Qadimgi Xitoy tarixi manbalari
Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko’p aniq
davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mavjud. Bu
bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir.
Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy
yilnomalari eng avvalo Lu podsholigi davrida
tuzilgan er. avv. VIII-V asrlar voqealari yoritilgan
«Chunsyu» yilnomasi muhim ahamiyatga ega.
417
«Chunsyu» matni bilan an'anaviy ravishda uning
muallifi qadimgi Xitoy faylasufi Konfusiya nomi
bog`lanadi.
Yilnomalar bilan yaqin bog`langan eng avvalo,
«Shan-shu» («Shiszin»-qo’shiqlar kitobi) nomli
kitob va boshqa qadimgi Xitoy tarixiy asarlari
janridir. Bu asarlarda hukmdorlar va ularning
yaqinlarining so’zlari mavjud. Bizgacha yetib kelgan
«Shan-shu» matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash
mumkin. Chunki bu manbaning ba'zi boblari keyingi
davrlarga oid.
Eramizdan avvalgi I asrda qadimgi Xitoyda
yangi tarixiy asarlar paydo bo’ldi. Bu asarlar Xitoy
tarixnavisligida katta o’rin tutadi. Ana shunday
asarlardan biri Sima Syanning (er. avv. 105-90 yillar)
«Tarixiy yozishmalar»i edi. Bu asar qadimgi Xitoy
ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti to’g`risida boy
ma'lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni
bayon qilishda kishilar faoliyatini bayon qilish usulini
tanlaydi.
Sima Syanning tarixnavislik usulidan «Xan
tarixi» muallifi Gu Garbiy Xan (er.avv. 206 yil)
sulolasinining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu
Xitoy tarixnavisligining yangi «sulolalar tarixi»
nomini olgan janr asoschisi bo’lgan.
Xitoy tarixini arxeologik o`rganishda amalga
oshirilgan ishlar muhim ahamiyatga ega. Arxeologik
qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou
418
shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. avv. III
asr) topilgan.
Tarixnavislik
An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o’ziga xos
xususiyat:
- Xitoy madaniyatining boshqa qo’shni
madaniyatlardan ustunligi;
- Xitoy davlatchiligini kelib chiqishini afsonalarga
boglab o’ta qadimiylashtirish ajralib turadi.
Xitoy tarixini o’rganishni o’rta asrlarda Yapon
olimlari boshlab berdilar. Yaponiyada Xitoy tarixini
barcha davrlari o’rganildi. Mashhur xitoyshunos olim
Kaydzuka Sigeki Qadimgi Xitoy davlatlarini
shakllanishiga oid kapital tadqiqotlar muallifi
hisoblanadi.
Yevropada Xitoy tarixini o’rganishda fransuz
tadqiqotchilari katta yutuqqa erishdilar. XX asr
boshlarida E. Shavann «Sima Syanning «Tarixiy
yozishmalar»»ni tarjima qila boshladi. Mashhur
sharqshunos olim fransuz A. Maspero «Qadimgi
Xitoy» nomli kapital asarini yaratdi.
AQShda XX asrning 60-yillari oxirida «Qadimgi
Xitoy tarixini o’rganish» xalqaro jamiyati tashkil
topdi. AQShda Xitoy tarixini kelib chiqishi
Xitoydan bo’lgan olimlar o’rganadi.
419
Do'stlaringiz bilan baham: |