Tadqiqot metodologiyasi
. Tilga o‗zbek xalqining
bebaho qadriyati sifatida cheksiz hurmat bilan yondashish,
uning imkoniyatlarini jilvalantirish, ayniqsa, Erkin Vohidovda
kuchli. U so‗z sehriga bag‗ishlangan bir qator ilmiy-publisistik
maqolalarida ham buni isbotlab berdi. Shoir o‗z ijodi bilan
Alisher Navoiy an‘anasini davom ettirdi. Albatta, tilga bebaho
boylik sifatida qarash mas‘uliyatini chuqur anglagan
adiblarning asarlarigina davrlar osha xalq e‘tiborini qozonib
yuraveradi… Shoir asarlarining sevimliligi shundaki, unda
xalq ruhiyati, quvonchi va dardi so‗zlaydi‖ [2:2013].
Erkin Vohidov asarlarining pragmatikasini tadqiq etish
borasida olib borgan ijodiy faoliyatimiz mobaynida ustoz
shoirning faqat o‗zigagina xos bo‗lgan badiiy mahoratini kashf
etishga harakat qildik. Jumladan, yashirin ifoda usullaridan
biri bo‗lgan presuppozitsiyani Erkin Vohidov qalamiga
mansub ―Oltin devor‖ dramasi misolida tahlil qildik.
Ma‘lumki, ―presuppozitsiya inferensiyaning xususiy
ko‗rinishlaridan biri bo‗lib, bunda muloqot ishtirokchilari
hodisa haqida umumiy ma‘lumotga ega bo‗lishlari kerak.
Presuppozitsiya matnda yo‗qolmaydigan, o‗zgarmaydigan
hodisa [6:2008]. ―Presuppozitsiyaning o‗rganilish tarixi nemis
mantiqshunos faylasufi G.Frege nomi bilan bog‗liq. U
presuppozitsiyani ―Hukmning tabiiy asosi‖ sifatida tushunadi.
Presuppozitsiya - muayyan jumla tarkibida bevosita
ifodalanmagan, yashirin holda aks etgan ma‘no. Presup-
pozitsiya tushunchasi kontekst va vaziyat tushunchalarini o‘z
ichiga oladi. Konteksdan tashqarida presuppozitsiya uchun
yo‘l yopiladi.
Tahlil va natijalar
. O‗zbek tilida ayrim yuklamalar
borki, ular gapda presuppozitsiyaga ishora qiladi. Jumladan,
presuppozitsiya
ham
yuklamasi
yordamida
yuzaga
keladi[5:1994]. Masalan, ―Oltin devor‖ dramasidan olingan
quyidagi parchalarni tahlilga tortaylik:
Abdusalom – Juda ham to‗g‗ri qilgan ekanlar, rahmatli
otam. Sening otang ham o‗zingga o‗xshagan judayam ayyor,
tulki edi. Mana shu devorni olishda ham, rejani to‗rt enlik
beridan olganlar. Haliyam mana shu hovlingda to‗rt enlik
haqqim bor. (―Oltin devor‖)
Mazkur
parchada
yashirin
ifoda
vositalaridan
presuppozitsiya hamda tagma‘no mavjud bo‗lib, avvalo, tulki
so‗zining lug‗aviy ma‘nosini tushunib olishimiz lozim bo‗ladi.
Tulki aslida oʻta sezgir va ayyor, yirtqich sutemizuvchi
hayvon bo‗lib, ko‗chma ma‘noda o‗ta sezgir, ayyor odamga
nisbatan ishlatiladi. Bu yerda leksik tagma‘noni ifodalab, har
qanday vaziyatlarda suvdan quruq chiqishga urinadigan,
ishbilarmon, uddaburonlik ma‘nosini ifodalashga xizmat
qilgan va ―otangning ayyorligi shu qadarki, hattoki devorni
ham o‗z manfaati yo‗lida to‗rt enlik beridan olgan‖ mazmuni
anglashilgan. Presuppozitsiya esa sen juda ayyor, tulki
odamsan. Otang ham xuddi sen kabi ayyor odam bo‗lgan.
Ya‘ni otasiga nisbatan salbiy munosabat orqali farzandining
xususiyati ochib berilgan hamda salbiy baho mazmuni
anglashilgan.
Shuningdek, ―yana‖ yuklamasi takroriylik ma‘nosi-
dagi presuppozitsiyani yuzaga keltiradi‖[5:1994].
Mo‗min –Ikki yosh bir-biri bilan topishib ketsa, biz
qarilar kim degan odam bo‗lamiz-a? Yo‗q, yana gaplashib
ko‗rmasam bo‗lmaydi. (―Oltin devor‖)
Presuppozitsiya – Avval ham gaplashgan. Ikki yosh
birikmasi orqali farzandlar ifodasiga hamda qarilar ifodasi
orqali esa esa ota-onalar so‗ziga ishora qilingan va
presuppozitsiya yuzaga kelgan. Shuningdek, inkor shakli
vositasida tasdiq ma‘nosidagi presuppozitsiya ifodalangan:
―Yana gaplashib ko‗rishim kerak‖.
-mi so‗roq yuklamasi yordamida tuzilgan ritorik
gaplar vositasida ham presuppozitsiyaga ishora qilinadi.
Bunday gaplar shaklan so‗roq gap ko‗rinishida bo‗lsa-da,
mazmunan inkorni ifodalaydi:
Bundan ko‗ra qaro yerga kirsam bo‗lmasmidi? (―Oltin
devor‖
Presuppozitsiya – Bundan ko‗ra qaro yerga kirsam
bo‗lardi. Mazkur gapning kesimi shaklan bo‗lishsiz ko‗rinish-
da bo‗lsa-da, lekin mazmunan bo‗lishlilik ifodalangan.
Qolaversa, qaro yerga kirmoq frazeologik ifodasidan
so‗zlovchi shaxsning boshiga tushgan kulfat shu qadarki,
hattoki u tiriklar safidan chiqib, ajalidan besh kun burun boqiy
dunyoga rixlat qilishga ham tayyor ekanligi, adresant ruhiy
holatining zaifligi va, shuningdek, aynan milliy mentaliteti-
miz, e‘tiqodimiz bilan bog‗liq uyat o‗limdan qattiq maqoliga
hamohang inson or-nomusi, g‗ururi, sha‘ni kabi axloqiy
masalalar ifodasi ham anglashiladi.
Kim, nima so‗roq olmoshlari ishtirokidagi ritorik
gaplarda ham presuppozitsiya mavjud bo‗ladi. So‗roq
olmoshlari ishtirokida tuzilgan bunday javob talab qilmas
ritorik so‗roq gaplarda so‗roq olmoshi nimani anglatsa, u
ishora qilgan ma‘no alohida ta‘kidlanadi, uning ta‘sirchanligi
kuchaytiriladi[8:2012]. Masalan, kim so‗roq olmoshi ishtirok
etgan so‗roq gaplarda hamma yoki hech kim tushunchasi
alohida ta‘kidlanadi.
Mo‗min - Mening o‗g‗limga kimlar qizini bermaydi?
―Oltin devor‖)
Mazkur ritorik so‗roq gapi orqali ―Menga hamma
qizini beradi‖ presuppozitsiyasi ifodalangan. Bunday ritorik
so‗roq gapning kesimi inkor shaklda bo‗lsa-da, gap mazmunan
tasdiqni ifodalagan. Bu jumladan, shuningdek, menga
Do'stlaringiz bilan baham: |