Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish
takomillashtiriladi
12 12 / 29.01.2019
7251
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining Yagona G‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish jarayonini
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi
joylashtirildi
.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya
vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga
joylashtirish bo‘yicha yagona organ etib belgilanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni
joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
ilgari joylashtirilgan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar depozit muddati tugaguniga qadar tijorat banklarining
depozit xisobvaraqlarida saqlanadi va depozit shartnomasida belgilangan
muddatlarda qaytariladi;
Muhim
Lenta
Maqola
Media
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar, shu jumladan g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan
budjetdan tashqari jamg‘armalar vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga buyurtmalar taqdim etish yo‘li bilan joylashtiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona G‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni
joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Moliya vazirligi G‘aznachiligi va Markaziy bank o‘rtasida
tuziladigan shartnomaga asosan Markaziy bank Moliya vazirligining YaG‘Hdagi mablag‘larni
tijorat banklari
depozitlariga joylashtirish bo‘yicha fiskal agent vazifasini amalga oshiradi.
YaG‘Hdagi mablag‘larni depozitlarga jalb qilish maqsadida, tijorat banklari G‘aznachilik bilan umumiy
talablarni va mablag‘larni depozitlarga joylashtirish tartibini belgilovchi Bosh shartnoma tuzadi. YaG‘Hdagi
mablag‘larning
hisobini yuritilishi, o‘z vaqtida qaytarilishi va foizlarning hisoblanishini nazorat qilishni tashkil
etish maqsadida G‘aznachilik tomonidan “To‘lovlar markazi” dasturiy mahsulotidan foydalaniladi.
YaG‘Hdagi bo‘sh mablag‘lar tijorat banklari depozitlariga G‘aznachilikning buyurtmasi asosida Markaziy
bank tomonidan joylashtiradi. G‘azna ijrosi bilan qamrab olingan Davlat maqsadli jamg‘armalari
va boshqa
maqsadli jamg‘armalar (DMJ va BMJ) shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning
o‘z vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga G‘aznachilikka buyurtmalar taqdim etish yo‘li
bilan joylashtiradilar. Hududiy G‘aznachilik bo‘linmalari budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari
oluvchilarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirish bo‘yicha buyurtmalarini ichki elektron kanallar
orqali yuboradilar.
YaG‘Hdagi mablag‘larni joylashtirish Markaziy
bank tomonidan qaytaruvchanlik, to‘lov qobiliyati, likvidlilik
va diversifikatsiya tamoyili asosida O‘zRVB tomonidan o‘rnatilgan birja savdolari
qoidalariga muvofiq holda
savdo tizimi orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank bitta tijorat banki tomonidan depozitga jalb etilishi
mumkin bo‘lgan mablag‘ hajmining limitini o‘rnatishga haqlidir.