Passiv optik tarmoq texnologiyalari. Passiv optik
texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON texnologiyasi,
E-PON texnologiyasi, G-PON texnologiyasi
Agar oxirgi yillarda zamonaviy aloqa tarmoqlarining tolali optik
kabellar orqali tashkil qilinayotganini, o'tkazuvchanlik
qobiliyatining yuqoriligini nazarda tutsak, abonent tarmoqlarida
PON texnologiyasini qo'llash maqsadga muvofiqdir.
PON texnologiyasining asosiy vazifasi, markaziy tugunlar
orasidagi magistralni (SDH/ATM) va abonent tugunlarini ulash,
shuningdek daraxtsimon topologiyali to'liq passiv optik tarmoqni
yaratishga asoslangan, oraliq tugunlarda esa ta'minot va xizmatni
talab qilmaydigan kompakt passiv optik ajratgich (birlashtirgichlar
yoki splitterlar deb ham ataladi) joylashgan.
PON texnologiyasi Telekommunikasiyalar bo'yicha xalqaro
elektraloqa ittifoqi (ITU-T) tomonidan G.983.1 va G.983.2
tavsiyalari nomini olgan.
PON arxitekturasining afzalliklari:
- oraliq aktiv qurilmalarning yo'qligi;
- markaziy tugunda optik uzatgich va qabul qilgichlarning tejalishi;
- tolaning tejalishi;
- yangi abonentlarni ulashning engilligi va xizmat ko'rsatishning
qulayligi.
Kamchiligi: PON texnologiyasining murakkabligi va oddiy daraxt
topologiyasida zahiralashning yo'qligidir.
PON ning passiv optik tarmoqlagichlari asosidagi daraxtsimon
topologiya.
PON tarmog'ining xususiyatlari:
- bir tola bo'yicha bir-biriga qarama-qarshi ikki uzunlikdagi (1550 nm
va 1310 nm) to'lqinni uzatuvchi daraxtsimon arxitekturadan iborat.
Ikki xil to'lqin uzunligi uzatgich va qabul qilgich orasida yaxshiroq
izolyasiyani ta'minlaydi, shuningdek ikki to'lqin uzunliklarining
ta'sirlashuvida qimmat bo'lmagan planar lazer diodlar (PLC) ni
ishlatish mumkin, bu tizim narxini sezilarli darajada kamaytiradi;
- daraxtning oraliq tugunlarida passiv optik tarmoqlagichlar
joylashadi;
- TDMA ulanish usulidan foydalanish abonenlar orasida o'tkazish
polosasini moslashuvchan taqsimlanishiga yo'l qo'yadi;
- markaziy tugundan kelayotgan bitta tolaga 32 ta, maksimum 64 ta
abonent tugunlarini ulash mumkin;
- PON texnologiyasida kiruvchi trafikni keng ommaga yetkazib
berishda oqimlarni spektral ajratishdan va chiquvchi kanalda esa vaqt
bo'yicha multipleksorlashdan foydalaniladi;
- maksimal masofasi 20 km ni tashkil qiladi.
PON arxitekturasining asosiy elementlari va ish prinsipi
PON texnologiyasidagi asosiy terminlar:
*Markaziy tugun OLT (optical line terminal)
*Abonent tuguni ONT (optical network terminal)
PON texnologiyasi Full Services Access Network (FSAN)
standartiga asoslangan bo'lib, bu texnologiya quyidagi standartlar
bo'yicha qurilishi mumkin:
A-PON – ATM protokolini qo'llashga asoslangan;
E-PON – Ethernet formatida kadrlarni optik trakt orqali uzatishga
asoslangan;
B-PON - Broadband PON – keng polosali xizmatlar bilan birga
Ethernet ulanishni, analog va raqamli videoni translyasiya qilishni
amalga oshiradi;
G-PON - Gigabit PON – yangi echim, juda yuqori unumdorlikka
ega bo'lib, multiservisli xizmatlarni amalga oshirishga
mo'ljallangan.
Bunday tarmoqlar iqtisodiy tomonidan tejamli va keng polosali
turli axborotlarni o'tkazish qobiliyatiga ega.
Gibrid mis-optik arxitekturali tarmoqlarda keng polosali
ulanuvchi texnologiyalarni qo'llash
E’tiboringiz uchun
rahmat!!!
Document Outline - Слайд номер 1
- Слайд номер 2
- Слайд номер 3
- Слайд номер 4
- Слайд номер 5
- Слайд номер 6
- Слайд номер 7
- Слайд номер 8
- Слайд номер 9
- Слайд номер 10
- Слайд номер 11
- Слайд номер 12
- Слайд номер 13
- Слайд номер 14
Do'stlaringiz bilan baham: |