# 4, 2020 pedagogik mahorat*педагогическое мастерство*pedagogical skill


# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL



Download 4,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/299
Sana13.01.2023
Hajmi4,67 Mb.
#899233
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   299
Bog'liq
Pedagogik mahorat 4-son 2020 yil

# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
93 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari ma'naviyati rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu sababli ota-ona 
kitobdan foydalanishda quyidagi omillarga e'tibor berishlari lozim: 
1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kitob oʻqish ishtiyoqini shakllantirish nihoyatda murakkab 
jarayondir. Bu masala ularlarning kitobxonlikka boʻlgan munosabatini belgilaydi. Tan olish kerak, 
boshlangʻich sinf oʻquvchilarining bugungi kitobxonlik darajasi qoniqarli emas. Bu ijtimoiy muammodan 
chiqib ketishning yagona yoʻli ota-onaning yordamga kelishidir. Maktabda oʻqituvchi, uyda ota-ona bolada 
kitob oʻqish koʻnikmasini hosil qilishi kerak. Bunda oddiydan murakkablikka, ya'ni murakkabligi jihatidan 
normal, bolaning kamolot darajasiga mos boʻlgan kitoblar tanlash qoʻl keladi. 
2. Kitob tanlashda bolaning ma'naviy darajasini hisobga olish lozim. Ota-onaning bolada kitob oʻqish 
koʻnikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob tanlashga yordam berishdir. Ularning saviyasiga mos boʻlgan 
adabiyotlarni keng targʻib qilish bolalarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning yetuk
barkamol insonlari boʻlib yetishishi uchun va ma'naviyatining yuksakligi bilan oilasiga va jamiyatga foyda 
keltirishga olib keladi. Buning uchun oilada kitobxonlik ruhi boʻlishi kerak. Kitob tanlashda bolaning yosh 
xususiyatini hisobga olish uning ratsional oʻsishiga olib kelsa, ma'naviy darajasini hisobga olish esa 
intellektual rivojlantiradi. Bu esa ratsionallikdan koʻra keng qamrovli va samaralidir. Oiladagi kitobxonlik 
ruhi bevosita bola ruhiyatiga ham ta'sir etadi, shu sababli, bunda birinchi galda badiiy adabiyotni
keyinchalik ixtisosliklar boʻyicha kitoblarni tavsiya etish mumkin. 
3. Kitob tanlashga ixtisoslashish. Oʻqituvchi, ota-ona oʻsmirni kitobxonga aylantirib borishida uni 
ixtisoslashtirib borish yoʻlini tutishi kerak. Bu borada eski texnologiya - bola yuqori sinfga oʻtganda 
ixtisoslashtirish kerak, degan fikrdan voz kechish lozim. 
Aksincha, dastlabki (boshlangich) bosqichlardanoq bolaning ma'naviy dunyosi, tarbiya muhiti, 
qiziqishi, dunyoqarashi va ruhiy xususiyatlari hisobga olinib, ixtisoslashtirilib borilishi kerak. Bu tajriba 
Amerika ta'lim tizimida oʻzini oqlagan. Ularda bolani 12 yoshga qadar ixtisoslashtirishga harakat qilinadi va 
shunga qarab kitob tanlab beriladi. Bu dastlab mutaxassislarni choʻchitgan edi, lekin Amerika ta'lim 
tizimining keyingi 30 yillik tajribasi oʻsmirlarni boshlangʻich sinflardayoq ixtisoslashtirish samarali 
ekanligini isbotladi. Natija oʻsmirda mustaqil fikrlash va harakat qilishga intilishning paydo boʻlishiga 
erishildi. 
Kitob tanlashda faqat oʻzbek adabiyotigina emas, qardosh va chet el adabiyoti namunalaridan ham 
bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq boʻladi. Sh.Peroning “Qizil shapkacha”, aka-uka Grimmlar, 
M.Tven, X.K. Andersen, J.Rodari, J.Svift, R.Hamzatov, N.Dumbadze, Ch.Aytmatov, A.S.Pushkin asarlari
K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, S.Marshakning hikoyalari doimo bolalar uchun qiziqarli. 
Oilalarda yana bir muhim muammo - kitobni asrash va uni oʻzidan keyingi oila a'zolariga yoki 
boshqalarga yetkazishdir. Koʻpincha biz kuzatgan oilalarda kitob tanlash, uni oʻqishga e'tibor beriladi-yu, 
lekin avaylab-asrashga, kitobga mehrni tarbiyalashga befarq qaraydilar. Kuzatishlar natijasida darsliklar, 
juda koʻp rangli bolalarbop kitoblar yirtilib, chizilib, axlat qutilariga tashlanganligining guvohi boʻldik. 
Bolalarga “Kitob ham nondek aziz”ligini tushuntirishda kattalarning oʻzi ibrat boʻlishi zarur. Ajdodlarimiz 
doimo qogʻozni uvol qilmanglar, uni avaylab-asranglar deb kelganlar. Bu an'anani yosh avlod ongiga 
singdirish bir tomondan bolalarda kitobni asrash eng muhim insoniy xislat sifatida shakllantirsa, ikkinchi 
tomondan hozirgi bozor iqtisodi sharotida kitob zahirasini yaratish muhim omil sanaladi. Ayniqsa, 
serfarzand oilalarda xoh darslik boʻlsin, xoh badiiy yoki ommaviy adabiyotlar boʻlsin, ular har bir xonadon 
a'zosiga oʻzidan keyingi oila a'zolariga ham kerakligini tushuntirish asosiy vazifalardandir. 
Boladagi barcha tarbyaviy xislatlar dastlab oilada shakllanadi, demak, kitobxonlik ham oʻz oilasi 
a'zolari koʻmagi va ta'sirida yuzaga keladi, rivojlanadi. Kitobxonlikning yaxshi yoki sust rivojlanishida 
oiladagi boshqa a'zolarning kitobga, oʻqishga munosabati katta ta'sir koʻrsatadi. Ota-ona har bir ishda
jumladan kitobga munosabat va uni oʻqishda ham bolalariga oʻrnak boʻlishlari lozim. Oilada bola 
kitobxonligining faollashuvida shaxsiy kutubxonadagi kitoblarni birgalikda oʻqish va ularni muhokama 
qilish; ota-onaning boladan har bir javob haqidagi shaxsiy tushuncha va fikrini soʻrash, bu fikrni bildirish 
uchun bolaning kitob haqida mushohada yuritishni oʻrganish (aniqrogʻi oʻrganish) muhimdir. 
Kitobxon - oʻquvchi oilada oʻrgangan hayotni kitobdagi hayotiy voqealar bilan boyitib, hayot haqidagi 
tushunchalari, insoniy fazilatlar, yaxshilik, qadriyatlarni, avlodlari hayoti bilan faxrlanish, Vatanga 
muhabbat, doʻstga sadoqat, hurmat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik fazilatlari yuksalib boradi. Bu borada eng 
katta yordamchi badiiy adabiyotdir. Badiiy adabiyotda har qanday voqea-hodisa badiiy obrazlardan, 
ta'sirchan shaklda ifodalandiki, unda yosh kitobxon koʻp fazilatlarni oʻrganish, ma'nan boy shaxs boʻlib 
shakllanishi mumkin. 
Yuqoridagi mulohazalardan koʻrinadiki, ma’naviy barkamol kitobxon avlod tarbiyasida oila muhim va 
mustahkam poydevor. Shu bois jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini 
https://buxdu.uz



Download 4,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish