Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


ERKAKLAR JINSIY A’ZOLARI. (ORGANA GEN1TAHIA MASCULINA)



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

ERKAKLAR JINSIY A’ZOLARI. (ORGANA GEN1TAHIA MASCULINA) 
Erkaklar jinsiy sistemasi bir juft bez - urug’don va urug’ olib chiqruvchi naylar, prostata bezi, 
urug’ pufakchalari vajinsiy olat kabi a’zolardan ' iborat. 
URUG’DON (TESTIS) 
Anatomik jihatdan urug’don ovalsimon tanachadan iborat. U bir necha qavat pardalar bilan 
o’ralgan bo’lib, shulardan ikki-tasi - seroz va oqsil pardalar urug’donning xususiy pardalari 
hisoblanadi. Seroz parda mezoteliy hujayralaridan iborat bo’lib, urug’donning asosiy qismini 
o’rab turadi. U aniq chegarasiz elastik tolalarga boy bo’lgan zich biriktiruvchi to’qi-madan iborat 
fibroz, ya’ni oqsil pardaga (tunica albuginea) o’tadi. 
Urug’don oqsil pardasining chuqur qatlamlarida tomirlar ko’p bo’ladi, shuning uchun bu qism 
tomirli parda (tunica vasculo-sa) sifatida ajratiladi. i Oqsil parda urug’donning bir tomonida 
qalinlashadi, bu er urug’don oralig’i
(mediastinum 
testis) deb nomlanib, uning ichida kapillyarlar va urug’don to’ri (rete testis) joylashadi. SHu 
oraliqdan tomirli pardaga qarab radial yo’nalishda biriktiruvchi to’qimali to’siqlar (septulum 
testis) tarqaladi. To’siqlar urug’donni bo’laklar (lobulus testis) ga bo’ladi. Bo’laklarning keng 


388 
asosi tashqariga, uchi urug’don oralig’iga qarab yo’nalgandir. Bo’laklarning soni odamda 100-
250 tagacha etadi. To’siqlar elastik tolalarga boy bo’lib, ulardan ancha yirik bo’lgan urug’donni 
oziqlantiruvchi qon tomirlar o’tadi. 
Har bir bo’lakda 1-2 dona egri-bugri urug’ kanalchalari tubulus seminifer contortus) joylashadi. 
Bu kanalchalarning uzunligi 70-80 sm gacha etadi. Urug’donda hammasi bo’lib, 300-450 
tagacha egri-bugri kanalchalar mavjud. Urug’don bo’lagiiing uchida egri-bugri urug’ naylari 
to’g’ri kanallar (tubulu seminifer rectus) ga o’tib, urug’don to’rini hosil qiladi-da, urug’ olib 
chiquvchi naylarga aylanadi. 
Egri-bugri urug’ naylarining tuzilishi. Egri-bugri urug’ nay-lari.ingichqa naylardan iborat bo’lib, 
ularning devori tayanch hujayralar - sustenototcitlar (Sertoli hujayrasi) hamda ular orasida 
joylashgan jinsiy hujayralardan - spermatogen hujayralardan tashki topgan bo’ladi (241-rasm). 
Kanalchalarning tayanch va spermatogen epiteliysi plastinka-simon biriktiruvchi to’qima bilan 
qoplangan bazal membranada yotadi. Biriktiruvchi to’qima aylana va bo’ylama yo’nalgan kolla-
gen va ular orasida yotgan elastik tolalardan iborat bo’lib, ular urug’ naylarining devoriga 
anchagina zichlik beradi. 
Sertoli hujayralari yirik konus shaklida bo’lib, uchlari bilan nayning bo’shlig’iga yo’nalgandir. 
Ularning keng asosi bazal membranada yotadi. Hujayra tanasidan har tomonga nozik 
tcitoplazmatik o’simtalar chiqadi. Bu o’simtalar qo’shni tayanch hujayralarining shunday 
o’simtalari bilan tutashadi. Bu hu-jayralarning tcitoplazmasida yog’lar, lipoid tomchilari, oqsil 
kristallari va boshqa ko’plab trofik kiritmalar uchraydi. Hu-jayraning uchburchaksimon yadrosi 
hujayraning pastki qismida joylashadi. Tayanch hujayralar spermatogen epiteliyning oziq- 
241-rasm. Urug’don. Gematoksilin- eozin bilan bo’yalgan. 06. 10. ok. 10 
1 - urug’donning egri- b>gri naychalarn; 2- spermatogen epnteliy hujayralari; 3- naychalar oraliq 
to’qimasi; 4 - interstitciy hujayralari. 
lanishini ta’minlaydi, spermatidlarning metabolitik mahsu-lotlarini yutadi. Xuddn shu 
hujayralarning o’simtalari hosil qilgan to’rda spermatogen epiteliy hujayralari joylashadi. Bazal 
membrana ustida, tayanch hujayralarining orasida, yosh jinsiy hujayralar - spermatogoniy 
hujayralari joylashadi 
(242-rasm). 
Spermatogenez. Erkaklar jinsiy xujayrasi - spermatozoid-lar urug’donning egri-bugri 
kanalchalarida paydo bo’ladi. Sper-matogenez deb nomlanuvchi bunday jarayon balog’at 
yoshiga et-ganlarda boshlanadi. Urug’donda spermatozoidlarning ishlab chiqarilishi jinsiy 
aktivlik so’nguncha davom eta beradi va eg-ri-bugri nay devorida spermatogenezning turli 
davriga mansub bo’lgan jinsiy hujayralar ma’lum bir tartibda joylashadi. Spermatogenez 
jarayoni 4 davrga bo’lib o’rganiladi: 1) ko’gi^ish; 2) o’sish; 3) etilish; 4) shakllanish. 
K o’ p a y i sh davrida spermatogoniy hujayralari son jiha-tidan ortib boradi. Spermatogoniy 
hujayralarining o’lchamlari juda kichik. Ular spermatogen epiteliyning tashqi-periferik qavatini 
tashkil qiladi va bevosita bazal membrana ustida yotadi. Bazal membranada yotgan hujayralar 
qavati bo’linadi, natijada, hujayralar soni ko’payadi va bu holat sig’ishmagan hujayralarnipg 
yuqori qavatga ko’tarilishiga olib keladi. Bu 


389 
242-rasm Egri-bugri nay ko’ndalang kesimining elektron mikrofotografiyasi. 
x 580. 
1 - egri- bugri nay bo’shlig’i; 2 - Sertoli hujayragi; 3 - spermatogoniy; 4 - xremesoma - 
larning paxiten bosqichidagi birlamchi spermatotcit; 5-spermatidlar; 6 - Leydig (inter- 
stitciy) hujayralari; 7 - naynpng kapillyar va venulalari. 
hujlyralar endi mitotik bo’linish qobiliyatini yo’qotadi va sper:,k)togenezning keyingi o’sish 
davriga o’tadi. 
Usish davriga o’tgan hujayralarning o’lchamlari osha bosh-laydi. Bu davr yirik birinchi tartibli 
spermatotcitlar hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu hujayralar egri-bugri nay devorida 
spermatogen epiteliydan keyingi ikkinchi qavatni 
egallaydi. 
Etilish davrining boshlanishi bilan birinchi tartibli spermatotcit ikkinchi tartbli spermatotcit 
(prespermatidlar) ga bo’linadi. Etilish davrining o’ziga xos xususiyatlaridan biri 
shundakk, hosil bo’lgan presperyagatidlar interkinez davrgitg 
o’tamasdan qayta ikkiga bo’linadi. Bunday bo’linishi redaktcion bo’linish yoki 
meyoz 
deb 
ataladi. 
Reduktcion bo’linish yoki meyoz. Har bir hayvon yoki o’simlik hujayralarining yadrosida 
xromosomalarning soni doimiydir. Odamning somatik hujayralari 46 ta xromosomaga ega. 
Urug’lanish jarayonida tuxum va urug’ hujayralarining qo’-shilib homila taraqqiy etishida har bir 
tur uchun xos bo’lgan xromosomalar soni saqlanib qoladi. Bu esa tayyor bo’lgan jin-siy 
hujayralarning xromosomalar soni somatik hujayralarga nisbatan ikki barobar kam bo’lishi bilan 
ifodalanadi. Somatik hujayralarda diploid son (46 ta) bo’lsa, jinsiy hujayralarda 
xromosomalarning soni gaploid songa (23 taga) tengdir. 
Xromosomalar sonining kamayishi (reduktciyasi) spermato-genezning etilish davrida ro’y 
beradi. Reduktciya hodisasi shu davrda bo’lib o’tadigan bo’linishning ketma-ket - interkinez 
davrisiz qaytalanishi orqasida hosil bo’ladi. 
Reduktcion bo’linishga tayyorlanish spermatogenezning o’sish davrida boshlanadi. Birinchi 
tartibli spermatotcit yadrolarida o’sish davrida xromosomalar uzun ipchalar sifatida ko’rina 
boshlaydi, yadro qobig’i va yadrocha saqlanib qoladi. Bu davr leptogen davr (leptos - ingichka) 
deb yuritiladi. Leptogen xro-mosomalarda buralganlik kamroq bo’lib, ular ingichka va uzun-
roqdir. SHu belgisi bilan bu xromosomalar kariokinezning boshlang’ich fazasi - profazada 
kuzatiladigan xromosomalardan farqlznib turadi. Leptogen xromosomalarning halqasimon bo’lib 
egilganligi ko’rinadi. Ularning umumiy soni diploid songa (46) teng. Leptogen bosqichdan so’ng 
gomologik xromosoma-lar juftlapshb yig’iladi (konyugatciya) va uzunasi bo’ylab bir-biriga 
zichlashadi, ba’zan o’zaro chirmashishi ham mumkin. Bu davr - sinapten yoki zigoten (synapsis 
- qo’shilish, zygoo - qo’-shish) davri, deb yuritiladi. Buning ahamiyati shundaki, o’zaro 


390 
kon’yugatciyalangan (chirmashgan) xromosomalar orasida gen al-mashinuvi bo’lib turadi. Uzaro 
chirmashib, buralish natijasida xromosomalar kaltalashadi va yo’g’onlashadi. Bu davr paxiten 
(pachys - yo’g’on) davr deyiladi. So’ngi davrda kon’yugatlar o’zaro bog’langan holda qisman 
ajraladi va har bir xromosoma-larda bo’ylama yoriq ko’rinadi - bu esa diploten (diploos - 
ikkilangan) davrdir. Xromosomalarning spiralsimon buralishi davom etadi. Bunda bir-biriga 
chirmashgan, har biri 2 ga aj-ralgan juft xromosomalar turlicha shakldagi qisqa tanacha --
tetradalarga aylanishini kuzatish mumkin. 23 dona tetrada hosil bo’ladi, chunki har bir tetrada 
ikkita o’zaro kon’yugatciya-lashgan xromosomadan iborat. Har bir tetrada tarkibidagi xro-
mosoma uzunasiga ikkiga bo’linganligi uchun bir tetradada to’rtta alohida xromosoma bo’ladi 
(tetra - to’rt demakdir). SHu tetrada tutgan xujayra I tartibdagi spermatotcitdir. 
linish metafazasi ketib, o’zaro chirmashgan xromosomalar o’zla-rining yoriqlari bilan ekvatorial 
plastinka bo’ylab yotadi. Anafazaga kelib tetrada yoriqlaridan ajralib hosil bo’lgan diadalar deb 
nomlanuvchi xromosomalar turli qutbga qarab suriladi va II tartibli spermatotcitlar hosil bo’ladi. 
Demak, bitta ikkinchi tartibli spermatotcit tetradaning yarmini, ya’ni diadani oladi. Ikkinchi 
tartibli spermatotcitdagi diadalar-ning soni birinchi tartibli spermatotcit yadrosidagi tetrada 
soniga (23 ga) teng. Etilish davridagi interkinez davri bo’lma-ganligi uchun xromosomalar 
keyingi bo’linish uchun soni oshmagan (reduplikatciyalanmagan) holatda o’tadi. Diada 
xromosomolari ekvatorial plastinka bo’ylab o’zlarining o’simtalari bilan joy-lashib oladi. 
Ikkinchi tartibli spermatotcit diadalari bo’linib monadalarni hosil qiladi va bu monadalar qutbga 
qarab aj-raladi. Ykkinchi tartibli spermatotcit bo’linishidan spermatid-lar hosil bo’ladi. Ularning 
yadrosidagi monadalar soni ikkinchi tartibli spermatotcit yadrosidagi diadalar soniga teng, ya’ni 
gaploid bo’ladi. 
Xulosa qilib aytganda, mitozdan meyozning farqi xromoso-malarning kon’yugatciyasi yuz 
berishi va etilish davrining bi-rinchi bo’linishi va ikkinchi bo’linishi orasida interkinez davri-
ning yo’qligidir. Bu esa spermatidlarda xromosomalar sonining ikki marta kamayishiga sababchi 
bo’ladi. 
Demak, etilish davrining oxirida boshlang’ich 1 ta sperma-togen epiteliydan gaploid xromosoma 
tutgan 4 ta spermatid hosil bo’ladi. Spermatidlar boshqa bo’linmaydi va oxirgi shakl-lanish 
davriga o’tadi. 
SHakllanish yoki spermogenez. Spermatidlar un-cha yirik bo’lmagan yadroli yumaloq 
hujayralardir. YAdro atro-fida plastinkasimon kompleksning zichlashgan zonasi, tcentroso-ma 
va mayda mitoxondriyalar joylashadi. Spermatidlarning qayta tuzilish jarayoni plastinkasimon 
kompleks zonasida yadro yuzasiga tegib turgan zichlashgan granula paydo bo’lishidan bosh-
lanadi. Bu akroblastdir. Keyinchalik akroblastning o’lchamlari kattalashib, g’ilof sifatida yadroni 
qoplaydi, akroblastning o’rtasida esa zichlashgan tanacha - akrosoma differentcialla-shadi. 
SHakllanayotgan spermatid o’z akrosomasi bilan, odatda, tayanch Sertoli hujayrasining apikal 
yuzasiga qarab turadi. Bunda spermatidning qarama-qarshi chetiga, urug’ kanali ichiga qaragan 
tomonga ikki tcentrioladan iborat tcentrosoma surila-di. TCentrosomaning tcentrodesmozi yadro 
yuzasiga perpendikulyar holda joylashadi. Bundan keyingi o’zgarishlar natijasida proksimal 
tcentriola yadro qobig’iga tegib yotadi, distal joy-lashgani esa ikkiga bo’linadi. Distal 
tcentriolaning old qis-midan xivich shakllanadi, so’ngra u spermatozoid dumining o’q ipiga 
aylanadi. Distal tcentriolaning orqa yarmisi aylana Hosil qiladi. Bu halqacha xivichi bo’ylab 
surilib, spermatozoid-ning o’rta qismining orqa chegarasini hosil qiladi. 
Spermatidning taraqqiyot jarayonida uning yadrosi asta-eekin zichlashadi va xromatin gomogen 
zich massa ko’rinishini oladi. Dum qismining o’sishi bilan spermatidning tcitoplazmasi yadro 
atrofidan sirg’alib, shakllanayotgan spermatozoidning o’rta qismiga suriladi. Mitoxondriyalar 
xivchinchaning proksimal qismi yonida joylashadi. Spermatid tcitoplazmasi, spermatozo-idga 
aylanayotganda, kuchli ravishda reduktciyaga uchraydi. 
Spermatogen epiteliy buzuvchi ta’sirlariga o’ta sezgir hisob-lanadi. Turli intoksikatciyalarda, 
avitaminozlarda, ochlikda, ayniqsa, radiatciya nuri ta’sirida spermatogenez jarayoni su-sayishi, 
hatto to’xtab, spermatogen epiteliysi atrofiyaga uchrashi mumkin. 
Egri-bugri urug’ naylarining oralaridagi siyrak birikti-ruvchi qatlamlarda ko’plab qon va limfa 


391 
tomirlari hamda nerv tolalari yotadi. Egri-bugri urug’ nayi va bo’lak ichida qon kapillyarlarining 
atrofida urug’donning yirik interstitciy bez hujayralari (glandulo cytus testis) - Leydig 
hujayralarining to’plami joylashadi. Bu hujayralar yirik, yumaloq yoki ko’p qirrali bo’lib, 
tcitoplazmasida lipidlar, glikogen kiritmalari va turli kristalloidlar tutadi. Esh ortib borgan sari 
hujayra tcitoplazmasida pigment yig’ila boradi. Trofik kiritmalarning ko’pligi, interstitciy 
hujayralari spermatogen epiteliyning oziqlantirishda qatnashadi deyishga imkon beradi. Bundan 
tashqari, Leydig hujayralari shu bilan bir qatorda erkaklar jinsiy gormoni ishlanishida ishtirok 
etadi, deb qaraladi. Urug’donning faoliyati gipofiz bezining oldingi bo’limida ishlanuvchi 
gonadotrop gormonining ta’siriga bog’liq. 
Urug’donning yoshga qarab o’zgarishi. YAngi tug’il-gan bolalar urug’donining og’irligi 800 mg 
ga teng bo’lib, bo’lak-larga bo’linganligi yaqqol ko’rinib turadi. Urug’donlar bu davr-da siyrak 
tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimali stro-mada yotuvchi uncha egri-bugri bo’lmagan, 
ba’zan bir-birlariga tegib yotuvchi urug’ kanalchalaridan iboratdir. Urug’ kanalchala-ri tor, 
bo’shlig’i deyarli ko’rinmay, ba’zan kanal hujayralari uni to’la bekitib qo’yadi. Kanal hujayralari 
etilmagan Sertoli hujayralari, spermatogoniylar va birlamchi gonotcitlardan iborat. 
Erkaklar jinsiy sistemasining bola tug’ilgandan so’nggi taraqqiyotining b i r i nch i to’rt yili 
statik davrdeb nomlanadi. Bu davrda urug’ kanalchalari kichik o’lchamga ega bo’-lib, ozgina 
egri-bugridir. Hujayralar esa bir qavat bo’lib yotadi. Urug’donning maxsus funktciyasi 
kuzatilmaydi. 
4 yoshdan 10 yoshgacha davr urug’don postnatal taraqqiyotining ikkinchi davridir. Bu davr 
ichida kanallarda spermato goniy va birinchi tartibli spermatotcitlarni uchratish mumkin. 
Interstitciyda Leydig hujayralariga asos bo’luvchi hujayralar paydo bo’lib, differentciallasha 
boshlaydi. Hujay-ralar o’lchamlarining oshishi, jinsiy hujayralar sonining ko’-payishi, I tartibli 
spermatotcitlarning paydo bo’lishi, tayanch 
hujayraning differentcirovkasi bu davrni bolaning organiz- 
mida jinsiy sifatlarning paydo bo’lish davri deyishga asos beradi. 
Uchinchi davr 10 yoshdan 12-16 yoshgacha bo’lib, taraqqiyot davri deb nomlanadi. Morfometrik 
kuzatishlar urug’donning bu davrida intensiv o’sishini tasdiqlaydi. Hujayralar katta-lashadi va 
soni oshadi. Ayniqsa, Sertoli hujayralari sezilar-li darajada o’zgaradi. Ularning yadrosi 
kattalashadi, 1-II tartibli spermatotcitlar ko’payadi. Ba’zan spermatidlar ham uchraydi. 12-14 
yoshlarda kanalda etarli darajada spermato-tcitlar bo’ladi. Bu davrda urug’ chiqaruv yo’llarining 
taraqqiyoti ham sezilarli darajada bo’ladi. Urug’don ortig’i morfologik jihatdan katta yoshdagi 
odamlarniig urug’don ortig’idan farq qilmaydi. 
Spermatogenezning muntazam ro’y berishi urug’don taraqqi-yotining to’rtinchi davri 
hisoblanadi. Spermatogen epiteliyning barcha hujayralari hamda spsrmatozoidlarning kanallarda 
uch-rashi bu davrning muhim morfologik belgisidir. 
18-20 yoshdan boshlab aktiv spermatogenez davri boshlanadi. YUqori funktcional aktiv holat 
50-55 yoshlargacha davom etadi. 50 yoshdan 80 yoshgacha urug’donda atrofik, distrofik va 
nekrobio-tik xarakterdagi jarayonlar rivojlanib boradi. Bu o’zgarish-lar 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish