145
haqi ham vaqtida berilmaydi, kreditorlarga qarzlar muddati kelgach qaytarilmaydi,
natijada korxona bankrotlik holatiga borib qoladi.
Shuning uchun ham bo‘lajak oliy ma’lumotli
mutaxassislar korxonalar
moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni yaxshi o‘rganib, ularni amaliyotda
muntazam ravishda tahlil qilib borishlari lozim bo‘ladi. Umuman olganda
korxonalar (korxonalar deganda faoliyat yurituvchi barcha sub’ektlar tushuniladi)
moliyaviy holati juda ko‘p omillarga bog‘liq:
•
mavjud asosiy vositalar (mashina, uskunalar) texnik holati va ulardan
samarali foydalanishga;
•
hom ashyo, material va boshqa ishlab
chiqarish resurslaridan
tejamkorlik va unumli foydalanishga;
•
ishlab chiqarishni tashkil etish, sifatli va talabga javob beradigan
mahsulotlar ishlab chiqarishga;
•
mavjud moliyaviy resurslardan
samarali foydalanib, ularni to‘g‘ri
ishlatishga (sarflangan);
•
mahsulot tannarxi va faoliyat moliyaviy natijalarga va hakozalar.
Shuning uchun ham korxonalar moliyaviy holatiga kompleks ko‘rsatkich
bo‘lib, uni baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi. Iqtisodchi olimlarning
fikricha korxonalar holatini to‘liq baholash uchun 80 dan ortiq ko‘rsatkichlarni
hisoblab, o‘rganish lozim ekan (Shodiyev. 248 bet, MMst. 248 bet).
Korxonalar moliyaviy holatini baholashda iqtisod fanlari doktori, professor
E.A. Akramov iqtisodchi olimlarning tavsiya etgan ko‘rsatkichlarini o‘rganib,
ularning barchasini umumiy va xususiy ko‘rsatkichlarga
ajratish kerakligini
ta’kidlaydi. Korxonalar moliyaviy holatini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlar
qo‘yidagilar:
1. Mustaqillik koeffitsienti – bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘lari
manbaini (O‘zM) barcha mablag‘larining umumiy summasiga (balans jamiga, BJ)
bo‘lib topiladi.
Must.k =
BJ
М
Uz
.
;
Bu yerda Must.k – korxonaning mustaqillik koeffitsienti:
Bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘lari mavjud barcha mablag‘larining
qancha hissasini tashkil etishini bildiradi. Ma’lumki korxonaning o‘z mablag‘lari
manbaining hissasi qancha ko‘p (katta) bo‘lsa, korxonani shunchalik mustaqil,
ya’ni boshqa qarz manbalarida shuncha kam qaramligini bildiradi.
2. Likvidlik koeffitsienti (Likv.k) – korxonaning joriy aktivlar summasini
(balans aktiv qismi II “Joriy aktivlar” ja’mi summasi, JA)
joriy majburiyatlar
(J.M.) summasiga bo‘lib topiladi. Joriy majburiyatlar summasi balans passivi II
“Majburiyatlar” ja’mi summasidan uzoq muddatli qarz va uzoq muddatli bank
kreditlarini ayirib topiladi.
Likv. k. =
J
М
J
А
;
Bu ko‘rsatkich majburiyatlarning to‘lov muddati
kelganda qanchalik joriy
aktivlari bilan qoplab,to‘lanadi degan savolga javob beradi. Shuning uchun ham
ayrim adabiyotlarga bu ko‘rsatkichni qoplash koeffitsienti deb ham yozishadi.
146
3. Barqarorlik koeffitsienti (Barq.k) – korxonaning o‘z mablag‘lari manbaini
(O‘z.M) qarz majburiyatlarning umumiy summasiga (Qarz.M) bo‘lib topiladi.
balans passivi I bo‘lim ja’mi
Barq.k =
=
−
М
Qarz
М
z
O
.
'
------------------------------------------
balans passivi II bo‘lim ja’mi
Bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘lari nechog‘lik qarz majburiyatlarini
qoplaydi degan savolga javob beradi. Albatta ma’lumki korxonaning o‘z
mablag‘lari manbai, qarz majburiyatlaridan ko‘p bo‘laganligi ya’ni bu koeffitsient
>
1 (birdan katta) yaxshidir.
4. Korxonalar ish faollligi koeffitsienti (KIFK) – korxonalarning ma’lum bir
davrda (ko‘pincha bir yilda) mahsulotlarni sotishdan, xizmat ko‘rsatishdan tushgan
mablag‘lar summasini (STM) balansning jamiga ya’ni barcha aktivlar summasiga
(BJ) bo‘lib topiladi.
KIFK -
BJ
S
ТТ
:
Bu ko‘rsatkich, korxona mavjud mablag‘laridan foydalanib, ularning har bir
so‘miga (100,1000 sumiga) necha so‘mlik mahsulot sotdi yoki xizmat ko‘rsatdi
degan ma’noni anglatadi. Demak korxonaning mavjud mablag‘lardan
foydalanish
samaradorligini ko‘rsatadi. Mablag‘larning foydalanish samaradorligi korxonaning
moliyaviy holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: