Izoh:
Yuqoridagi mazmunga binoan tarifga yangi ulanish va o'tish yopilgan.
2021 yil 14 oktyabrgacha ushbu tarifga ulangan abonentlar avval taqdim etilgan oylik trafik qoldig'ini joriy tarif shartlariga muvofiq foydalanishlari mumkin. Kiritilgan daqiqalar va MBlar to'plami 32 kun muddatga taqdim etiladi. 2021
yil 15 oktyabrdan boshlab ushbu tarif rejasiga muvofiq yuqorida keltirilgan oylik trafikni qayta ulash mumkin emas, abonentlar tarif rejaning yangilangan shartlar bo’yicha Kompaniyaning ofisiga yoki mijozlar tajribasi Direktsiyasiga
murojaat qilgan holda ulanishlari mumkin.
Tarif faqat O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi va xalqaro roumingda amal qilmaydi.
Ushbu tarif rejada bo'lgan abonentlar, tarmoq ichidagi va boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kiruvchi qo'ng'iroqlarini hisob hatto nol va salbiy bo’lganda ham qabul qilish mumkin.
«Welcome» tarifida «Erkin muloqot» turkumidagi, «Mega hafta» va «Do It» xizmatlari amal qilmaydi.
«Welcome» tarifida «Raqamni saqlash» xizmati ijobiy hisobga ega, lekin 7 kundan ortiq muddat davomida pullik tranzaksiyalarni amalga oshirmagan abonentlarga avtomatik ravishda ulanadi. 2021 yil 15 oktyabrdan ushbu «Raqamni
saqlash» xizmati ijobiy balansga ega, lekin to'lovsiz tranzaksiyalarga ega bo'lmagan, yangilangan muddatga - ketma-ket 14 kundan ortiq bo'lgan abonentlarga avtomatik ravishda ulanadi. «Raqamni saqlash» xizmatiga ulangan abonent
Operatorning xizmatlaridan foydalanishda davom etishi mumkin. Pullik operatsiyalar (chiquvchi qo'ng'iroqlar, SMS, Internet va boshqa bonusli trafik) amalga oshirilganidan so’ng, xizmat avtomatik ravishda o'chadi va xizmat uchun
mablag' yechilishi to’xtatiladi. «Raqamni saqlash» xizmati yoqilganda, hisobda mablag’ butunlay tugatilgandan so'ng, pullik operatsiyalar amalga oshirilmaguncha xizmat avtomatik tarzda uziladi va shartnoma bir tomonlama bekor
qilinadi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so'm kunlik abonent to'lovi yechiladi. Va shunda tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, tarif rejaning oylik abonent
to'lovi yechiladi va bepul muloqot paketi taqdim etiladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgan vaqtda hisobda oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to’lovi bir marotaba qarzga yechiladi. Hisob
abonent to’lovini to’lash uchun yetmagan mablag’ miqdorida qarzga kiradi va oylik bepul muloqot paketi taqdim etiladi. Shunda avvalgi oydan qolgan sarflanmagan trafik kuyadi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo'ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan
narxda yechiladi.
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
Ushbu tarif rejada muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 60 daqiqa etib belgilagan;
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476); Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038,
88216); Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817); Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: |