Porshenli nasoslar va ularning asosiy parametrlari, tuzilishi
va ishlash prinsiplari
Jumaboy Xusanovich Xolbutayev
Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya:
Birinchi holda suyuqlikka energiya berayotgan mexanizm nasos
sifatida ishlasa, ikkinchi holda gidrouzatma sifatida ishlaydi. Suyuqlikka potensial
energiya berish uni nasosning harakatlanuvchi qismlarining ta’sirida siqish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Kalit so’zlar:
nasos, korpus, suyuqlik, apparat, g’ildirak, energiya, plunjer,
porshen, parrak.
Piston pumps and their basic parameters, principles of
construction and operation
Jumaboy Khusanovich Kholbutaev
Jizzakh Polytechnic Institute
Abstract:
In the first case, the mechanism that supplies energy to the fluid acts
as a pump, in the second case it acts as a hydraulic pump. Potential energy transfer to
the fluid is achieved by compressing it under the action of moving parts of the pump.
Keywords:
pump, body, fluid, hardware, wheel, energy, plunger, piston, blade.
Nasosning tezyurarligini oshirish borasida olib borilgan ishlar o’kiy (parrakli)
nasoslarning yaratilishiga olib keldi. Tezyurarlikni oshirish, yuqorida aytilganidek,
ish g’ildiragi chiqish va kirish diametrlarining nisbatini va
2
burchakni kamaytirish
yo’li bilan amalga oshiriladi. Natijada D
2
= D
1
bo’lgan o’kiy nasos paydo bo‘ladi.
O’kiy nasosning sxemasi keltirilgan. Bu nasosning parraklar o’rnatilgan psh
g’ildiragi
1
va
2
ga o’rnatilgan hamda
3
va
4
podshipniklarda aylanadi. Ish g’ildiragi
suyuqlik oqib o’tishi uchun qulay shakldagi vtulkaga o’rnatilgan parraklardan iborat
bo‘lib, uning aylanishi natijasida suyuqlik harakatga kelib, yo’naltiruvchi apparat
5
ga o’tadi.
Ish g’ildiragi va yo’naltiruvchi apparat truba shaklidagi korpus
6
ga o’rnatilgan.
Nasos tomonidan tortilayotgan suyuqlik korpusdan o’tib tegishli bo’limga
yo’naltiriladi.
b
va
v da ish g‘ildiragchning ko‘ndalang kesimi g’ildirak bilan yo’naltiruvchi
apparatning silindrik kesimdagi yoyilmasi keltirilgan. Suyuqlik kirishda ukiy
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
424
yo’nalishda harakatlanib, ish g‘ildiragidan o‘tganda markazdan qochma - kuch
ta’sirida radial yo’nalishga siljiydi va spiral ko’rinishda harakat qiladi. Yo’naltiruvchi
apparatdan o’tganda esa yana o’kiy yo’nalishni qabul qiladi. Bu esa gidravlik
qarshilikni kamaytirib, nasos vujudga keltirgan bosimni oshirishga yordam beradi.
Tezyurarlik koeffitsienti markazdan qochma nasoslarga qaraganda katta, o‘kiy
nasosga qaraganda kichik bo’lgan nasoslar turi diagonal nasoslar bo’lib, ularda
chiqish va kirish diametrlarining nisbati birdan kattaroq. Diagonal nasoslarning
siljishi o‘kiy nasosga o‘xshagan bo‘lib, asosan ish g’ildiragining shakli bilan
farqlanadi. Parraklar vtulkaga 45° li burchak ostida mahkam o’rnatilgan bo’ladi.
Nasoslarning tezyurarlik koeffitsientiga qarab guruhlash
Bunday nasoslarning parraklari 60° va 45° ga qiyalangan, ularning burchagini
o‘zgartiruvchi mexanizm bilan ta’minlangan turlari ham mavjud. Ularning ba’zi
turlarida esa suyuqlik o’q bo’yicha kirib, ish g’ildiragidan o’qqa ma’lum burchak
ostida chiqadi. Shunday qilib, bu nasoslarda markazdan qochma kuch qisman
foydalanilgani uchun, u hosil qilgan bosim kattaroq bo’ladi.
Hajmiy nasoslar suyuqlikning ma’lum bir hajmini ajratib olib, unga kuch ta’sir
qilish yo’li bilan harakatga keltiradi. Ajratib olingan hajm u juda kichik bo’lishiga
qaramay, bu jarayon vaqt birligida juda ko‘p marta takrorlagani uchun, bunday
nasoslar kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlay oladi.
Energiya nuqtai nazaridan qaraganda, hajmiy nasoslar ajratib olingan hajmdagi
suyuqlikning potensial energiyasini oshirib beradi. Bu potensial energiyadan ikki xil
usulda foydalanish mumkin: suyuqlikni yuqorida ko’tarish yoki trubada oqizish;
foydali ish bajarish yoki ikkinchi bir mexanizmni harakatga keltirish. Birinchi holda
suyuqlikka energiya berayotgan mexanizm nasos sifatida ishlasa, ikkinchi holda
gidrouzatma sifatida ishlaydi. Suyuqlikka potensial energiya berish uni nasosning
harakatlanuvchi qismlarining ta’sirida siqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon
ajratib olingan va biror bo’limni to’latgan suyuqlikka katta bosim berish yo’li bilan
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
425
yoki ajratib olingan suyuqlikni katta kuch yordamida, o’zgarib boruvchi sohaning
ichida kattaroq hajmli qismdan kichikroq hajmli qismga siljitish yo’li bilan amalga
oshiriladi.
Hajmiy nasoslarning ishlash prinspi
Birinchi usulga suyuqlikni porshenli va plunjerli nasoslarda siqish misol bo’ladi.
Bunda ish bo’lmasiga so’rish klapani yordamida so’rib olingan suyuqlik hajmiga
siqish vaqtida plunjer yoki porshenning bosimi natijasida potensial energiyasi oshib
borib, bosim ma’lum chegaraga yetgandan keyin haydash klapani ochiladi va undan
suyuqlik katta tezlik bilan otilib chiqadi. Bu
jarayondagi suyuqlik hajmining
kamayishi
abed
vaziyatdan
ah'c'd
vaziyatga o’tishi va haydash klapanidan
suyuqlikning chiqa boshlashi ko‘rinishida tasvirlangan. Amalda, suyuqliklar kam
siqiluvchan bo‘lganligi uchun, suyuqlikning siqilishi shaklda ko‘rsatilganidek
katta
bo‘lmaydi. Ikkinchi usulda suyuqlik aylanma harakat qilayotgan ikki plastinka
(plastinkali nasoslar) yoki boshqa turdagi ikki to’sik (shesternyali,
vintli. nasoslar)
orasida harakat qiladi. Bunda hajmning kamayishi
b
da
abed
vaziyatdan
a'b'c'd'
vaziyatga o’tishi bilan tasvirlangan. Ko’rilayotgan usulda suyuqlik energiyasining
ortishi hajm o’zgarmasdan, suyuqlikni chegaralovchi to‘siqlarning juda katta tezlik
bilan harakatlanishi bilan ham, amalga oshirilishi mumkin (shesternyali. vintli
nasoslar).
Hajmiy nasoslarning sarflari katta bo‘lmaydi, lekin ular yordamida yuqori bosim
olish mumkin. Shuning uchun ularni kamroq suyuqlik tortiladigan, biroq yuqori
bosim kerak bo’ladigan sharoitlarda juda ko’p qo’llaniladi, hajmiy nasoslar
suyuqliklarga siquvchi kuchning qaysi usulda berilishiga
qarab ikki katta turga
bo’linadi. Birinchisi ish bo’lmasi harakatlanmaydigan va boshqaruvchi zvenosining
harakati ilgarilama-qaytma harakatga aylantiriladigan mashinalardir. Bularga
porshenli va plunjerli nasoslar kiradi va suyuqlikka kuch porshen yoki plunjerning
harakat yo’nalishida beriladi. Ikkinchi tur nasoslarda siquvchi bo’lma rotor bilan
birga aylanadi va kuch suyuqlikni chegaralovchi to’siqlar harakati yo’nalishida
beriladi. Shunday nasoslar rotorli nasoslar deb ataladi. Hajmiy nasoslar keltirilgan
sxema bo’yicha guruhlanishi mumkin. Porshenli nasoslar siquvchi organining va ish
bo‘lmasining tuzilishiga qarab porshenli hamda plunjerli nasoslarga bo’linadi. Bu
nasoslar bir vaqtda ishlaydigan ish bo’lmalari bitta yoki ko’p harakatli nasoslarga
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
426
bo’linadi. Ko’p harakatli nasoslarga ikki, uch, to’rt, besh va olti harakatli nasoslar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |