119
xo‘jaligining juda ko‘p tarmoq korxonalarida ishchi-xodimlarga mehnat haqi
to‘lashda qo‘llanadi.
Vaqtbay ish haqi shaklida mehnat haqi xodimlarning ishlagan vaqtlari:
kunlari va soatlariga qarab to‘lanadi. Vaqtbay ish haqi shaklida asosan rahbar va
idora xodimlariga mehnat haqi hisoblanadi. Chunki ularning bajargan ishlarini
ko‘pincha qandaydir miqdor bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Xuddi shunday bajargan
ishlarining miqdorini o‘lchab bo‘lmaydigan ishchilarga
ham vaqtbay ish haqi
qo‘llanib, ularga bir oylik maosh belgilanadi. Vaqtbay shaklida ish haqi olinadigan
ishchilarga qaravul, farrosh va shu kabi ishchi kasblarini kiritish mumkin.
Korxona xodimlari kasbiga qarab: xizmatchilar va ishchilar guruhlariga
bo‘linadi. Xizmatchilar guruhi o‘z navbatida rahbarlar, mutaxassislar va boshqa
xizmatchilar guruhlariga bo‘linadi. Korxona rahbar xodimlariga: prezidentlar,
direktorlar, raislar, boshliqlar, bosh mutaxassislar (bosh buxgalter, bosh muxandis
va shu kabilar) va rahbarlarning o‘rinbosarlari kiradi. Mutaxassislarga:
iqtisodchilar,
buxgalterlar, muxandislar, agronomlar va shu kabi boshqa shu kabi
maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasblar kiradi.
Ishchilar guruhiga barcha korxonalarda asosiy faoliyatni bajarishda
ishlaydigan: ya’ni ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida
ishlayotgan xodimlar kiradi.
Korxonalarda vaqtbay va ishbay ish haqining turli ko‘rinishlari qo‘llanishi
mumkin: oddiy ishbay mehnat haqi, ishbay-mukofotli turi, progressiv ishbay haqi,
akkord va shu kabi turlari. Vaqtbay ish haqida
ham xuddi shunday turlari
qo‘llanishi mumkin. Bundan tashqari xodimlarga turli qo‘shimcha haqlar berilishi
mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:
*
mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan joylarda ishlagan xodimlarga.
Bunday ishlarning va kasblarning ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanadi;
*
cho‘l, tog‘li va suvsiz joylarda ishlagan xodimlarga rayon koeffitsientlari
sifatida ustama belgilanadi;
*
kechasi, me’yordan ortiqcha ishlaganligi yoki bayram kunlari ishlaganligi
uchun ustama;
*
qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlarida ishlaydigan xodimlarga, ishining
doimiy ravishda harakatda va borish-kelish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ustama;
*
ishi doimo yo‘lda bo‘ladigan aloqa, temiryo‘l,
suv va avtomobil transporti
xodimlariga ustama;
*
yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqiga qo‘shib
beriladigan ustama;
*
va shu kabilar.
Bundan tashqari vaqtbay va ishbay ish haqi shakllarida xodimlarning
moddiy manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida mukofotlash usullaridan
foydalanadilar. Korxonalar mukofatlash tizimini kasaba uyushmalari yoki tegishli
organlar bilan kelishib oladilar. Xodimlarning ish haqini xalq xo‘jaligi tarmoqlari,
mintaqalar (xududlar) bo‘yicha, ishlab chiqarish turlari,
malaka talab qiladigan
kasblar bo‘yicha tabaqalashtirish davlat tarif tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarif
tizimi tarif-malaka ma’lumotnomasini, tarif stavkasi va setkasini hamda ish haqiga
belgilanadigan
tarif
koeffitsientlarini
o‘z
ichiga
oladi.
Tarif-malaka
120
ma’lumotnomasida kasb va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, aniq ishni
bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar berilgan.
Hozirgi paytda byudjet qaromog‘idagi (fan, sog‘liqni saqlash, maorif,
mudafaa va shu kabilar) muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi 2000 yil 20 iyulda qabul qilingan Yagona tarif setkasi (YATS) asosida
xodimlarga mehnat haqi hisoblaydi. Xalq xo‘jaligidagi boshqa tarmoq davlat,
davlat-aksiyadorlik korxonalari ham ushbu YATS
asosida xodimlariga mehnat
haqi belgilaydilar. Boshqa mulk shaklidagi korxonalar o‘zlarining moliyaviy
ahvolidan kelib chiqqan holda ish haqini belgilashi mumkin. Lekin ish haqini
belgilashda YATS asos qilib olinishi kerak. YATSda barcha ishlarga haq to‘lash 0
dan 22 razryadgacha guruhlashtirilgan bo‘lib, har bir razryadga tegishli tarif
koeffitsienti belgilangan. Shu tarzda xodimlarga beriladigan ish haqi,
kasbning
maxsus tayyorgarlikni, malakani talab qilishiga qarab tabaqalashtirilgan
¡
zbekiston
Respublikasi Vazirlar Ma
і
kamasining 2004 yil 2 iyuldagi
№
309 Qaroriga binoan
2004 yil 1 avgustdan mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi
q
o‘yidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: