1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari, kompyuterlarning avlodlari va ularning imkoniyatilari, kompyuterlarda qo‘llanilgan protokollar, ilovalar va texnologiyalar



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana07.01.2023
Hajmi0,49 Mb.
#898237
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Ma\'ruza



1-MA’RUZA. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari
kompyuterlarning avlodlari va ularning imkoniyatilari, kompyuterlarda 
qo‘llanilgan protokollar, ilovalar va texnologiyalar. 
 
Kompyuter tarmoqlari fanini o‘qitishdan asosiy maqsad - kompyuter 
tarmoqlarining qurilish tamoillari, kompyuter tarmoqlarining topologiyalari va 
texnologiyalari haqidagi bilimlarni, hamda kompyuter tarmoqlarida axborot 
almashinish jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdir. 
Fanning vazifalari - zamonaviy kompyuter tarmoqlari tuzilishining o‘ziga 
xos xususiyatlari, ularda qo‘llanilayotgan qurilmalarning tuzilishlari va 
ko‘rsatkichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat. Fanni o‘rganish natijasida
kompyuter tarmoqlarida axborot almashinish jarayonlarini qanday amalga 
oshirilishini, ularda qo‘llaniladigan asosiy protokollar, hamda Internet 
tarmog‘ining tuzilishi qanday ekanligi haqidagi ma‘lumotlar berib boriladi. 

Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari. 
Xozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona 
axborot makonini ta‘riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim axamiyatga ega. 
Buni butun dunyo kompyuter tarmogi xisoblanmish Internet misolida yakkol 
ko‘rish mumkin. Uzatish kanallari orqali uzaro bog‘langan kompyuterlar majmuiga 
kompyuterlar tarmog’i
deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot 
almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa 
bo‘lib foydalanishni ta‘minlaydi. 
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaxo asbob-uskunalar katta 
xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli 
vositaga va ma‘lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli 
olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday 
tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish 
jarayonini butunlay o‘zgartirib yubordi, xizmat ko‘rsatishning eng keng tarqalgan 
tarmog‘i - elektron pochta orkali axborot almashuvni amalga oshirishdir. 
Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq 
resurslariga oddiy, qulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa 
bo‘lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari 
o‘rtasida ma‘lumotlar uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta‘minlash. Katta 
xajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlar saqlanadi, qayta 
ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchi ishlashi uchun 
ma‘lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi.
Ma‘lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda: 
-
ma‘lumotlarni markazlashtirishda,
-
ma‘lumotlarni ma‘lum masofaga uzatish. 
Ma‘lumotlarni taqsimlab qayta ishlash borasida ko‘pgina vazifalar mavjud.
Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin:
-
bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar bozorning axvolini aks ettiruvchi 
tijorat tizimi («talab-taklif»);
-
ijtimoiy ta‘minot tizimi;
-
soliq; 


-
har-xil turdagi xizmalar;
-
masofadan turib kompyuter ta‘limi; 
-
avia chiptalarni zaxira qilib qo‘yish tizimi; 
-
uzoqdan turib tibbiy tashxislar saylov tizimi.
Ko‘rsatilgan ushbu barcha qo‘shimcha ma‘lumotlar to‘planishi, saqlanishi va 
undan foydalana olish (kirish) noto‘g‘ri ma‘lumotlar bo‘lishida va ruxsat 
berilmagan kirishdan ximoyalangan bo‘lish kerak. Ilmiy, xizmat, ta‘lim, 
ijtimoiy va madaniy xayot soxasidan ko‘plab kishilarga qulayliklar 
yaratilmoqda.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish