107
haqidan ya’ni brutto ish haqidan – daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma va
boshqa tulovlarni ayirib tashlangandan qolgan qismi tushiniladi.
Mustaqillik yillarida qishloq aholisiga juda ko‘p
yerlar maydoni tomarqa
qilib bo‘lib berildi. Qishloq aholisi bu tomarqa yerlaridan o‘zi uchun, ortiqcha
qismini sotish uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib, natura va pul
ifodasida daromad oladi.
Bozor munosabatlari sharoitida aholi tadbirkorlik faoliyatidan ham foyda
olishi mumkin. Foyda tadbirkorning yalpi tushgan daromadidan faoliyatini yuritish
uchun qilgan harajatlari o‘rtasidagi farqdan iborat.
Dividend – bu aksiyadorga foyda taqsimlanganda tekkan ulushdir.
Aksiyalar = oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Imtiyozli
aksiyalarning divident
olishi kafolatlangan. Aksiyadan olinadigan nominal daromad (And) qo‘yidagicha
aniqlanadi.
And =
А
b
D
х
100
. Bu yerda D – dividend, Ab – aksiya bahosi.
Foiz – pul egasining pulini boshqalarga qarzga berganligi uchun olgan
daromadi. Foiz summasi uning stavkasiga bog‘liq.
Foiz stavkasi kredit (ssuda) ga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq.
Fns (foizning nominal stavkasi) =
К
S
К
D
х
100
= Bu yerda KD – ko‘zlangan
daromad, QS – qarz summasi.
Foiz stavkasiga inflyatsiya darajasi katta ta’sir etadi. Shuning uchun real foiz
stavkasi (Frs) baho indeksi asosida aniqlanadi Frs =
NS
F
x Jp:
Renta – kuchmas mulk egalarining mulkini (yer, imorat, va shu kabilar)
ijaraga berib, olgan daromadi hisoblanadi.
Nafaqa va stipendiyalar aholi daromadlarining maxsus turi hisoblanadi.
Qarilik nafaqasi – ishlab topilgan, lekin keyin berish uchun yig‘ilgan daromad.
Nogironlik nafaqasi yordamga muhtojlarga, ko‘p bolali oilalarga berilgan
nafaqalar aholini ijtimoiy himoya bilan bog‘liqdir.
Stipendiya – talabalarga yordam puli. Kelajakda jamiyatga naf keltiradi.
Demak, yuqoridagi aholining barcha daromadlari individual daromadlariga
kiradi. Undan tashqari aholi jamiyat miqyosida
bepul beriladigan xizmatlar
(bolalar bog‘chasi, maktabda o‘qitish va shu kabilar) kiradi.
Aholi daromadlari (D) dinamikasini o‘rganganda, daromad indekslaridan
foydalanadi. Jd =
D
о
D
∑
∑
1
;
Har bir aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar.
J
jd
=
1
1
S
D
∑
:
So
D
о
∑
: bu yerda: S – aholining o‘rtacha soni;
2000 yilda aholi boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi 96000 so‘mga yaqinni
tashkil qilgan va 1997 yilga nisbatan 3 baravar ko‘paygan hisoblanadi. Lekin
statistikada aholining pul daromadlari nominal va real daromadlari bo‘yicha
hisoblanadi. Aholining nominal daromadlari pul va bozor narxlarida hisoblangan
daromadlarning umumiy qiymati hisoblanadi. Real daromadlar deb, aholining
108
nominal daromadiga sotib olishi mumkin bo‘lgan moddiy boyliklar qiymati
hisoblanadi. Demak, inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan sari aholining real
daromadlari kamayib boradi, ya’ni nominal qiymatda olgan pul daromadlariga
inflyatsiya darajasi kuchayganligi sababli, kamroq moddiy boyliklar sotib olinadi.
Boshqacha
qilib aytganda, pulning harid quvvati kamayadi. Aholining real
daromadlarini aniqlash uchun nominal daromadlarini narx indeksiga bo‘lish lozim.
Nominal daromad
ARD = ------------------------
Narx indeksi (Jp);
Do'stlaringiz bilan baham: