Part 7, Issue 1: August 27
th
2022
~ 22 ~
www.interonconf.com
o‘ziga xos bo‘lib, u o‘rni bilan nasrdan va nasrdagi mazmunga mos keluvchi nazmdan
foydalangan. Bu xalq og‘zaki ijodidagi dostonlarimiz uslubini eslatadi.
Yuqorida sarlavhada tilga olingan ikki momoning surgunda boshidan
kechirganlari turkum uchun aso vazifasini o‘taganidan uning tarkibidagi she’rlar ham
aynan ular so‘zlayotgan holatga mos ravishda shakllantirilgan. Xususan, turkum
tarkibidagi 1- nasr va she’r “Haydov” deb nomlangan. Unda insonlarni o‘z yurtidan
quvg‘in etishlari aks ettirilgan. Turkumdagi keyingi qismlar “Bitlar”, “Palaxmon”,
“Chorlov” kabi nomlar bilan atalgan. “Palaxmon” she’ridagi quyidagi misralarda yana
bir mavhum tushuncha armon va palaxmon poetik obrazlari yaratilgan:
Tandirlar o‘yildi. O‘choqlar o‘chdi.
Yig‘ladi, beshikka belangan armon.
Sen yerda qay qonli qo‘llarga tushding,
Xudoning qo‘lidan tushgan palaxmon
7
.
Ya’ni ushbu misralardagi armon insonlarning ushalmagan kelajak orzulari
ma’nosida kelgan bo‘lsa, palaxmon esa asli otiladigan tosh ma’nosini anglatsa-da, bu
o‘rinda qizlarning baxti, ya’ni turmush qurishlari ma’nosi uchun ramziy obraz sifatida
qo‘llanilgan. Misralardan qizlar baxti, ya’ni turmushga chiqib, bir oilaning bekasi
bo‘lishlari haqidagi orzular mustamlaka siyosat qatag‘oni tufayli armon bo‘lib
qolganligi aks ettirilgan.
Turkumdagi “Ochlik” deb nomlangan she’rda ochligidan kavushni non deb
tishlagan bolaga aytilgan so‘zlarda o‘ziga xos obrazlar qo‘llanilgan:
Mag‘zi kul bir bug‘doy qobig‘i – olam,
Zamin – to‘kilmagan bir kosa sabr.
Tandir kesagimas yeganing, bolam,
Yeganing kimningdir suyagi – ko‘mir
8
.
Ya’ni bu o‘rinda qo‘llanilgan “mag‘zi kul bir bug‘doy qobig‘i” epiteti shunday
go‘daklarga vafo qilmagan dunyo uchun mos bo‘lgan, ichi bo‘sh, bo‘sh ham emas, balki
kul bo‘lan bug‘doyning mag‘zi sifatida qo‘llanilgan. Yer yuzi esa bu sabr kosasi to‘lgan
holatda, chunki u inson zotiga qilinayotgan bunday jabru jafolardan to‘ygan holatda,
bola og‘ziga solgan kalish esa boshqa bir vafot etgan jabrdiydaga tegishli bo‘lgani
uchun ham u kimningdir suyagi sifatida tavsiflanmoqda.
Turkumdagi oltinchi va so‘nggi she’r “Naqshigulning tushlari” deb nomlanadi.
Ushbu she’rda Xorazmlik qizning surgundagi, tutqundagi iztiroblari, Vatan sog‘inchi
aks ettirilgan. Ushbu obrazni tavsiflashda shoir “yer guli”, “tushovli kiyik”, “ma’yus
xushro‘y” kabi sifatlashlar qo‘llanilgan.
Shoir Eshqobil Shukurning “Urushdan keyingi urush” turkumi tarkibidagi
“Asorat”, “Urush”, “Qaytish”, “O‘zbek otaning qirq uchinchi yildagi faryodlari”, “Qirq
7
Eshqobil Shukur. Hamal ayvoni. – T.: Sharq, 1995. 179-bet.
8
O‘sha kitob, 180-bet.
THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH
TURKEY international scientific-online conference
Do'stlaringiz bilan baham: |