O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/210
Sana23.12.2022
Hajmi2,76 Mb.
#895261
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   210
Bog'liq
Uzmu-15-2022(3-bolim)

O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2022 
- 282 - 
manaman deganlar qizini beradi, sen kim bo‗libsan 
mazmunidagi mensimaslik, suhbatdoshini pisand qilmaslik 
mazmuni ham anglashiladi. 
Saidmalik – Men senga nima yomonlik qildim? 
(―Oltin devor‖) Presuppozitsiya – men senga hech qanday 
yomonlik qilganim yo‗q. Nima so‗roq olmoshi vositasida hech 
qanday bo‗lishsizlik olmoshiga ishora qilingan. Bu yerda, 
shuningdek, so‗zlovchi shaxsning o‗zini oqlashga, vaziyatni 
yumshatishga harakati namoyon bo‗ladi va yalinish, xokisorlik 
mazmuni anglashiladi. 
Faqat yuklamasi ham yashirin presuppozitsiyani 
yuzaga keltiruvchi vosita bo`lib, u o‗zi ajratib kelayotgan 
bo‗lakka yaqin bo‗lgan tushunchalarni zidlash orqali 
presuppozitsiyani hosil qiladi. Zidlashning tasdiq yoki inkor 
xarakterda bo‗lishi o‗zi ishtirok etayotgan gapning predikatiga 
bog‗liq bo‗ladi. Agar predikat tasdiq formada bo‗lsa, yashirin 
presuppozitsiya inkor xarakterda bo‗ladi‖ [5]. 
Matlab - Hajga faqat halol mehnat bilan topilgan pul 
bo‗lishi kerak. (―Oltin devor‖) 
Ushbu gap ham shaklan tasdiq ko‗rinishida-da, lekin 
mazmunan harom pul bilan hajga borilmaydi, presup-
pozitsiyasiga ishora qilingan. Chuqurroq yondashib, mantiqiy 
izchillik bilan tahlilga yondashadigan bo‗lsak, parchada tasdiq 
orqali inkor munosabatidagi presuppozitsiyaga ishora qilingan 
bo‗lsa-da, ammo presuppozitsiya anglatgan inkor maz-
munidagi jumlada ham aslida tasdiq ma‘nosiga ishora mavjud. 
Bunday 
badiiy 
mukammallik 
ijodkorning 
so`zdan 
foydalanishda naqadar sinchkov bo‗lganini ko‗rsatadi. 
Shoir Erkin Vohidovning pragmatik vositalardan biri 
bo‗lgan tagma‘noga murojaati ham shoir asarlarining yanada 
sevimliva ta‘sirli bo‗lishiga xizmat qilgan unsurlardan, deb 
bemalol ayta olamiz. Tagma‘no lingvistik pragmatikaning 
markaziy 
masalalaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Tagma‘no 
so‗zlovchining kommunikativ maqsadini amalga oshiradi va 
nutq ishtirokchilarini kelgusi vaziyatdan ogoh etadi. Tagma‘no 

matn 
ichidagi 
yashirin 
matn–podtekst. 
Tagma‘no 
kommunikatsiya ishtirokchilarining fikrlash faoliyati hamda 
ularning olam haqidagi tasavvurlari bilan bog‗liq. Yashirin 
ifoda, ya‘ni tagma‘noga so‗zlovchi va tinglovchi o‗rtasidagi 
xususiy munosabatlarda, shuningdek, so‗zlovchi o‗zi uchun 
muhim axborotni oshkora bayon qilishni istamagan holatlarda 
murojaat qilinadi. Piching, kesatiq, kinoya tagma‘no 
ko‗rinishlari sifatida e‘tirof etiladi [2]. 
Tagma‘no gap orqali ifodalangan gapning zamirida 
yotgan ko‘chma ma‘nodir. Masalan: 
Abdusalom – Shu, bitta tilla tish qo‗ydirmoqchiman. 
Saidmalik – Tilla tish? O‗zlarigami? Obbo qo‗shniyey. 
Tuya hammomni orzu qilibdi-da.(―Oltin devor‖) 
Bu dialogik nutqda qo‗llangan ―tilla tish‖ so‗roq gapi 
ohang yordamida tuzilgan bo‗lib, nutq subyektining taajjubini 
hamda implitsit axborotga ishorani (Tish qo‗ydira olmaysan) 
aks ettirgan. O‗zlarigami ifodasi aslida o‗zingizgami shaklida 
bo‗lishi lozim edi, bu yerda ikkinchi shaxs birlik shakli 
o‗rniga uchinchi shaxs ko‗plik egalik shaklidagi o‗zlik 
olmoshini keltirish bilan mensimaslik, suhbatdoshiga nisbatan 
past nazar bilan qarash kabi salbiy munosabat o‗z aksini 
topgan. 
Mo‗min – He, men yamoqchining qiziga zor 
emasman. Mening o‗g‗limga kimlar qizini bermaydi? 
Abdusalom - He, qorovul! Mening qizimga magazin 
mudirlaridan sovchilar kelyapti, ha! (Keta boshlaydi.) ―Oltin 
devor‖) 
Usbu dialogik parchada ikkala nutq subyektining bir-
biriga nisbatan salbiy baho munosabati aks etgan. 
Suhbatdoshining ijtimoiy statusini ta‘kidlash orqali o‗zini 
baland olish, mensimaslik ma‘nolari yuzaga chiqqan. 
Mo‗minning nutqidagi ―Mening o‗g‗limga kimlar qizini 
bermaydi?‖ ifodasida ―o‗g‗limga manaman deganlar, sendan 
ko‗ra iqtisodiy holati yaxshi insonlar qizini beradi‖ 
presuppozitsiyasi hamda maqtanish, takabburlik salbiy 
munosabati ifodalangan. Shuningdek, magazin va qorovul 
mudiri so‗zlarini qarshilantirish bilan antiteza yuzaga kelgan 
va bu ham o‗z navbatida pragmatik ottenkani kuchaytirishga 
xizmat qilgan. Bundan tashqari, he undov so‗zi jerkish, jahl 
emotsiyalarini, ha undovi esa maqtanish emotsiyasini 
ifodalashga xizmat qilgan. Shu orqali fonopragmatik tagma‘no 
yuzaga chiqqan. 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish