Reja:
1. Keng polosali optik kirish tarmoqlari, abonent
kirish optik tarmoqlarining tuzilish prinsipi va
arxitekturasi.
2. Passiv optik tarmoq texnologiyalari. passiv optik
texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON
texnologiyasi, E-PON texnologiyasi, G-PON
texnologiyasi.
19, 20-Ma'ruza: Abonent kirish
optik tarmoqlari.
Telekommunikasiya aloqa tarmog'ining tuzilishi
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini ikkita tarmoq sifatida
ta'riflash mumkin: transport va abonent ulanish
(kommutatsiyalanuvchi) tarmoqlari.
Keng polosali optik kirish tarmoqlari, abonent
kirish optik tarmoqlarining tuzilish prinsipi va
arxitekturasi
Abonent kirish tarmog'ining tuzilishi
Abonent komplekti (AK) va telefon apparati (TA) orasida
bog'lanish, boshqacha aytganda abonent liniyasi (AL), stansion,
magistral, taqsimlash uchastkalari va abonent simi orqali amalga
oshiriladi.
Abonent liniyasini boshqacha talqin etish mumkin:
- oxirgi milya (krossdan uygacha masofa);
- oxirgi yard (uy chegarasidagi ajratish);
- oxirgi fut (xonadondagi ajratish).
Mis simli abonent kirish tarmoqlarining quyidagi
kamchiliklarini ko'rsatish mumkin:
- abonent kirish tarmoqlarida axborot almashinish ishonchliligi va
sifati ko'rsatgichlarining pastligi o'ziga xosdir;
- abonent kirish tarmoqlarining foydali ish koeffisienti juda
kamligi (o'tkazilayotgan trafik intensivligi) texnik vositalardan
foydalanish samarasining pastligiga olib keladi.
FTTx texnologiyasining asosiy prinsiplari
Abonent optik kirish tarmoqlari FTTx (Fiber Transport To…, ya'ni
optik transport tarmog'i... gacha) degan nom olib yangi avlod
tarmoqlarini qurishda keng qo'llanilmoqda.
FTTx tuzilishiga ko'ra quyidagi turlardan iborat:
FTTCab (Fiber To The Cabinet) – taqsimlash jovonigacha optik
kabel yotqizish;
FTTC (Fiber To The Curb) – taqsimlash qutisigacha optik kabel
yotqizish;
FTTH (Fiber To The Home) – uygacha optik kabel yotqizish;
FTTB (Fiber To The Building) – binogacha optik kabel yotqizish;
FTTP (Fiber To The Premises) – tarmoq segmentigacha optik kabel
yotqizish;
FTTO (Fiber To The Office) – ofisgacha optik kabel yotqizish;
FTTU (Fiber To The User) – foydalanuvchi terminaligacha optik
kabel yotqizish.
FTTx texnologiyasining umumiy arxitekturasi
FTTx texnologiyasini amalga oshirish variantlari
FTTx texnologiyalarini xususiyatlari:
FTTH:
- optik kabelning ko'p sarflanishi qimmat va optik tolani abonentgacha
(yangi) tortish kerak;
- oraliqlarda aktiv qurilma ishlatilmasligi sarf xarajatlarni kamaytiradi;
- yuqori o'tkazish polosasi ega;
- turli multiservisli xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini beradi;
- yuqori uzatish sifatini, to'liq optik tarmoqlarga o'tish imkonini yaratadi.
FTTB:
- optik tola/kabel ko'p sarflanmaydi;
- mavjud bo'lgan abonent o'tkazgichidan foydalanish mumkin;
- o'tkazish polosasi bo'yicha chegaralangan;
- oraliqlarda aktiv qurilma ishlatilishi qo'shimcha sarf xarajatlarga olib
keladi.
FTTC:
- nisbatan arzon;
- o'tkazish qobiliyati chegaralangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |