б.
5.
А.Jo’rayev, M.Usmanova, Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish.
O’quv qo’llanma, –T.: “Sano-standart”, 2015. - 216 b.
11
2-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY
SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR VA ULARNING
AHAMIYATI
Reja:
1. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar va ularni guruhlarga ajratilishi
2. Jismoniy shaxslar to’laydigan umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda
boshqa majburiy to‘lovlar.
3. Jismoniy shaxslar to’laydigan to‘g‘ri va egri soliqlarning tarkibi va ular-
ning budjet daromadlaridagi ahamiyati
.
4.
Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda
soliq xizmati organlarida soliq to’lovchilar faoliyatiga oid dasturiy mahsullarni
mohiyati va ahamiyati.
5.Soliq
tizimining
huquqiy
asoslari,
soliq
to’lovchilarning
huquq va majburiyatlari
Tayanch so’zlar:
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yuridik shaxs
maqomi, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar, davlat budjeti daromadlari
1
.
Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar va ularni guruhlarga ajratilishi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa
majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining
yig‘indisi jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar tizimini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday
shaxslarga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganlar va chet el
mamlakatlari fuqarolari kiradi. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar davlat
byudjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq
jismoniy shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadidan olinadi. Ular to‘laydigan
soliqlar va yig‘imlar asosan budjetga naqd pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda, jismoniy shaxslar o‘z daromadlaridan, mol-
mulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil soliqlar hamda yig‘imlar to‘laydilar.
Jismoniy shaxsning huquq layoqati-bu fuqarolik huquqlari, burshlariga ega
bo‘lishi tushuniladi. Yuridik me’yorlarga muvofiq bu layoqat 18 - yoshda, ya’ni
fuqaro balog‘at yoshiga yetganda yuzaga keladi (F.K. - 22 modda).
Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir qator
belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning ob’ektiga,
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish
usullari, paydo bo‘lishiga (sub’ektiga), byudjetga yo‘naltirilishiga va boshqa
belgilariga ko‘ra ularning tasniflanishidir.
12
Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash
tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funktsiya va vazifalarini qay darajada
bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat budjetini doimiy ravishda
va muntazam daromadlar bilan ta’minlashda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo‘ymasdan faoliyat ko‘rsatishi
uchun soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, tahlil qilishdan
iborat.
Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib
aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to‘g‘ri va egri soliqlar
guruhlariga bo‘linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag‘ni
tasarruf etishiga, ya’ni byudjetga o‘tkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat
va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Shuningdek, soliqlar paydo bo‘lish manbaiga
ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarning
qayd etilgan guruhlarga ajartib o‘rganishni alohida savol sifatida kengroq
yoritishga harakat qilamiz.
Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko‘rib chiqamiz.
Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va
salbiy ta’sir ko‘rsatishni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
1.Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i,
aktsiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi
va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari
va boshqalar kiradi.
2.Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq
to‘lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulkdan, erdan va
boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.
3.Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad
solig‘i va boshqalar kiradi.
Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho‘jalik
faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to‘lanadigan aksariyat soliqlar
va majburiy to‘lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot
tannarxiga qo‘shiladi (yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqalar). Shu o‘rinda
soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin:
1.Tovar (ish, xizmat) lar oborotidan to‘lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga
asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, transport
13
vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq, bojxona bojlari.
2.Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga
ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga
ajratmalar va boshqalar.
3.Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i,
ekologiya solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti
boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.
4.Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar: foyda solig‘i, infratuzilmani
rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |