Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish takomillashtiriladi


YaG‘Hdagi mablag‘larni jalb etuvchi tijorat banklari quyidagi talablarga mos bo‘lishlari lozim



Download 6,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.01.2023
Hajmi6,03 Mb.
#898802
1   2   3   4
Bog'liq
Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish takomillashtiriladi

YaG‘Hdagi mablag‘larni jalb etuvchi tijorat banklari quyidagi talablarga mos bo‘lishlari lozim:
YaG‘Hdan jalb qilingan mablag‘larni miqdoridan qat'iy nazar oxirgi 12 oy davomida joylashtirilgan depozitlar
bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlarning mavjud emasligi;
YaG‘Hdagi mablag‘larni jalb etish paytida Markaziy bank tomonidan alohida operatsiyalarni amalga oshirish
yoki bank faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qo‘llanilgan sanksiyalarning mavjud emasligi;
«Standard & Poorʼs» va «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentliklarining «V» darajasidan past bo‘lmagan,
shuningdek «Moodyʼs» agentligining «V2» darajasidan past bo‘lmagan uzoq muddatli kredit reytingining
mavjudligi;
YaG‘Hdan joylashtiriladigan mablag‘larning xajmi bank depozit portfelining 10 foizidan oshmasligi kerak;
umumiy kapitali miqdori 200 mlrd so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak;
majburiy rezerv normativlari talablarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi.
G‘aznachilik xar chorak birinchi oyining 20 sanasiga qadar depozitlarga joylashtirilishi rejalashtirilayotgan
mablag‘lar hajmi, muddati va minimal foiz stavkasini aniqlab Markaziy bank bilan kelishganidan so‘ng,
YaG‘Hdagi mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish bo‘yicha yagona buyurtmani Markaziy
bankka taqdim etadi.
Muhim
Lenta
Maqola
Media


G‘aznachilik Makaziy bank bilan kelishgan xolda YaG‘Hdagi bo‘sh mablag‘laridan kelib chiqib, chorak
davomida mablag‘larni joylashtirish hajmiga o‘zgartirish kiritishga haqli. Markaziy bank tijorat banklarida pul
massasi likvidliligi oshib ketish xatari mavjud bo‘lganda barcha mablag‘larni yoki bir qismini joylashtirishni
rad etishga haqli.
G‘aznachilikning buyurtmasiga asosan YaG‘Hdagi mablag‘larni depozitlarga joylashtirish parametrlari
to‘g‘risida e'lon Markaziy bank va O‘zRVBning rasmiy veb-saytlarida YaG‘Hdagi mablag‘larni depozitlarga
joylashtirish sanasigacha uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
Markaziy bank mablag‘larni depozitlarga joylashtirish kunida YaG‘Hdagi mablag‘larni depozitlarga
joylashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha buyurtmani savdo tizimiga joylashtiradi.
Tijorat banklari depozitlarga mablag‘ jalb etish uchun buyurtmalarni mablag‘ xajmi va jalb qilish foiz
stavkasini ko‘rsatgan xolda savdo tizimiga joylashtiradi.
Tijorat banklarining buyurtmalari foiz stavkalarning pasayishi tartibida qanoatlantiriladi, ya'ni tijorat banklari
taklif etgan eng yuqori foiz stavkasidan boshlab eng past foiz stavkasigacha. Savdo tizimida bir xil foiz
stavkasida bir nechta buyurtmanomalar mavjud bo‘lsa, birinchi navbatda tizimga vaqt bo‘yicha kech
kiritilgan buyurtmanomadan oldinroq kiritilgan buyurtmanoma birinchi navbatda qondiriladi. Bunda, oxirgi
buyurtmanoma qisman qanoatlantirilishi mumkin. Buyurtmalarni kiritish vaqti bir xil bo‘lgan hollarda ushbu
buyurtmalar proporsional ulushlarda qanoatlantiriladi. E'lon qilingan YaG‘Hdagi mablag‘lar xajmi to‘liq
hajmda joylashtirilmagan hollarda, joylashtirilmagan qismi keyingi savdo sessiyalarida joylashtiriladi.
YaG‘H mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha bitimi amalga oshgandan so‘ng, savdo tizimi bitimni ro‘yxatdan
o‘tkazilib unga ro‘yxat raqami berilib, bitim amalga oshganligini tasdiqlovchi va depozitga joylashtirish
uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi birja guvohnomasini Markaziy
bank va tijorat banklariga taqdim etadi.
Depozit operatsiyalari yakunlangandan so‘ng, Markaziy bank birja guvohnomasi va tuzilgan bitimlar
bo‘yicha yig‘ma ma'lumotni G‘aznachilikka yuboradi.
G‘aznachilik tomonidan YaG‘Hdagi mablag‘larni joylashtirish bo‘yicha depozit operatsiyalari amalga
oshirilgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan birja guvohnomalari asosida YaG‘Hdagi
mablag‘larni tegishli g‘azna shaxsiy hisobraqamlaridan tijorat banklarining depozit hisobraqamlariga
ko‘chirib beriladi.
YaG‘Hdagi tijorat banklari tomonidan jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha foiz to‘lovlari depozitga mablag‘
ko‘chirilgan kundan boshlab mablag‘ni qaytarish kuniga qadar (bunda mablag‘larni qaytarish kuni hisobga
olinmaydi) yillik 365 kalendar kunidan kelib chiqib hisoblanadi. Zarurat bo‘lganda, G‘aznachilik tijorat
banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablag‘larni muddatidan avval qaytarilishini talab qilishi mumkin.
Muddatidan avval qaytarish shartlari G‘aznachilik bilan tijorat banklari o‘rtasidagi Bosh shartnomada
belgilanadi.
Tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan mablag‘lar, shu jumladan, foizlar o‘z vaqtida qaytarilmagan
taqdirda G‘aznachilik Bosh shartnomada belgilangan tartibda qarzdorlikni undiradi va har bir kechiktirilgan
kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi. Penya
hisobiga kelib tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus jamg‘armasiga
o‘tkaziladi.

Download 6,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish