Tsin, Xan davlatlari (eramizdan avvalgi
III asr-eramizning III asri)
424
Er. avv. 246-yil Sin taxtiga o’n yoshli Chjen
chiqdi. Er. avv. 238 yil yosh podsho Chjen o’ziga
qarshi fitnani fosh qiladi. Eramizdan avvalgi 230 yil
asosiy raqib Xan podsholigini, er. avv. 228-221
yillarida esa, boshqa beshta podsholiklarni bosib
oladi. Eramizdan avvalgi 221 mamlakatni birlashtirish
tugallanadi. 28 yoshli In Chjen «Sin sulolasining
birinchi imperatori» Sin Shixuandi unvonini qabul
qiladi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga ko’ra
ershi («Ikkinchi»), san'shi («uchinchi») va toki o’n
ming avlodgacha ular nihoyasiga merosxo’r
bo’ladilar deb tantanali e'lon qiladi. Ammo bu davlat
bor yo’g`i 14 yil yashadi.
Mamlakat hududi 36 yirik ma'muriy okrugga
bo’lingan, har bir okrug uyezdlarga, uyezdlar
volostlarga, volostlar esa bir necha jamoadan iborat
edi. Okrug boshlig`i va okrug qo’shin boshligi
imperator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig`i
esa uyezd boshlig`i va ularning muovinlarini
tayinlagan. Imperatorning ikki maslahatchisi bo’lib
ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar.
Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya,
sud, imperator oilasi bo’limi va inspektsiya nazorat
bo’limlaridan tashkil topgan. Qat`iy markazlashgan
davlat boshqaruvi aparatida eng quyi bo`g`inda jamoa
oqsoqollari turar edi. Davlat aholi hayotini barcha
jabhalarini qat`iy bir qolipga soldi: aholidan barcha
qurollar tortib olinib, qo`ng`iroqlar qo`yildi.
425
mamlakat bo`yicha yozuv, pul, tanga, o`lchov
birliklari unifikatsiya qilindi, beqiyos, shavqatsiz
ruhda bo`lgan yagona qonunchilik tizimi joriy
qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan, o`lim
jazosi barcha ayblar uchun qo`llanilgan. Ommaviy
ravishda Katorga ishlariga surgun qilingan. Odamlar
Sin davridan oldingi davrlarni xotirasidan chiqarishi
uchun Sin podsholigidan oldingi yozuvdagi asarlarni
yo`q qilishga buyruq berilgan. Qadimiyatga e`tiqod
qilganlari uchun yuzlab konfutsiy ta`limoti muxlislari,
olimlar jismoniy yo`q qilingan. Butun Xitoy aholisi
og`ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko`rilmagan
qurilish: 5 ming km. uzunlikdagi buyuk devorni
bunyod qilishga kirishildi. Epon imperator saroyi va
tog’ ichida o’yilgan imperator sog`onasi qurilib,
sog`onaga balandligi o`rtacha odam o`lchovida
bo`lgan 6 ming jangchi haykallari joylashtirildi va
Xitoyni butun hududi aholisi bu qurilishlarga zo`rlik
bilan haydab kelindi. Imperator qo`shinni shimolga
xunlarga qarshi va Yanszi daryosi va Janubiy Xitoy
dengizi oralig`i havzasidagi mamlakatlarni ishg`ol
qilishga yuborildi.
Er. avv. 207 yilda xalq qo’zg`oloni Sin sulolasini
agdarib tashladi. Qo’zgolon boshliqlaridan biri
mayda amaldor Lyu Ban eramizdan avvalgi 202 yil
«Xan vani» unvonini qabul qilib, Xan imperiyasiga
asos soladi. Bu sulola Xitoyda eramizning III
asrigacha hukmronlik qiladi. Imperator Gao-szu (Lyu-
426
Van) (er. avv. 202-195 yillar) xalqni ahvolini
yengillashtiradigan tadbirlarni amalgam oshiradi.
Qarzi uchun qul qilinganlar qullikdan ozod qilinadilar,
jamoalarga vaqtinchalik imtiyozlar berilib, soliqlar
Sin davridagidan 10 marta kamaytirilib, hosilni 1/15
qismini tashkil etdi. Keyingi imperator Syao Ven-di
(er. avv. 180-165 yillar) xalqni ahvolini yana
yengillashtirdi. U saroy xarajatlarini kamaytiradi,
dehqonlardan olinadigan yer solig`ini kamaytiradi.
Qarindoshining jinoyati uchun jazo berishni,
imperatorni haqorat qilgani uchun jazoni bekor qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot er. avv. II asrda Sariq dengizdan
boshlanib O`rtayer dengizigacha borgan Buyuk ipak
yo`li shakllandi.
Imperator U-di (eramizdan avvalgi 104-87
yillar) boshqaruvi yillari Xan imperiyasining eng
gullab - yashanagan davri edi. U-di markazlashtirish
siyosatini olib boradi. Vanlarga meros mulkni faqat
katta o’g`li emas, balki barcha o’g`illari o’rtasida
taqsimlash joriy etiladi. Natijada merosiy
mulklarning hajmi keskin qisqarib ular amalda
hokimiyatdan maxrum bo’ladilar. Markaziy davlat
apparati mustahkamlanadi. Okrug amaldorlari
faoliyatini nazorat qiladigan nazorat inspektori qayta
tiklanadi. Okrug boshliqlari tomonidan amaldorlik
vazifasiga qobiliyatli kishilarni muntazam tavsiya
etish tizimi joriy qilinadi. Imperatorning birinchi
maslahatchisining vakolat doirasi cheklanadi.
427
Imperator kanselyariyasi tashkil etilib, U-di joylarni
boshqarish tizimlarini faoliyatini nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Konfusiylik davlatning yagona mafkurasi
sifatida qabul qilingan. U-di faol istilochilik siyosatini
olib boradi. U shimolda ko`chmanchi xunnlar
hududini bosib olishga harakat qiladi. Xunnlar bilan
urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan va O’rta
Osiyo bilan birinchi aloqalarni o`rnatadi. U-di
eramizdan avvalgi 139 yilda o’z elchisi Szyan
Syanni O’rta Osiyo («G`arbiy o’lka»)ga yuborgan,
elchi o’n yildan keyin Xitoyga qaytib keladi.
Xitoyliklar Farg`ona, Baqtriya va Parfiya to’g`risida
bilimga ega bo’ladilar va bu mamlakatlar bilan aloqa
o’rnatadilar. Ana shu vaqtda Xitoy O’rta Osiyodan
uzum, poliz ekinlari, musiqa asboblari, idish-
tovoqlarni o’zlashtirib oladi. Keyinchalik Xitoy O’rta
Osiyodan budda dinini qabul qiladi.
Xitoy Hindistonga boradigan yo’lda Yuanyan
va Sichuanni bosib oladi. Eramizdan avvalgi 109 yilda
Koreya yarim orolidagi Choson davlatini bosib olgan.
Imperator U–dining hukmdorlik yillari qadimgi
Xitoy tarixida «oltin davr» deb hisoblandi. Xan
davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari,
qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. Manbalar
bu davrdagi yirik quldor xo’jaliklari, qul bozorlari
to’g`risida ma'lumot beradi. Er. avv. II-I asrlarda
xalqning iqtisodiy ahvoli yana og`irlashadi, yer va
428
boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oladi. Qarzi
uchun o`zi va oila a`zolarini qul qilish yana
rivojlanadi. Yer katta yer egalari qo`lida to`plana
boshlaydi, qaram dehqonlar ko`payadi. Yer ijara haqi
juda yuqorilab ketadi. Yollanma mehnat keng
tarqaladi.
Eramizning I yillarida yirik amaldor Van Man
imperator hokimiyatiga ega bo’lib yer egaligi va
quldorlik munosabatlarida islohot o’tkazadi. Bu
vaqtda dehqonlarning yersizlanishi kuchayib, katta-
katta yer maydonlari alohida qullarda to’planib
qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki
deb e'lon qilib, yerni sotishni ta'qiqlaydi. Qul savdosi
ham ta'qiqlanadi, ammo bu islohotlar amalga
oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy hayoti
toboro tushkunlikka yuz tuta boradi. Xalq
harakatlaridan so’ng, Xitoy III asr boshlarida uch
mustaqil davlat Vey, Shu va U ga bo’linib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |