V bob. Birlashgan o‘zar
29-MAVZU: DO‘STLIK
Birgalikda bajaramiz
Ma’naviyat xazinasidan
Mulohaza uchun
1. Do‘stlik qoidalarini bilasizmi?
2. Siz o‘zingiz ushbu qoidalardan qaysi biriga amal qi-
lasiz?
3. Daftaringizga do‘stlikni mustahkamlovchi qoidalardan
yozing va ularga rioya qilishga harakat qiling:
a) o‘zingiz uchun ma’qul bo‘lgan 5 ta qoidani dafta-
ringizga yozing;
b) partadoshingiz bilan muhokama qiling. Fikrlaringizni
umumlashtiring;
d) toq partadagi o‘quvchilar juft partadagi o‘quvchilar
(orqa parta)ga o‘girilib,
¿
krlarni muhokama qiling va
umumlashtiring;
e) har bir qator 3 ta guruhga birlashib, takli
À
arni 7 ta
qoidaga umum
lashtiring;
f) umumlashgan
¿
krlarni doskaga iling;
g) endi diqqat bilan har bir guruh tomonidan ishlangan
do‘stlik qoidalarini o‘qib chiqing;
h) barcha qoidalarni yana 10 ta qoidaga birlashtirib
chiqing.
Do‘stlik – barcha boylikdan afzal.
DO‘STLIK LAFZI
(Bo‘lgan voqea)
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi Ik-
kinchi jahon urushi qatnashchisi Nikolay otaning xonadonida
meh mon bo‘ldik. Bizni ko‘ksi medallarga to‘la, qotmadan kel-
gan nuroniy otaxon qar
shi oldilar. Ismidan ruslarga o‘xshab
#HGXUWPBX]
101
Tarbiya, 7-sinf
Ijodiy faoliyat
1. Do‘st qanday qilib oyna bo‘lishi mumkin?
2.
Do‘st bo‘lish uchun do‘stlikning hamma qonun-
qoidalariga rioya qilish, do‘stiga har qanday yo‘l bi-
lan yordam ko‘rsatishga intilish kerakmi? Har doim
do‘stingizning
¿
krini ma’qullaysizmi?
3. Fikringizni «Do‘stlik lafzi» hikoyasi bilan bog‘lang.
ketadigan Nikolay otani ko‘rishni tax-
min qilganim uchun avvaliga biroz
ikkilandim. Gapdan gap chiqib, ismiga
qiziqib qoldim.
«Qishloqda meni Qurbonboy cha-
vandoz deyishardi. Navqiron yoshimda
urushga ketdim. Nikolay ismli moskva-
lik yigit bilan og‘a-ini tutindik. Bir kuni
yonginamizda mina portlab, ikkalamiz
ham o‘raga quladik. O‘zimga kelganim-
da Nikolay tuproq ostida qolgan ekan.
Uni chiqarib olib, ikki cha
qirim olisdagi bo‘linmaga ko‘tarib olib
keldim. Do‘stim o‘ziga kelgan kuni menga nom alma
shishni taklif
qildi. Xullas, kim tirik qolsa, halok bo‘lgan inisining nomini olish-
ga ont ichdik», – shu yerga kelganda Nikolay otaning ko‘zlari
namlandi.
Oradan bir fursat o‘tib, daladagi otishmada battol o‘q uning
moskvalik do‘stining ko‘ksiga tekkan. Urushdan tirik qaytgan Qur-
bonboy qishloq
doshlari oldiga kutilmagan talabni qo‘ygan. «Meni
endi Qurbonboy emas, Nikolay deb chaqiringlar. Qurbon urush-
da o‘ldi», – deydi. Avvaliga hamma hayron bo‘lib, uning
¿
kriga
qarshi chiqdi. So‘ng voqeani
eshitganlar ta’sirlanib, uni qo‘llab-
quvvatladilar. Shu tarzda Qurbonboy
«Nikolay Rahmetov»ga ay-
langan edi. Bu o‘zbek o‘g‘loni do‘stlik hurmati, inilik onti bois
dushmanga qar
shi kurashib jon bergan askarning nomini asr
osha shon-sharaf bilan ko‘tarib yuribdi.
Bu voqeani yozar ekanman, ko‘ksim g‘ururga to‘lib, shunday
tanti farzandlari bor xalqim bilan faxrlanib ketdim.
#HGXUWPBX]
102
Do'stlaringiz bilan baham: |