O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/210
Sana23.12.2022
Hajmi2,76 Mb.
#895261
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   210
Bog'liq
Uzmu-15-2022(3-bolim)

O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2022 
- 243 - 
 
 
 
 
 
 
UDK:811.234. 
Susanna MAMADALIYEVA, 
QarDU katta o„qituvchisi 
E-mail: vardi41@mail.ru 
QarDU f.f.n. Qurbonov Parda Ahmedovich taqrizi asosida 
ALISHER NAVOIY IJODIDAGI MAKTUB JANRINING 
XUSUSIYATLARI HAQIDA 
Annotatsiya 
Bu maqolada Alisher Navoiy ijodi adabiy janr uslubida bayon etilgan.Maktublarning badiiy asarlarda ham o‗zbek, ham chet el 
asarlarida qo‗llanishi haqidagi tushuntirishlar umumlashtiriladi. 
Kalit so„zlar:
noma, maktub, adabiyot, janr, ijod, ilmiy, yozuv, xat, xususiyat. 
О СВОЙСТВАХ ЖАНРА ПИСЬМА В ТВОРЧЕСТВЕ АЛИШЕРА НАВОИ 
Аннотация 
В данной статье описываются работы Алишера Навои в стиле литературного жанра. Обобщаются пояснения об 
использовании писем в художественных произведениях как в узбекских так и иностранных произведениях.
Ключевые слова:
письмо, литература, жанр, творчество, научный, пропись, особенность 
ON THE PROPERTIES OF THE GENRE OF LETTERS IN ALISHER NAVOI'S WORKS 
Annotation 
This article describes the works of Alisher Navoi in the style of the literary genre. The explanation about the use of letters in 
works of art, both in Uzbek and foreign works, is summarized.
Key words:
letter, literature, genre, creation, scientific, writing, feature 
Kirish.
Maktub, noma janri haqida ma‘lumot. Noma 
janri uzor tarixga ega. Noma so‗zi xat, mak tub ma‘nolarini 
bildiradi. Nomaning ilk ko‗rinishlari O‗rta Osiyo tarixida 
yozuv paydo bo‗lmasdan ilgari buyumlar vositasida ham 
ifodalangan. Bunga misol sifatida skiflar shohi Idanfrisning 
Eron shohi Doroga yuborgan buyumlar – kamon o‗qi, baqa, 
sichqon va qushdan iborat o‗ziga xos «maktub»ini eslash 
kifoya. Bu singari maktublarning tarixi juda qadimiydir.
Nomaning ildizlarini yana xalq og‗zaki ijodida 
ko‗ramiz. «Alpomish» dostonida nomaning ilk namunasi bor. 
Qalmoqlar yurtida qolgan Barchin o‗zining nochor ahvolini 
bayon etib, Hakimbekdan yordam so‗rab, unga noma yozadi 
va bu nomasini o‗nta navkar orqali yuboradi. 
Mahmud Koshg‗ariy «Devonu lug‗atit-turk» asarida 
irqish so‗zini izohlar ekan, «maktub, noma ma‘nosida ham 
qo‗llanadi» (1-jild, 17-bet) deb izoh beradi. SHuningdek, 
Mahmud Koshg‗ariy qo‗shug‗ so‗ziga izoh berganda ham, 
lirik qahramon Turkxon xotunga noma yo‗llab, «xodimi 
xizmatga tayyor» ekanini bildiradi (1-jild, 357-bet). 
«Qutadg‗u bilig»da Kuntug‗di elig tog‗dagi g‗orda zohidona 
hayot kechirayotgan O‗zg‗urmishga maktub yuborib, u bilan 
uchrashib, 
suhbatlashishni 
ixtiyor 
qilganini 
yozadi. 
Kuntug‗dining bu xati ham noma janrining bir ko‗rinishidir. 
Umuman, noma janri Markaziy Osiyo xalqlarining maishiy, 
ma‘naviy va madaniy hayotida muhim rol o‗ynagan. 
Noma janridan ma‘lum tarixiy va ijtimoiy-siyosiy 
voqealar jarayonida ham istifoda etilgan. 
Tadqiqot metodlari. Miloddan oldingi III asrda 
Markaziy Osiyoda hukmdorlik qilgan Boting tangriqutning 
Xitoy malikasiga yozgan maktublari va malikaning Botir 
tangriqutga yozga javoblari ma‘lum. Noma eski o‗zbek tilida 
bildirguluk so‗zi bilan ham ifodalangan. ―O‗g‗uznoma‖ 
dostonida O‗g‗uz xoqon barcha ellarning hukmdorlariga 
bildirguluk, ya‘ni noma yuborib, bo‗ysunishni va o‗lpon 
to‗lashni talab etadi. Shu tariqa ma‘lum ehtiyojlar tufayli 
paydo bo‗lgan xabarni ifodalash shakllari ham nomaning 
shakllanishiga asos bo‗lgan bo‗lishi mumkin. 
Ikkinchi tomondan, fors-tojik adabiyotidagi noma 
janri ham o‗zbek adabiyotidagi ilk nomaning shakllanishiga 
ta‘sir etgani shubhasizdir. Fors adabiyotida nomachilik uzoq 
tarixga ega. X1 asrda yashagan Faxriddin Gurgoniy ―Vis va 
Romin‖ dostonida noma janrining mukammalroq namunasini 
ko‗ramiz. Shu o‗rinda ―Shohnoma‖ning ishqiy-romantik 
parchalari fors adabiyotiga ta‘sir etganini aytib o‗tish 
maqsadga muvofiq. 1048 yili u ―Vis va Romin‖ dostonini 
yozadi, dostonda shahzoda Rominning sevgilisi Visga bo‗lgan 
sevgisi va bu muhabbatning fojiali tugaganini hikoya qilar 
ekan, bu orqali qadimgi Eronning hayoti manzarasini 
tasvirladi. Bu romantik epos g‗arb adabiyotidagi Tristan va 
Izolda haqidagi o‗rta asar xalq romanini eslatadi. 
―Vis va Romin‖ dostonida ma‘shuqa Vis Rominga 
yuborgan o‗nta noma keltiradi. Bu nomalar sevgi va hijron 
azoblariga to‗la maktublardir. Bu o‗nta nomani Faxriddin 
Gurgoniy ―Dahnoma‖ sarlavhasi ostida beradi.

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish