Kalit soʻzlar: ijodkorlik, katta “C” ijodkorlik, kichik “c” ijodkorlik, oʻzini oʻzi qadrlash, ijodkorlikni
modellashtirish, shaxsiylashtirish, ijtimoiy koʻnikmalar, tadqiq qilish, oʻziga xoslik
В данной статье рассматриваются эффективные аспекты использования семи основных столпов
творчества в процессе преподавания английского языка студентам в системе высшего образования.Семь
столпов творчества помогают создать творческую среду обучения в классе, где учащиеся в системе высшего
образования, независимо от возраста и уровня, имеют процветающие творческие способности в изучении
языка и дают практические идеи о том, как это сделать.Также будут учитываться общие факторы,
учитывающие разницу между большим “C” и маленьким “c” творчеством при создании основ творчества в
классе.
Ключевые слова: креативность, большая “C” креативность, маленькая “c” креативность,
самооценка, креативность моделирования, персонализированное обучение, социальные навыки, исследование,
оригинальность.
This article discusses the effective aspects of using the seven main pillars of creativity in the process of teaching
English to students in the higher education system.The seven pillars of creativity help to create a creative learning
environment in a classroom where students in the higher education system, regardless of age or level, have a
flourishing creative ability in language learning and provide practical ideas on how to do so.General factors will also
be considered to keep in mind the difference between big “C” and small “c” creativity when creating the basics of
creativity in the classroom.
Key words: creativity, Big “C” creativity, little “c” creativity, self-esteem, modeling creativity, personalize
learning, social skills, explore , originality
Ingliz tilini oʻqitish jarayonida oʻrganuvchining shaxsiy qobiliyatlarini hamisha inobatga olish
oʻqituvchi uchun eng muhim omillardan biri sanaladi. Chunki oʻquvchilarning individual xususiyatlari
ularning qay darajada til egallay olishini yaqqol koʻrsatadi va bu oʻqituvchi uchun eng foydali yordamchidir.
Til oʻrganish jarayonida oʻrganuvchilarning, ayniqsa, kreativlik qobiliyatini rivojlantirish – bu til oʻrganishda
oʻquvchi uchun katta va tezda maqsadga eltuvchi yoʻl kabidir. Karterning ta’kidlashicha, kreativlik ma’lum
bir insonninggina qobiliyati emas, balki hamma odamlarning maxsus qobiliyatidir. [ 1. B. 29] Shunday ekan
sinfda oʻquvchilarni iqtidorli yoki iqtidorsizga ajratish mumkin emas. Barcha oʻquvchilarning individual
qobiliyatlari mavjud. Ularning til oʻrganishdagi qobiliyatini ulardagi kreativlik orqali rivojlantirish bugungi
til oʻqitish metodikasing asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlib boryapti. Ushbu maqola orqali hozirgi kunda oliy
ta’lim tizimida talabalarda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda kreativlikning asosiy 7 ta ustunidan
foydalanishning nazariy va amaliy ahamiyatini tanishtirib chiqamiz.
Biz bilamizki, ingliz tilini oʻqitishda asosiy 2 ta “BIG –C”-katta ijodkorlik va “small-c”-kichik
ijodkorlik turlari mavjud. [1. B.30] Ijodning ikkala turi gullab-yashnashi uchun sinfxonada oʻquv muhiti
ehtiyotkorlik bilan olib borilishni talab qiladi va bu oʻz-oʻzidan sodir boʻlmaydi. Ijodkorlikning yettita
ustuni – bu siz qanday turdagi va qanday yoshdagi oʻquvchi oʻqitishingizdan yoki qanday turdagi oʻquv
materiallaridan foydalanish yoki foydalanmasligingizdan qat’i nazar sizga talabalaringizning sinfdagi
ijodkorligini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. Kraft (2005), Fisher ( 2005) ijodkorlikning yetti ustunini
eng avvalo koʻp yillik sinf tajribasini hisobga olgan holda asoslab chiqishgan. Har bir ustun va ustundagi
boʻlimlar darsda darhol foydalanish uchun yaratilgan metodik oʻyinlar va amaliy qarashlarni oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |