27
8.2- mashq.
Nuqtalar o‘rni ga qavs ichidagi so‘zlardan mo sini tanlang.
1. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning „Al-jabr va al-muqobala“ kitobi
atigi 80
betdan iborat, ammo bu kitobning dovrug‘i … (asir, asr)lar osha bu
-
tun jahonga … (taralgan,
yoyilgan, tarqalgan). 2. Londondagi birinchi … (yurt,
xalq) kutubxonasining asoschisi S. Fenkorning talabi bilan kitob varaqlarini
buklagan kishilarga nisbatan jazo chorasi qo‘llangan:
aybdorlar jazolangan yoki
7 yil qamoqqa … ( amr, hukm, qaror) qilingan. 3. Kitobdan o‘zingizga yoqqan vo -
qea … (hayoli, xayoli ) bilan oz muddat bo‘lsa-da, yashab ko‘rganmisiz?
(A.Muxtor)
4. Bir … (qayta, marta, qur) o‘qiladigan kitobning hozirgi kuni bor, takror-takror
o‘qiladigan asarning … (yoriq, yorug‘) kelajagi bor.
(A.Dyuma)
5. Abu Rayhon
Beruniy yozgan 150 ta kitobning 70 tasi … (astronomiya, falakiyot, ilmi nujum)-
ga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga,
3 tasi ob-havo masalalariga, 3
tasi minerologiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunos
-
likka, 15 tasi … (tarix, o‘tmish, qadim)shunoslik va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga
va 18 tasi adabiyotga … (ato etilgan, bag‘ishlangan, baxsh etilgan).
(U. Karimov)
6. Rimning mashhur shoiri Franchesko Petrarka (1304 –1374)ning izzat-ikromini
shu darajada joyiga qo‘yishganki, u o‘z sayohati davomida … (asl, asil) muxlis
-
laridan biri bo‘lgan zargarning uyida bir kecha … (uxlagach, dam olgach, tuna
-
gach), xonadon sohibi shu xonaning devoriga oltin suvini yuritib chiqqan ekan.
7. Kopernikning 40 yil davomida yozgan „Sayyoralarning quyosh tevaragida
aylanishi“ nomli kitobida keltirilgan … (dalil, dadil)lar
bugungi nazariyotchilar
uchun haqiqiy maktab bo‘ldi. 8. Markaziy Osiyo hududidagi dastlabki kutubxona
eramiz ning uchinchi asrida … (azim, azm) Xorazmda … (vujudga kelgan, paydo
bo‘lgan, hosil bo‘lgan).
8.3- mashq.
Berilgan so‘zlardan foydalanib, gaplar tuzing va
„Go‘zal bitiklar“
tan-
lovida qatnashing.
Afsona bo‘lmoq, hayratlanarli, samimiyat, latif, to‘lqinlanmoq, fusunkor.
Nazariy matn
Nutqda so‘zlarni noo‘rin qo‘llash holatlari uchraydi. So‘zlarni anglash,
farqlash, tanlash va qo‘llash bilim va farosatni talab qiladi. O‘rinli va noo‘rin
qo‘llashni aniqlash uchun ham bilim, farosat va mantiqiy tafakkur taqozo etila
-
di. Masalan, nutqda „
Kechirasiz, mening joyimga o‘tirib olibsiz
“ gapida
o‘tirib
olmoq
so‘zi, „
Ikki kishi talashib qolishibdi
“
jumlasida
talashmoq
so‘zlari
noo‘rin qo‘llangan. Ular o‘rniga gaplarni „
Kechirasiz, bu joyni men band qil-
gan edim
“, „
Ular tortishib qolishibdi“
deyish farosatdan darak beradi.
http://eduportal.uz