2.10-rasm. Elektromagnit asboblarining asosiy elementlari:
1 — g‘altak; 2 — o ‘zak; 3 — o ‘q; 4 — strelka; 5 — shkala; 6 — prujina.
momenti yuzaga kelib, o‘zak g‘altakdan oqib o‘tuvchi elektromagnit maydonni hosil
qiladi. O‘qning harakati natijasida o‘qning aylanishiga
proporsional va prujinada
aylanish momentiga teskari ta’sir qiluvchi momentni yaratadi. O‘q momenti
ta’sirida va unga bog‘langan strelka o‘lchanayotgan kattalik kvadratiga proporsional
holda burchakka aylanadi. Momentlar tenglashganda strelka to‘xtaydi. O‘zgarmas
tok zanjirida 50 Hz chastotada olchash uchun elektromagnit ampermetrlar va
voltmetrlar
ishlab
chiqariladi.
Tokni
o‘lchash
zanjiriga elektromagnit
ampermetrlarning o‘lchash mexanizmining g‘altagi ketma-ket va voltmetrlarda
parallel holda ulanadi. Shuningdek, elektromagnit o‘lchash
mexanizmlari
logometrlarda ham qo‘llaniladi. Aniqlik sinfi 1,5 va 2,5 bo‘lgan asboblardan keng
foydalaniladi. Shuningdek, 800 Hz chastotada ishlovchi, aniqlik sinfi 0,5 va hattoki,
0,1 bo‘lgan asboblar ham mavjud. Bu asboblarning bir qator afzalliklari mavjud:
ham o‘zgaruvchan, ham o‘zgarmas tok zanjirlarida ishlatiladi; bevosita katta
qiymatdagi toklarni o‘lchashi mumkin; konstruksiyasi nisbatan sodda. Shuningdek,
ayrim kamchiliklarga ega: shkalasi notekis (kvadratik) darajalanadi; o‘lchash
xatoligi biroz katta (magnitoelektrikka nisbatan); sezgirligi yuqori emas.
Elektrodinamik o‘lchash asboblari. Ularning ishlash prinsipi ikki o‘tkazgich va
ulardan elektr toki o‘tishi natijasida o‘zaro mexanik ta’sirlashishga asoslangan.
Elektrodinamik asboblar o‘lchanayotgan kattalikni o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas
tokka o ‘zgartiruvchi o‘lchash o ‘zgartkichi va elektrodinamik tizimlarning o‘lchash
mexanizmidan iborat (2.11-rasm) Harakatlanadigan g‘altak ichiga o‘q bilan strelka
birgalikda joylashtirilgan harakatlanuvchi g‘altakli elektrodinamikli asboblar keng
qo‘llaniladi. G‘altak o‘ramlaridagi toklar 1 va 2
hamda bu toklarning haqiqiy
qiymati ko‘paytmasi o‘zaro proporsional ta’siri natijasida o‘qni aylantiruvchi
moment hosil bo‘ladi. O‘qqa bog‘langan prujina tenglashtiruvchi moment hosil
qiladi va bu tenglik natijasida strelka harakatdan to‘xtaydi. Elektrodinamik asboblar
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirlarida tok va kuchlanishning haqiqiy qiymatini
aniqlash uchun eng aniq asboblardan bo‘lib hisoblanadi. G‘altak o‘ramini ketmaket
ulashda strelkaning aylanish burchagi o‘lchanayotgan
kattalikning kvadratiga
proporsional bo‘ladi. O‘ramlarni bunday holatda ulash tok kuchi va kuchlanishini
o‘lchash uchun (ampermetrlar va volmetrlar) qo‘llaniladi. Elektrodinamik o‘lchash
mexanizmlaridan quvvatni o‘lchash (vattmetrlar) uchun ham foydalaniladi. Bunda
o‘lchanayotgan zanjirdagi proporsional kuchlanish harakatlanmaydigan g‘altak
orqali tok o‘tkazib, proporsional tok keyin harakatlanuvchi orqali o ‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: